1.3. Qarshilik kuchlari va ularni yengishga sarf bo‘ladigan quvvat
57-masala. Massasi 8600 kg bo‘lgan avtomobil g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lgan yo‘ldan harakatlanmoqda. Avtomobilga yo‘lning gorizontal qismida va 10° balandlikka chiqayotganidagi qarshilik kuchi aniqlansin.
58-masala. VAZ-2101 «Jiguli» avtomobilining massasi 1345 kg bo‘lib, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0.015, gorizontal yo‘ldan harakatlanmoqda. Agar yo‘lning g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti o‘zgarmasdan, qiyaligi 15° bo‘lsa, g‘ildirashga qarshilik kuchining necha foiz o‘zgarishini aniqlang.
59-masala. Avtomobil uzunligi 15 m, balandligi 6 m yo‘ldan kichik tezlik bilan balandlikka harakatlanmoqda. Agar avtomobilning massasi 1825 kg bo‘lsa, balandlikka chiqishiga qarshilik kuchi aniqlansin.
60-masala. Yo‘lning gorizontal tekislik bilan hosil qilgan burchagining qaysi qiymatida g‘ildirashga qarshilik kuchi balandlikka chiqishga qarshilik kuchiga teng bo‘lishini aniqlang.
61-masala. Massasi 15 t bo‘lgan MAZ-5335 yuk avtomobili qiyaligi 10° yo‘lda to‘xtatib qo‘yilgan. Avtomobil orqaga g‘ildirab ketmasligi uchun g‘ildiraklariga keltirilgan kuchning miqdori qancha bo‘lishini aniqlang. G‘ildirashga qarshilik kuchining qiymatini hisobga olmasa ham bo‘ladi.
62-masala. Yo‘lning bo‘ylama qiyaligi 8°, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yo‘lning qarshilik koeffitsienti aniqlansin.
63-masala. Massasi 5800 kg bo‘lgan GAZ-66 avtomobili g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,025 va qiyaligi 12° bo‘lgan yo‘lda harakatlanmoqda. Yo‘lning qarshilik kuchi aniqlansin.
64-masala. Agar yo‘lning qarshilik koeffitsienti 0,25, hamda g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yo‘lning qiyalik burchagi aniqlansin.
65-masala. MAZ-500 avtomobili shosse bo‘ylab harakatlanmoqda. Agar avtomobilning havo qarshiligini yengish koeffitsienti 25 % ortsa, havo qarshiligini yengish kuchining o‘zgarmaslik sharti bilan uning tezligi necha foizga o‘zgarishini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |