Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
1.4. KUCHLAR BALANSI
110-masala. Massasi 8000 kg avtomobil IV-uzatmada g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lgan yo‘ldan harakatlanmoqda. Avtomobilning havo qarshiligini yengish omili 3,3 N•s2/m2, g‘ildirash radiusi 0,5 m, IV-uzatmaning uzatish soni 1,6 va yetakchi g‘ildiraklariga keltirilgan moment 2570 N•m bo‘lsa, 10 m/s o‘rtacha tezlikda harakatlanish davridagi tezlanish aniqlansin. 111-masala. Moskvich-412 avtomobili 90 km/soat tezlik bilan g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lgan gorizontal yo‘ldan harakatlanmoqda. Agar avtomobilning oldidan qaralgandagi yuzasi 1,7 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,25 N•s2/m4, massasi 1340 kg bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin. 112-masala. Avtomobil qiyaligi 5°30’ bo‘lgan balandlikka 16 km/soat tezlik bilan tekis harakat qilib chiqmoqda. Agar avtomobilning massasi 1300 kg, g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin. 113-masala. Massasi 8000 kg bo‘lgan tortuvchi avtomobil, hamda 4000 kg tirkamadan iborat avtopoyezd g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,03, qiyaligi 5° tepalikka 40 km/soat tezlikda chiqmoqda. Agar avtopoyezdning havo qarshiligini yengish omili 3 N•s2/m2, transmissiyasining f.i.k. 0,85 va shatakka olish moslamasining uzunligi 1 m bo‘lsa, tortuvchi avtomobil dvigatelining quvvati aniqlansin. 114-masala. PAZ-672 avtobusi qiyaligi 3030’ balandlikka to‘g‘ri uzatmada 50 km/soat tezlik va 0,8 m/s2 tezlanish bilan chiqmoqda. Agar yo‘lning g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,025, avtobusning massasi 5700 kg, oldidan qaralgandagi yuzasi 4,6 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,35 N•s2/m4 bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin. 115-masala. 3900 kg avtomobil yo‘lning g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,015, g‘ildirakning yo‘l bilan ilashish koeffitsienti 0,3 bo‘lgan gorizontal qismida harakatlanmoqda. Avtomobilning old g‘ildiraklariga to‘g‘ri kelgan massasi 1800 kg, bazasi 4 m, havo qarshiligini yengish omili 2,7 N•s2/m2, yelkanlik markazining balandligi 0,73 m, g‘ildirash radiusi 0,47 m bo‘lsa, yetakchi ketingi g‘ildiraklarining yo‘lda sirpanmasdan harakatlanish sharti bo‘yicha eng katta harakat tezligi aniqlansin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling