Avtomobil transporti muxandisligi


Tayyorgarlik va yakuniy vaqt


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

Tayyorgarlik va yakuniy vaqt ijrochini berilgan ish bilan tanishtirish va
topshiriq berish, ish o‘rnini tayyorlash, asbob-uskuna va boshqa kerakli materiallarni
olish va topshirish uchun sarflanadi.
Ishchi o‘rniga xizmat ko‘rsatish vaqti qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni
almashtirish, jihozlarni, moslamalarni tozalash va joylashtirish va h.k. sarflanadi.
Me’yorlarni aniqlayotganda yoki o‘zgartirayotganda quyidagi usullardan
foydalaniladi: ish vaqtining fotografiyasi; xronometraj kuzatuvlar; mikroelement
me’yorlar usuli.
8.5 Resurslar va ehtiyot qismlar sarfi me’yorlarini aniqlash
Resurslarni me’yorlashda quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi:
- o‘rtacha resurs;
- g - foizli resurs(85–90%).
Bu ko‘rsatkichlar kuzatuvlar natijalari bo‘yicha yoki hisobot ma’lumotlari
orqali topilib, ular yordamida me’yorlar quyidagi holatlar uchun aniqlanadi:
- transport vositasi agregatlarining birinchi asosiy (kapital) ta’mirlashgacha
yuradigan yo‘li (resursi);
- o‘rtacha xizmat muddati (yillarda);
- transport vositasining hisobdan chiqarilguncha resursi.
Agregatning birinchi asosiy (kapital) ta’mirlashgacha yuradigan yo‘li bo‘yicha
asosiy ta’mirlash dasturini va uni o‘tkazish uchun ehtiyot qismlar sarfi me’yorini
aniqlashda foydalaniladi.
Ehtiyot qismlar sarfi me’yorlari ularni ishlab chiqarish rejalarini tuzishda,
buyurtma hajmini, zaxirasini belgilashda va ehtiyot qismlar sarfini aniqlashda kerak
bo‘ladi. Ehtiyot qismlar sarfi me’yorlari ikki xil bo‘ladi:
1. Yiriklashgan me’yorlar
- texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashni
rejalash maqsadida ishlatiladi (so‘m
/ming km);
2. Nomenklatura me’yorlari
- ehtiyot qismlarning o‘rtacha sarfi har bir detal
bo‘yicha har 100 dona transport vositasiga bir yilga belgilanadi.
Ehtiyot qismlar sarfi me’yorlari detallarning ishonchliligi, ekspluatatsiya
jadalligi va transport vositasining hisobdan chiqarilguncha xizmat muddati bo‘yicha
ma’lumotlar to‘planib, quyidagicha aniqlanadi:
a
a
t
L
L
L
n
H
×
-
×
=
2
1
)
(
100
;
(8.10)
bu yerda: n
- transport vositasidagi bir xil nomdagi detallarning soniL
a
-
transport vositasining amortizatsion masofasi, ming km; L
1
- detalning birinchi
almashtirguncha bo‘lgan resursi (ishlagan muddati), ming km; L
2
- detalning
almashtirishlar orasidagi resursi, ming km; t
a
– transport vositasining xizmat muddati,
yillar.


55
Detallarning birinchi va keyingi almashtirishlari orasidagi resurslari kamaygan
sari, ehtiyot qismlar sarfi oshib boradi. Transport vositasidagi bir xil nomli
detallarning soni oshgan sari, me’yori ham oshib boradi. (8.10) formula esa
1
L
L
a
f
shart bajarilgan vaqtdagina o‘rinli.
Agar
1
L
L
a
£
bo‘lsa, ehtimollik usuli qo‘llaniladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling