Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 104-masala.
99-masala. Massasi 1500 kg bo‘lgan avtomobil to‘g‘ri uzatmada 54 km/soat tezlik bilan harakatlanayapti. Agar avtomobil g‘ildiragining burchak tezlanishi 5 rad/s2, burchak tezligi 47 rad/s bo‘lsa, avtomobilning tezlanishida qarshilikni yengish uchun sarflangan quvvat aniqlansin.
100-masala. Massasi 1790 kg bo‘lgan avtomobil 10 ms tezlik bilan qiyaligi 330’ bo‘lgan balandlikka harakatlanayapti. Agar avtomobilning g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yo‘lning qarshilik kuchi va quvvati aniqlansin. 101-masala. Havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,3 N·s2/m4, oldidan qaralgandagi yuzasi 2,5m2 bo‘lgan avtomobilning tezligi 20m/s va 15 m/s bo‘lganda havo qarshiligini yengish uchun sarflangan quvvatlar farqi aniqlansin. 102-masala. Avtomobil balandlikka chiqishiga 990N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Agar avtomobilning massasi 1650 kg, transmissiyasining uzatish soni 7,5, g‘ildirash radiusi 0,4m va tirsakli valining aylanish chastotasi 1800 ayl/min bo‘lsa, avtomobil chiqayotgan balandlikning qiyaligi va avtomobil tezligi aniqlansin. 103-masala. Massasi 12t bo‘lgan avtomobil yo‘l qarshiligi 0,02, havo qarshiligini yengish omili 2,5 N·s2/m2 bo‘lganda havo qarshiligini yengish uchun 7 kVt sarflasa, g‘ildirashiga qarshilikni yengish uchun sarflangan quvvat aniqlansin. 104-masala. Massasi 1790 kg bo‘lgan avtomobil uzatish soni 2,5 bo‘lgan III-uzatmada 0,8 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Agar avtomobilning tezlanishiga qarshiligini yengish uchun sarflangan quvvat 18 kVt bo‘lsa, uning tezligi aniqlansin. 105-masala. Massasi 1500kg bo‘lgan avtomobil kichik tezlikda to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilmoqda. Agar yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi 750 N ga teng bo‘lsa, yo‘lning qarshilik koeffitsienti aniqlansin. 106-masala. Avtomobilning oldidan qaralgandagi yuzasi 2,8 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,25 N·s2/m4 ga teng. Avtomobilning tezligi 20 m/s teng bo‘lganda unga havoning qarshilik kuchi va quvvati aniqlansin. 107-masala. Avtomobil 25 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Oldidan qaralgandagi yuzasi 2,5 m2, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,35 N·s2/m4 bo‘lgan avtomobilning oldidan 7 m/s tezlikda shamol esmoqda. Havoning qarshilik kuchini aniqlang. 108-masala. Massasi 1450 kg bo‘lgan avtomobil gorizontal yo‘lda harakatlanayapti. Agar g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02, g‘ildirash radiusi 0,32 m ga teng bo‘lsa, g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik momenti aniqlansin. 109-masala. Massasi 2800 kg bo‘lgan avtomobilning og‘irlik markazidan old o‘qigacha bo‘lgan masofa 1,25 m, bazasi 2,4 m ga teng. G‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02, g‘ildirash radiusi 0,35m, yetakchi g‘ildiraklaridagi tortuvchi moment 300 N·m bo‘lsa, yetakchi va yetaklanuvchi g‘ildiraklarga ta’sir etuvchi urinma reaksiyalar topilsin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling