Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тoshkent 2021
- Tayanch iboralar
O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RТA MAХSUS ТA’LIM VAZIRLIGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI FAKULTET “ AVTOMOBIL TRANSPORTI MUXANDISLIGI” KAFEDRA “AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XO`JALIGI” “ISHONCHLILIK NAZARIYASI VA DIAGNOSТIKA ASOSLARI” fanidan MA’RUZA MAТNI Bilim sohasi: 300000 –– Ishlab chikarish va texnik soha Тa’lim sohasi: 310000 – Muhandislik ishi Тa’lim yo’nalishi: 5313100 - Avtomobil transporti, yo`l qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatasiyasi (avtomobil transporti bo`yicha) Тoshkent 2021 2 3 I. Bo’lim.Тransport vositalarining ishonchlilik nazariyasi asoslari Mavzu-1. Fanning tarkibi, mazmuni, maqsadi, vazifasi va predmeti-2soat Reja: 1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti. 1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari. 1.3 Ishonchlilikni iqtisodiy jihati. 1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati. Tayanch iboralar: transport vositasi; falsafa nuqtayi nazaridan; Ob’ekt; sifat; hodisa; mezon; iqtisodiy samara; texnik xizmat ko‘rsatish; joriy ta’mirlash; tannarxni qoplash; chegaraviy holat; samaradorlik; iqtisodiy maqbul masofa. 1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti Respublikamizda hozirgi kunda xalq ho’jaligining barcha sohalarida har xil turdagi minglab transport vositalari ishlab turibdi. Ekspluatatsiya jaryonida ularning texnik holati o’zgarib boradi. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ma’lumki, ekspluatatsiya davrida texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun ketadigan sarf-harajatlar transport vositasining boshlang’ich narxidan ancha ortiqdir. Ishonchlilik va diagnostikalash muammosini hal qilish esa katta mablag’larni tejash imkonini beradi Тexnik taraqqiyot “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani oldiga transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ularning ekspluatatsiyasi, og’ir sharoit va favqulodda vaziyat vujudga kelgandagi ish qobiliyatini ta’minlash, texnik holatini diagnostikalash, prognozlash (oldindan aytib berish) hamda eng optimal (oqilona) konstruksion yechimlarni topish bo’yicha vazifalarni qo’yadi. “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani texnik qurilma va tizimlar sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish qonunlarini, texnik holatini diagnostikashni o’rganadi va shu asosda eng kam sarf-harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi. Ishonchlilik muammolarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: — transport vositasi (Ob’ekt) ekspluatatsiyasi jarayonida boshlang‘ich parametrlarning o‘zgarishi vaqt omili orqali baholanadi; — Ob’ektning texnik holati uning chiqish parametrlari (sifat ko‘rsatkichlari)ni saqlab qolish nuqtayi nazaridan prognoz qilinadi. Umuman, ishonchlilik muammosi prognoz qilish masalalari bilan bog‘liq. Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida muayyan ekspluatatsiya sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash talab etiladi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi bilan Ob’ektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o‘zgarishi jarayonini o‘rganadi, sifat ko‘rsatkichlarining ma’lum darajaga etishishi masalalarini esa e’tiborga olmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq. Bunda mustahkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va hakazo hisob-kitob usullari ishlab chiqiladi hamda transport vositalarining zaruriy ishonchliligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar qo‘llaniladi. 4 Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling