Avtomobil transporti muxandisligi


Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

7.10 Axborot yig‘ish usullariga qo‘yiladigan asosiy talablar
a) ishonchlilik to‘g‘risida axborot yig‘ish ekspluatatsion va ta’mirlash
korxonalarida axborot yig‘ishni o‘tkazadigan tashkilot tomonidan olib borilishi
kerak;
b) axborot yig‘ish uni markazlashgan holda yig‘uvchi tashkilotga topshirish,
tekshirish va anketalash orqali bajarilishi kerak;
d) dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish tayanch punkti yoki ekspluatatsion va
ta’mirlash korxonalari tomonidan olib borilishi kerak;
e) tekshiruvni axborot yig‘adigan tashkilot olib boradi. Bunda buyumning
texnik holati ekspluatatsiya sharoitlarida o‘rganiladi, axborotni dastlabki hisobga
olish shakllari (ekspluatatsiya va ta’mirlash hujjatlari, avariyalarni tekshirish,
norozilik dalolatnomalari va boshqalar) tahlil qilinib, uning natijalari axborot-
to‘plagichlarda aks ettiriladi;


48
f) anketalashni axborot yig‘uvchi tashkilot o‘zining maxsus so‘rov varaqalarini
ekspluatatsion va ta’mirlash korxonalariga yuborish orqali amalga oshiradi;
g) tayanch korxonalarni tanlash risoladagi ekspluatatsion sharoitlar uchun
axborot olishni ta’minlashi kerak.
7.11 Axborotga ishlov berish va tahlil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Axborotga ishlov berish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- birlamchi ma’lumotlarni kodlash va tasniflash;
- buyum ishonchliligi to‘g‘risidagi axborotning aniqlik, to‘lalik va bir turlilik
talablariga mos kelishini ta’minlash;
- barcha axborotning sifat va miqdoriy tahlildan o‘tishini ta’minlash;
Sifat va miqdoriy tahlil o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- noaniq axborotni chiqarib tashlash;
- axborotning bir turli ekanini tekshirish;
- axborotga statistik ishlov berish va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini baholash;
- ishonchlilik tahlili natijalari asosida ishonchlilikni oshirish tadbirlarini ishlab
chiqish.
Buzilish va oxirgi holat sabablarini tahlil qilish jarayonida quyidagilar
o‘tkaziladi:
- birlamchi ma’lumotlarni qabul qilingan alomatlari (ekspluatatsiya sharoiti,
ishlash muddati, buzilish turlari va boshqalar) bo‘yicha tizimlash;
- buyumning ishonchliligini cheklovchi detallarni aniqlash;
- buzilish sabablarini aniqlash;
- konstruksion-texnologik va tashkiliy tadbirlarning samaradorligini baholash;
- statistik axborot bo‘yicha taqsimlanish qonunlarini aniqlash va ishonchlilik
xususiyatlari ko‘rsatkichlarini baholash;
- ehtiyot qismlar sarfi bo‘yicha axborotga ishlov berish;
- buyumlarning turib qolishi davomiyligi va uning sabablarini aniqlash hamda
tizimlash;
- olingan ma’lumotlarni me’yoriy va boshqa sharoitlarda olingan ma’lumotlar
bilan solishtirish va h.k.
7.12 Qayd qilinadigan axborot tarkibi va hujjatlar shakliga

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling