116-masala. Avtomobil qiyaligi 5°30’ balandlikka to‘g‘ri uzatmada 40 km/soat tezlik bilan chiqa olishi uchun zarur bo‘lgan dvigatel burovchi momentining qiymati aniqlansin. Avtomobilning massasi 2100 kg, asosiy uzatmasining uzatish soni 4,2, g‘ildirash radiusi 0,32 m, transmissiyasining f.i.k. 0,92, oldidan qaralgandagi yuzasi 1,6 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,3 N•s2/m4, g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 ekanligi ma’lum.
117-masala. VAZ-2103 avtomobili qiyaligi 2°20’ pastlikka 80 km/soat o‘rtacha tezlik va 0,72 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar avtomobilning massasi 1250 kg, oldidan qaralgandagi yuzasi 1,3 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,25 N•s2/m4, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin.
118-masala. 1900 kg avtomobil harakatlanayotganida yetakchi g‘ildiragidagi tortish kuchi 1,8 kN edi. G‘ildiraklarining g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, avtomobil harakatini tekis deb yo‘lning qiyaligi aniqlansin.
119-masala. Massasi 3120 kg GAZ-53 avtomobili to‘g‘ri uzatmada g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,018 bo‘lgan gorizontal yo‘ldan 50 km/soat tezlikda notekis harakatlanmoqda. Agar yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 3,2 kN, aylanib harakatlanuvchi massalarning inersiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient 1,08, oldidan qaralgandagi yuzasi 2,14 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,7 N•s2/m4 bo‘lsa, avtomobilning tezlanishi aniqlansin.
120-masala. PAZ-652 avtobusi sinash davrida tepalikka harakatlanmoqda. Agar yo‘lning qiyaligi 2°30’, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02, avtomobilning oldidan qaralgandagi yuzasi 3,1 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,6 N•s2/m4, massasi 6000 kg bo‘lsa, avtomobil tekis harakatlana olishi uchun zarur bo‘lgan tezlik qiymati aniqlansin. Yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 6,257 kN.
Do'stlaringiz bilan baham: |