Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi


Download 1.14 Mb.
bet9/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1428460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
MASALA~1

36-masala. Dizel dvigateli tirsakli valining burchak tezligi N=150 rad/s bo‘lganda, uning eng katta momenti 650 Nm ga teng. Agar tirsakli valining eng katta momentiga to‘g‘ri keladigan burchak tezligininig, eng katta quvvatga to‘g‘ri keladigan burchak tezligiga bo‘lgan nisbati 0,68 bo‘lsa, dvigatelning eng katta quvvati va eng katta momentiga to‘g‘ri keladigan quvvati aniqlansin. Masalani yechishda S.R. Leydermanning empirik formulasidan foydalanilsin. Dizel uchun: a =0,6, b =1,5, s =1,1 qabul qilinsin.
37-masala. Karburatorli dvigatel tirsakli valining burchak tezligi N=220 rad/s bo‘lganda, eng katta burovchi momenti 290 N·m ga teng. Eng katta quvvatga to‘g‘ri keladigan tirsakli valining burchak tezligini, eng katta momentiga to‘g‘ri keladigan burchak tezligiga bo‘lgan nisbati ikkiga teng. Shu burchak tezliklariga to‘g‘ri keladigan dvigatelning quvvatini aniqlang.
38-masala. Tirsakli valining burchak tezligi 300 rad/s bo‘lgan dvigatelning eng katta burovchi momenti 120 N·m ga teng. Dvigatelining moment bo‘yicha moslashish koeffitsienti 1,2, eng katta momentiga to‘g‘ri keladigan tirsakli valning burchak tezligini, eng katta quvvatga to‘g‘ri keladigan burchak tezligiga nisbati 0,55 bo‘lsa, dvigatelning eng katta quvvati va eng katta momentiga to‘g‘ri keluvchi quvvat aniqlansin.
39-masala. Dvigatelning eng katta momenti 680 N·m, uning moment bo‘yicha moslashish koeffitsienti 1,1. Dvigatelning eng katta quvvatiga to‘g‘ri keladigan burchak tezligi 210 rad/s bo‘lsa, dvigatelning eng katta quvvati aniqlansin.
40-masala. Avtomobil gorizontal yo‘lda tekis harakatlanmoqda. Agar yetakchi g‘ildiraklaridagi mo­ment 800 N•m, g‘ildirash radiusi 0,38 m, yetakchi g‘il­diraklarning aylanish chastotasi 100 min-1, trans­missiyaning f.i.k. 0,9 bo‘lsa, dvigatelining quvvati aniqlansin.
41-masala. Avtomobil to‘g‘ri uzatmada tekis harakatlanayotganda uning transmissiyasida 12 kVt quvvat isrof bo‘ladi. Transmissiyasining f.i.k. 0,85, asosiy uzatmasining uzatish soni 6, g‘ildirash radiusi 0,48 m. 1-rasmdagi grafikdan foydalanib avtomobilning tezligi, dvigatelining quvvati, shuningdek yetakchi g‘il­diraklaridagi quvvat, tortish kuchi, burovchi momenti va ularning aylanish chastotasi aniqlansin.



Ne, kVt

km/soat

1-rasm


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling