Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti transport vositalari muhandisligi kafedrasi transport vositalari konstruksiyasi
Download 1.14 Mb.
|
MASALA~1
121-masala. 9 t massali avtomobil to‘g‘ri uzatmada shig‘ov bilan harakatlanayotir. Avtomobil yetakchi g‘ildiraklarining burchak tezligi 35 rad/s, g‘ildirash radiusi 0,44 m, ularga keltirilgan quvvat esa 110 kVt. Agar yo‘l va havo qarshiliklarini yengish uchun sarflangan quvvatlar avtomobilning tezlanishiga sarflangan quvvatdan 1,8 va 1,5 marta katta bo‘lsa, avtomobilning tezlanishi aniqlansin.
122-masala. Agar avtomobilning oldidan qaralgandagi yuzasi 2m2, massasi 2100 kg, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,3 N•s2/m4, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,016 bo‘lsa, uning tortish tavsifi qurilsin va u chiqa oladigan balandlik, unga chiqa olish uchun zarur bo‘lgan tezlik aniqlansin. Avtomobilning tortish kuchi va tezligi orasidagi bog‘lanish 2-jadvalda berilgan. 2-j a d v a l
123-masala. Massasi 1285 kg avtomobil to‘g‘ri uzatmada qarshilik koeffitsienti 0,025 bo‘lgan yo‘ldan tekis harakatlanmoqda. Dvigatelining burovchi momenti 100 N•m, dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasi 5200 min-1, g‘ildirash radiusi 0,3 m, asosiy uzatmasining uzatish soni 3,8, havo qarshiligini yengish omili 0,41 N•s2/m2 ekanligi ma’lum. Avtomobil transmissiyasining f.i.k. aniqlansin. 124-masala. Tortuvchi avtomobil va tirkamadan iborat avtopoyezd g‘ildiraklarining g‘ildirashiga qarshilik koeffitsienti 0,026 va qiyaligi 15° yo‘ldan kichik tezlik bilan balandlikka harakatlanmoqda. Tortuvchi avtomobilning shatakka olish moslamasidagi kuch 3,2 kN bo‘lsa, tirkamaning massasi va uning g‘ildirashiga qarshilikni yengishda sarflangan quvvat aniqlansin. 125-masala. Massasi 4000 kg yuk avtomobili gorizontal yo‘ldan to‘g‘ri uzatmada 20 m/s tezlikda harakatlanmoqda. Agar uning oldidan qaralgandagi yuzasi 5 m2, g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,018, g‘ildirash radiusi 0,35 m, aylanib harakatlanuvchi massalarning inersiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient 1,08, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,6 N•s2/m4 va yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment 800 N•m bo‘lsa, avtomobilning tezlanishi aniqlansin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling