Avtomobil transporti muxandisligi


 Ishonchlilikka sinashning maqsadi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.1 Ishonchlilikka sinashning maqsadi
Ishonchlilikka sinashning maqsadi – buyumning ishonchlilik darajasini
aniqlash va uning son qiymatlarini baholash. Buyumning ishonchlilik darajasini
bilish ko‘p masalalarni hal qilishga, ya’ni belgilangan ishonchlilik xarakteristikalarini
tasdiqlash, ularni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, unga texnik xizmat
ko‘rsatishning oqilona tizimini qo‘llash, buyum samaradorligi va keyingi
ekspluatatsiyasining maqsadga muvofiqligi, zaif tomonlarini aniqlash, hisob-kitob,
bashorat (prognoz)larni va uning yaratilish texnologik jarayonlari sifatini tekshirishga
imkon beradi.
Sinov natijalari yordamida quyidagi xarakteristikalardan birini olish mumkin:


43
1. Buyumning buzilishgacha bo‘lgan xizmat muddati (yurilgan yo‘li)ning
taqsimlanish qonuni. Bu xarakteristika to‘liq hisoblanib, asosiy ishonchlilik
ko‘rsatkichlarini, jumladan, berilgan vaqt davomida buzilmasdan ishlash
ehtimolligini aniqlash imkonini beradi. Lekin bu ish katta statistik material va
xarajatlar talab qiladi. Taqsimlanish qonunini faqat sodda buyumlar uchun kam sarf-
xarajatlar bilan olish mumkin.
2. Buyumning buzilishsiz ishlash ehtimolligi berilgan vaqt uchun aniqlanadi,
lekin buzilmaslik xarakteristikasi buyumning ko‘proq ishlash davri uchun noma’lum
bo‘lishi mumkin. Bunday chegaralangan ma’lumot bo‘yicha ham buyumning
ishonchlilik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
3. Sinovlarning murakkabligi va uzoq cho‘zilishi buyumning vaqt bo‘yicha
chiqish parametrlari o‘zgarishiga baho berish imkoniyatidan mahrum qiladi. U holda
har bir parametr bo‘yicha “ishonchlilik zaxirasi” ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Bashorat usullarini qo‘llagan holda sinashlarning bu natijalaridan buyumning
ishonchlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
4. Masalaning murakkabligi tufayli ko‘p hollarda buyumning ishonchlilik
darajasini absolut miqdorlarda aniqlash mumkin bo‘lmay qoladi, bu holda uni faqat
o‘ziga o‘xshagan buyumning ko‘rsatkichi bilan nisbiy taqqoslashga to‘g‘ri keladi.
Natijada sinashlar, buzilmasdan ishlashlik yoki chidamlilik necha marta o‘sdi, degan
savolga javob berib, chidamlilikning haqiqiy darajasi to‘g‘risidagi masala hal
bo‘lmaydi. Yuqori ishonchli buyumlar uchun sinashlarning usul va hajmlarini
aniqlashda faqat vaqt omili asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling