Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z BOSHI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AVTOMOBIL TRANSPORTI MUHANDISLIGI FAKULTETI TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI KAFEDRASI TRANSPORT VOSITALARI KONSTRUKSIYASI Fanidan masalalar to‘plami Toshkent-2020 O‘quv qo‘llanmasida keltirilgan masalalar avtomobil nazariyasining tortish va tormozlanish dinamikasi bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. Qo‘llanma avtomobil-yo‘llar institutining 5313100 – AT YQM df JE (itv, at), 5630100 – E va AMM, 5310600 – ЕUТТ va E (itv) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmasidan barcha Oliy o‘quv yurtlarining shu yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi talabalari, kollej o‘quvchilari ham foydalanishi mumkin. Tuzuvchilar: prof. Muhitdinov A.A. dots. Fayzullaev E.Z. Kompyuter grafikasi va teruvchi: Yusupov U. Taqrizchi: t.f.d., prof. Asqarxo‘jayev T.I., t.f.n., dots. To‘layev B., TDTU TDTU, ATMF ilmiy-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. «____»_________________2020 y. ______- sonli majlis bayoni. ATMF IUK raisi B.Ibragimov Chiqish qiymatlari: Format__________ Bitim №_____________ Adadi_______________ Hajmi ___________ B.T.__________________2020-y. SO‘Z BOSHIMa’lumki, har bir fanni o‘zlashtirishda, ya’ni uning nazariy qismini mutolaa qilish davrida, amaliy masalalarni ham yechib borish uni puxta o‘rganishning asosini tashkil etadi. Shu boisdan ham o‘quvchilarning mustaqil o‘qish va fikr yuritish jarayonini samarali tashkil etish va amalga oshirish oliy maktabning bugungi talabiga mos keladi. O‘quv qo‘llanmani yozishdan asosiy maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini mustaqil masala yechib borish jarayonida mustahkamlashdan iboratdir. Ushbu masalalar to‘plamini tuzishda quyidagilarga amal qilindi: masalalar «Avtomobillar nazariyasi» fani dasturida o‘rganiladigan avtomobil dinamikasi ekspluatatsion xususiyatini qamrab oladi; masalalar «oddiydan murakkabga» tarzida joylashgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning har biriga alohida yondoshib o‘qitishga imkon beradi; masala shartlariga zamonaviy avtomobillarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari kiritilgan; berilgan va talab qilinayotgan parametrlarning shartli belgilari va ularni aniqlash uchun nazariy formulalar keltirilgan; — masalalarning yechimini tekshirish uchun ularning javoblari qayd etilgan. Ushbu masalalar to‘plami A.S.Litvinov, Y.Y. Farobinlarning «Avtomobil» ( teoriya ekspluatatsionnix svoystv, 1989-y.), A. I. Grishkevichning «Avtomobillar» (teoriya, 1986 y.), S.M.Qodirov, M.O.Qodirxonovlarning «Dvigatel va avtomobillar nazariyasi» (1981-y) kabi darsliklar asosida yozilgan. Masalalarni yechishda o‘quvchiga qulay bo‘lishi uchun avtomobilning dinamikasi ekspluatatsion xususiyatiga taalluqli nazariy ifodalar keltirilgan. Masalalar shartida keltirilgan raqamlar zamonaviy avtomobillarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga taalluqlidir. Avtomobillarning yetarli bo‘lmagan texnik ko‘rsatkichlarini NIIAT (2) ma’lumotnomasidan foydalanib aniqlash mumkin. Yechish qiyin bo‘lgan masalalar esa uslubiy ko‘rsatmalar bilan yoritilgan bo‘lib, ular o‘quvchining mustaqil ishlashini osonlashtiradi. O‘quvchi mustaqil bajargan ishining to‘g‘riligini tekshirishi uchun o‘quv qo‘llanmaning oxirida masalalarning javoblari keltirilgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling