Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi


Download 1.14 Mb.
bet21/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1428460
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
MASALA~1

121-masala. 9 t massali avtomobil to‘g‘ri uzatma­da shig‘ov bilan harakatlanayotir. Avtomobil yetakchi g‘ildiraklarining burchak tezligi 35 rad/s, g‘ildirash radiusi 0,44 m, ularga keltirilgan quvvat esa 110 kVt. Agar yo‘l va havo qarshiliklarini yengish uchun sarflangan quvvatlar avtomobilning tezlanishiga sarflangan quvvatdan 1,8 va 1,5 marta katta bo‘lsa, avtomobilning tezlanishi aniqlansin.
122-masala. Agar avtomobilning oldidan qaralgan­dagi yuzasi 2m2, massasi 2100 kg, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,3 N•s2/m4, g‘ildirashga qarshi­lik koeffitsienti 0,016 bo‘lsa, uning tortish tavsifi qurilsin va u chiqa oladigan balandlik, unga chiqa olish uchun zarur bo‘lgan tezlik aniqlansin. Avtomobil­ning tortish kuchi va tezligi orasidagi bog‘lanish 2-jadvalda berilgan.

2-j a d v a l





Va, km/soat

20

30

40

50

60

70

80

90

100

110

Рт, kN

1,84

1,85

1,84

1,81

1,78

1,70

1,60

1,43

1,34

1,2



123-masala. Massasi 1285 kg avtomobil to‘g‘ri uzatmada qarshilik koeffitsienti 0,025 bo‘lgan yo‘ldan tekis harakatlanmoqda. Dvigatelining burovchi momenti 100 N•m, dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi 5200 min-1, g‘ildirash radiusi 0,3 m, asosiy uzatmasining uzatish soni 3,8, havo qarshiligini yen­gish omili 0,41 N•s2/m2 ekanligi ma’lum. Avtomo­bil transmissiyasining f.i.k. aniqlansin.
124-masala. Tortuvchi avtomobil va tirkamadan iborat avtopoyezd g‘ildiraklarining g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,026 va qiyaligi 15° yo‘ldan kichik tezlik bilan balandlikka harakatlanmoqda. Tortuvchi avtomobil­ning shatakka olish moslamasidagi kuch 3,2 kN bo‘lsa, tirkamaning massasi va uning g‘ildirashiga qarshilikni yengishda sarflangan quvvat aniqlansin.
125-masala. Massasi 4000 kg yuk avtomobili go­rizontal yo‘ldan to‘g‘ri uzatmada 20 m/s tezlikda ha­rakatlanmoqda. Agar uning oldidan qaralgandagi yuza­si 5 m2, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,018, g‘ildirash radiusi 0,35 m, aylanib harakatlanuvchi massalarning inersiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient 1,08, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,6 N•s2/m4 va yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment 800 N•m bo‘lsa, av­tomobilning tezlanishi aniqlansin.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling