Avtomobil transporti muxandisligi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

2. Suyuq ishqalanish – ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham
ataladi.
Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari orasidagi moy qatlami sirtning
mikronotekisliklarini ko‘mib ketadi va natijada ishqalanish faqat molekulalarning
moy qatlamidagi harakatidan paydo bo‘ladi. Bu tur ishqalanishda ishqalanish kuchi
moyning ichki qarshiligi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuq ishqalanish tirsakli val
podshipnigida ishlash rejimining turg‘unligi sharoitida kuzatiladi.
3. Chegaraviy ishqalanish. Bu tur ishqalanish yuqori solishtirma yuklama
sharoitlarida faqat shu detallar sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari bilan
chegaralangan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, orqa ko‘prik bosh uzatmasi tishli
g‘ildiraklari ilashuvi, zo‘ldirli podshipniklar va h. k..
Buyumlarning ko‘pgina birikmalari yetarli moylanmasaaralash ishqalanish
vujudga keladi, ya’ni ishqalanish sirt qismlarida uch xil turdagi ishqalanish paydo
bo‘ladi (3.1-rasm. e). Ob’ektning ishqalanayotgan sirt qismlari orasidagi moy qatlami
sirtning mikronotekisliklarini ko‘mib ketishi natijada suyuq ishqalanish, sirtiga
shimilgan moy molekulalari qatlamlari yupqa parda tashkil etgan sirtlarning
qismlarida esa chegaraviy ishqalanish paydo bo‘ladi. Ob’ektning ishqalanayotgan sirt
qismlarida bir-biri bilan bevosita tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish natijasida quruq
ishqalanish sodir bo‘ladi. Aynan shu sirt qismlarida yeyilish jadalligi oshadi.
Mexanik va kimyoviy jarayonlar natijasida ishqalanish sirtlarida mis bilan
boyitilgan yumshoq va yupqa qatlam juda kuchsiz ishqalanishni ta’minlaydi va
ishqalanish sirti bo‘yicha bosimlarni bir tekisda taqsimlaydi (misol: uy sovutgichi
kompressori).


16
3.1-rasm. Ishqalanish va moylash turlari: a) suyuq,
b) chegaraviy, d) quruq, e) aralash

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling