Avtomobil transporti muxandisligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

Y
Yc
h
2
1
Y
i
Y
L
L
L
L
S
S
Tch
S
Тb
0
2


9
Y
Ch
va Y
RE
– chegaraviy va qabul qilish mumkin bo‘lgan (ruxsat etilgan) texnik
holat parametrining qiymatiY
i
– joriy vaqtdagi texnik holat parametrining qiymati;
L
R
– texnik holat parametrining oxirgi qiymatigacha ishlash vaqti (yo‘l), ya’ni resursi;
L
o
– eng qulay texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi qiymati; S
Tb
va S
Tch
– tormozlanish
yo‘lining boshlang‘ich va chegaraviy qiymati.
Boshlang‘ich yoki nominal texnik holat parametrining qiymati (Y
b
)
- bu shunday
miqdorki, chiniqtirish va moslashuv davridan o‘tgan yangi va soz buyum (transport
vositasi yoki uning detali) holatining dastlabki qiymatidir.
Ruxsat etilgan texnik holat parametrining qiymati (Y
RE
)
- bu qiymatgacha sozlash
va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan, yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
buyumning buzilmasdan ishlashi ta’minlanadi. Ushbu qiymat bo‘yicha har bir Ob’ekt
uchun texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi belgilanadi.
Chegaraviy texnik holat parametrining qiymati (Y
Ch
)
- bu buyumning oxirgi
holati bundan keyin undan foydalanish mumkin emasligi (konstruktsion, iqtisodiy,
ekologik va boshqa sabablarga ko‘ra) hamda uning ishlash qobiliyatini tiklashning
iloji yo‘qligi yoki maqsadga muvofiq emasligi bilan aniqlanadi (GOST 27.002-89).
Texnik holat parametrlari miqdorlarining nominal (Y
b)
, chegaraviy (Y
Ch
) va ruxsat
etilgan (Y
RE
) qiymatlari qonunlar, davlat standartlari, hukumat qarorlari, me’yoriy-
texnik va loyiha-konstruktorlik hujjatlari bilan belgilanadi, ma’lumotnomalarda, shu
jumladan xalqaro nashrlarda tartibga keltiriladi.
Transport vositasining ishlash davomiyligi (narabotka) soatlar yoki bosib
o‘tilgan yo‘l yordamida o‘lchanadi. Transport vositasining oxirgi texnik holati
qiymatigacha yurgan yo‘li yoki ishlagan soatlari miqdori uning resursi deb ataladi.
Transport vositasi texnik holatini aniq belgilash va buzilishsiz ishlash resursini
oldindan aytib berish uchun uning har birini alohida tekshirish kerak. Avtokorxona
sharoitlarida agregat va mexanizmlarni yechmasdan tekshirish maqsadga muvofiq.
Bunday tekshirish texnik diagnostikalash deyiladi.
Transport vositasining ishlash qobiliyati – bu uning belgilangan parametrlar
miqdorlarini me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan chegaralarda saqlagan holda o‘z
vazifalarini bajarishi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling