Avtomobil transporti muxandisligi


Ishonchlilikka sinashning turlari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.2 Ishonchlilikka sinashning turlari
Ishonchlilikka maxsus o‘tkaziladigan sinashlar:
1. Tadqiqot sinashlari – buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish uchun o‘tkaziladigan sinashlar.
2. Nazorat sinashlari – muayyan buyumning ishonchlilik darajasini baholash
uchun o‘tkaziladigan sinashlar.
Sinashlar o‘tkazish joyi bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi:
1. Stend sharoitidagi sinashlar – mashina yoki agregat ish qobiliyatining
yo‘qolishi to‘g‘risida, ya’ni ularning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida ma’lumot beradi. Sinash usullarini ishlab chiqayotganda sinash sharoitlari
va tartibotlarining ekspluatatsiya sharoitlariga mos kelishini hisobga olish zarur.
Stend sinashlari, odatda, buzilish sodir bo‘lguncha yoki buyum belgilangan muddat
davomida ishlamaguncha davom ettirilaveradi. Hozirgi zamon uzel va detallarining
ishlash muddatlari uzun bo‘lgani uchun stend sinashlarida og‘ir sharoitlar taqlidi
(imitatsiyasi) tashkil qilinib o‘tkaziladi.
2. Ekpluatatsion va poligon sinashlar tajribaviy va seriyaviy namunalar uchun
qo‘llaniladi. Transport vositasining tajribaviy namunalari og‘ir ekspluatatsiya
sharoitlarida maxsus tanlangan hamda sun’iy yaratilgan yo‘llarda va har xil iqlim
sharoitlarida sinaladi. Bunday sinashlar quyidagi kamchiliklarga ega:
a) tajribalarning davomiyligi haqiqiy ekpluatatsiya sharoitlariga o‘xshab
hamma vaqt ham yetarli emas;


44
b) Ob’ektning ishonchlilik parametrlarini belgilovchi sinash natijasi hech
bo‘lmaganda transport vositasining xizmat muddati o‘rtacha qiymati to‘g‘risida ham
axborot bera olmaydi. Shuning uchun tezlashtirilgan sinashlar qo‘llaniladiki, ularda
ishonchlilik to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda qisqa vaqt ichida olinadi.
Nazorat sinashlarini o‘tkazganda buyumlar buzilmasdan ishlashlik,
chidamlilik, ta’mirlashga moyillik va saqlanuvchanlikka alohida-alohida sinaladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling