Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi


Dvigatelning tashqi tezlik tavsifi


Download 1.14 Mb.
bet7/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1428460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
MASALA~1

1.2. Dvigatelning tashqi tezlik tavsifi,
quvvat, burovchi moment, tortish kuchi


20-masala. Dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi 2700 min –1 va burovchi momenti 200 N•m bo‘lgandagi samarador quvvati aniqlansin.
21-masala. Avtomobil harakat davomida uning quyidagi pog‘onalari qo‘shilgan: birinchi uzatma 5%, ikkinchi uzatma 15%,uchinchi uzatma 35%, to‘rtinchi uzatma 45%. Asosiy uzatmacining uzatish soni 4,2, uzatmalar qutisining birinchi uzatmadagi uzatish soni 3,4, ikkinchi uzatmada 2,25, uchinchi uzatmada 1,45 va to‘rtinchi uzatmada 1 va g‘ildirash radiusi 0,3 m. Avtomobil 1 km masofani bosib o‘tganda, tirsakli valining necha marta aylanishini hisoblang.
22-masala. Avtomobil 1km yo‘lni ikkinchi va to‘rtinchi uzatmada bosib o‘tdi. Agar asosiy uzatmasining uzatish soni 4,5, ikkinchi uzatmasining uzatish soni 1,95, g‘ildirash radiusi 0,3 m bo‘lsa, tirsakli valining aylanishlar sonini hisoblang.
23-masala. Avtomobil tekis harakatlanayotganida uning yetakchi g‘ildiraklariga keltirilgan quvvat 65 kVt, transmissiyasining f.i.k. 0,8, g‘ildirash radiusi 0,4 m va uning uza­tish soni 6,5 ga teng. 1-rasmdagi grafikdan foydalanib avtomobilning tezligi, quvvatining transmissiyada isrof bo‘lgan qismi, g‘ildirakning aylanish chastotasi, undagi tortish kuchi va burovchi momenti aniqlansin.
24-masala. Tirsakli vali 2000 min-1 chastota bilan aylanayotganda avtomobil dvigatelining quvvati 37 kVt. Agar avtomobil asosiy uzatmasining uzatish soni 4,5, transmissiyasining f.i.k. 0,9 bo‘lsa, to‘g‘ri uzatma qo‘shilganda yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi moment hisoblansin.
25-masala. GAZ-53A avtomobilida ikkinchi uzat­ma qo‘shilganda yetakchi g‘ildiraklarining biriga keltirilgan moment 6500 N•m. Agar ikkinchi uzatmasining uzatish soni 3,09, asosiy uzatmasiniki 6,83, trans­missiyasining f.i.k. 0,87 va g‘ildiraklarining aylanish chastotasi 100 min-1 bo‘lsa, avtomobil dvigatelining quvvati aniqlansin. Masala uzatish sonlaridan foydalanib va foydalanmasdan yechilsin.
26-masala. Moskvich-412 avtomobili 70 km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Agar harakat vaqtida dvigatelining quvvati 26 kVt, transmissiya­sining f.i.k. 0,9 bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklardagi tor­tish kuchi aniqlansin.
27-masala. Avtomobil 25 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar yetakchi g‘ildiraklardagi moment 120 N•m, transmissiyasining f.i.k. 0,9 va g‘ildirash ra­diusi 0,4 m bo‘lsa, dvigatelining quvvati hisoblansin.
28-masala. Avtomobil 50 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganda dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi 2100 min-1, momenti esa 294 N•m edi. Agar transmissiyasining f.i.k. 0,85 bo‘l­sa, avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi tortish kuchi aniqlansin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling