Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.8 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsad va vazifalari
7.7 Sinash rejalari
1. [NUN] – tugallangan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan, kuzatuvlar hamma buyumlar ishdan chiqqungacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar yangilari bilan almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qo‘yilgan buyumlarning ishlash muddatlari aniqlanadi (t 1 ,t 2 ,….,t N ); bu yerda: N – kuzatuvga qo‘yilgan buyumlar soni; U – buzilgan buyumlar yangilari bilan almashtirilmaydigan rejalar; N – kuzatuv davrida buzilgan buyumlar soni. 2. [NUZ] – tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan, kuzatuv natijasida buzilishlar soni va buyumning ishlash muddatlari (t 1 ,t 2 , ,…,t R ) aniqlanadi hamda buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlagan muddatlari ( t 1 , t 2 … t N-R ) e’tiborga olinadi. 46 bu yerda: Z – buzilgan buyumlarning oxirgi holatgacha va buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlash muddatlari. To‘liq tugallangan [NUN] sinovda kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar soni etarli darajada bo‘lishi va kerakli aniqlikni ta’minlashi zarur. Kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar sonini aniqlashda quyidagi ma’lumotlar oldindan beriladi: ruxsat etilgan xatolik qiymati d=0,05; 0,10; 0,15; 0,20 ga, ishonch ehtimolligi a=0,8; 0,9; 0,95; 0,975; 0,99 ga teng bo‘lishi, ayrim vaqtlarda esa buzilishlarning taqsimot qonuni berilishi mumkin. 7.8 Axborot yig‘ish va ishlov berishning maqsad va vazifalari Axborot yig‘ish va unga ishlov berish tizimi – buyumning ishonchliligi to‘g‘risida kerakli va haqqoniy axborot olish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar majmui. Tizimning maqsadi quyidagilardan iborat: - buyumning ishonchliligini oshirish uchun uning konstruksiyasini takomillashtirish; - tayyorlash va yig‘ish texnologiyasi, nazorat sinovlarini takomillashtirish; - ta’mirlash sifatini yaxshilash va uning sarf-xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish; - ekspluatatsiya qoidalariga rioya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish; - buyumni attestatsiyalash; - ishonchlilik ko‘rsatkichlarini nazoratga olish va h.k. Tizimning vazifalari quyidagicha: - buyumning ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini aniqlash va baholash; - buyumning ishonchliligini pasaytiradigan konstruksion va texnologik kamchiliklarni aniqlash; - buyumning umumiy ishonchliligini chegaralaydigan detallar va yig‘ma birikmalarni aniqlash; - buyumning ishonchliligiga ekspluatatsiya sharoitlari va tartibotlari ta’sirini aniqlash; - buzilishlarning kelib chiqish qonuniyatlarini aniqlash; - ishonchlilikning me’yorlanadigan ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish; - ehtiyot qismlar sarfini optimallash, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tizimini takomillashtirish; - buyumlarning ishonchliligini optimal darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling