136-masala. Massasi 1400 kg avtomobil g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,015 va qiyaligi 2° tepalikka 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar g‘ildirash radiusi 0,4 m, havo qarshiligini yengish omili 0,8 N•s2/m2 bo‘lsa, yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi moment aniqlansin.
137-masala. Massasi 5600 kg bo‘lgan yuk avtomobili to‘g‘ri uzatmada g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,03 va qiyaligi 3° tepalikka harakatlanmoqda. Agar avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi kuch 6 kN, havo qarshiligini yengish omili 0,9 N•s2/m2 bo‘lib, 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, avtomobilning tezligi aniqlansin.
138-masala. 2-jadvaldan foydalanib, avtomobilning eng katta tezligi bilan yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsienti orasidagi bog‘lanish grafigini quring (0,01 dan 0,1gacha). Avtomobilning massasi 2000 kg, havo qarshiligini yengish omili 1,5 N·s2/m2.
139-masala. Avtomobilning tortish kuchi bilan tezlik orasidagi grafik to‘g‘ri uzatma uchun berilgan (2-rasm). Grafikdan foydalanib, eng katta tezlanish bilan tezlik orasidagi bog‘lanish grafigini to‘g‘ri uzatma uchun quring. Yo‘lning umumiy qarshilik koeffitsienti 0,03, havo qarshiligini yengish omili 1,5 N·s2/m2, aylanib harakatlanuvchi massalar inersiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient 1,08 ekanligi ma’lum.
Pт, kN
M/s
2-rasm
140-masala. Avtomobil shamolga qarshi 20 m/s o‘zgarmas tezlik bilan 30 qiyalikda, yuqoridan pastga harakatlanmoqda. Yo‘lning g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02, havo qarshiligini yengish koeffitsienti 0,25 N·s2/m4, old yuzasi 1,65 m2 bo‘lsa, shamolning tezligi aniqlansin. Avtomobilning massasi 2000 kg.
141-masala. Avtomobil 30 km/soat o‘zgarmas tezlikda balandlikka chiqmoqda. Ro‘paradan esayotgan shamolning tezligi 15 m/s. Agar g‘ildirashga qarshilik koeffitsienti 0,02, avtomobilning massasi 5750 kg, havoning qarshilik omili 2,2 N·s2/m2 bo‘lsa, yo‘lning qiyaligi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |