Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
80-masala. Tortuvchi avtomobilning massasi 3,8 t, g‘ildiraklarining g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,06, tirkamasining massasi 1,2 t, uning g‘ildiragining g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,041 bo‘lgan avtopoyezd qiyaligi 40 bo‘lgan yo‘ldan tepalikka chiqmoqda. Avtopoyezd g‘ildiraklarining g‘ildirashga qarshilik kuchi va yo‘lning jami qarshilik koeffitsienti aniqlansin.
81-masala. Avtomobil birinchi uzatmada 0,8 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar g‘ildirash radiusi 0,39 m, birinchi uzatmasining uzatish soni 3,22, asosiy uzatmasiniki 4,42 bo‘lsa, maxovikning burchak tezlanishini aniqlang. Ilashish muftasi va yetakchi g‘ildiraklar shataksiramaydi. 82-masala. Avtomobil to‘g‘ri uzatmada 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar maxovikning inersiya momenti 8,8 kgk.m.s2, g‘ildirash radiusi 0,41 m, asosiy uzatmasining uzatish soni 5,15 bo‘lsa, maxovikning inersion momentini aniqlang. 83-masala. Avtomobil o‘zgarmas 20 m/s tezlik bilan g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,018 yo‘lda harakatlanmoqda. Agar avtomobil g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,027 yo‘lda ham yuqorida ko‘rsatilgan tezlikda harakatlanishi uchun avtomobilning og‘irligini o‘zgartirish miqdorini aniqlang. Ikki holatda ham dvigatelining quvvati birxil. 84-masala. Avtomobil g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti va yo‘lning qiyaligi ma’lum bo‘lgan umumiy holda yo‘ldan juda ham kichik tezlanish bilan harakatlanishi uchun dvigatelining burovchi momenti qanoatlantirishi lozim shartni ayting. Avtomobilning to‘liq massasi, transmissiyasining f.i.k., uzatmalar qutisining uzatish soni, asosiy uzatmasining uzatish soni va g‘ildirash radiusi ma’lum. 85-masala. Avtomobil og‘irligining tashkil etuvchisi ta’sirida qiyalikdan pastga qarab harakatlanib kelmoqda. Agar g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti va suyrilik omili ma’lum bo‘lsa, umumiy holda avtomobilni o‘zgarmas tezligini aniqlang. 86-masala. Agar g‘ildirashga qarshilik kuchi son jihatdan g‘ildirashga qarshilik kuchini yengishiga sarf bo‘lgan quvvatga teng bo‘lsa, har qanday modelli avtomobilning tezligi aniqlansin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling