Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi


Qarshilik kuchlari va ularni yengishga sarf bo‘ladigan quvvat


Download 1.14 Mb.
bet12/36
Sana05.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1428460
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
MASALA~1

1.3. Qarshilik kuchlari va ularni yengishga sarf bo‘ladigan quvvat


57-masala. Massasi 8600 kg bo‘lgan avtomobil g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lgan yo‘ldan harakatlanmoqda. Avtomobilga yo‘lning gorizontal qismida va 10° balandlikka chiqayotganidagi qarshilik kuchi aniqlansin.
58-masala. VAZ-2101 «Jiguli» avtomobilining massasi 1345 kg bo‘lib, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0.015, gorizontal yo‘ldan harakatlan­moqda. Agar yo‘lning g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti o‘zgarmasdan, qiyaligi 15° bo‘lsa, g‘ildirashga qarshilik kuchining necha foiz o‘zgarishini aniqlang.
59-masala. Avtomobil uzunligi 15 m, balandligi 6 m yo‘ldan kichik tezlik bilan balandlikka harakatlanmoqda. Agar avtomobilning massasi 1825 kg bo‘lsa, balandlikka chiqishiga qarshilik kuchi aniqlansin.
60-masala. Yo‘lning gorizontal tekislik bilan hosil qilgan burchagining qaysi qiymatida g‘ildirashga qarshilik kuchi balandlikka chiqishga qarshilik kuchiga teng bo‘lishini aniqlang.
61-masala. Massasi 15 t bo‘lgan MAZ-5335 yuk avto­mobili qiyaligi 10° yo‘lda to‘xtatib qo‘yilgan. Avto­mobil orqaga g‘ildirab ketmasligi uchun g‘ildiraklariga keltirilgan kuchning miqdori qancha bo‘lishini aniqlang. G‘ildirashga qarshilik kuchining qiymatini hisobga olmasa ham bo‘ladi.
62-masala. Yo‘lning bo‘ylama qiyaligi 8°, g‘ildi­rashga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yo‘lning qarshilik koeffitsienti aniqlansin.
63-masala. Massasi 5800 kg bo‘lgan GAZ-66 avtomo­bili g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,025 va qiyaligi 12° bo‘lgan yo‘lda harakatlanmoqda. Yo‘l­ning qarshilik kuchi aniqlansin.
64-masala. Agar yo‘lning qarshilik koeffitsienti 0,25, hamda g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,02 bo‘lsa, yo‘lning qiyalik burchagi aniq­lansin.
65-masala. MAZ-500 avtomobili shosse bo‘ylab harakatlanmoqda. Agar avtomobilning havo qarshiligini yengish koeffitsienti 25 % ortsa, havo qarshiligini yengish kuchining o‘zgarmaslik sharti bilan uning tezligi necha foizga o‘zgarishini aniqlang.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling