Avtomobil transporti muxandisligi


Yeyilish va uning tasnifi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

3.3 Yeyilish va uning tasnifi
Yeyilish deb, o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining
ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy
jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detallarning yeyilish natijasi bo‘lib,
u o‘lchamlar, shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik
oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar
buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Yeyilish turlarining tasnifi. Yeyilish o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi
(3.2-rasm).
Mexanik yeyilish:
– abraziv yeyilish – ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv
zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik ta’siri natijasi (kolodka va baraban,
shkvoren birikmasi, ressoraning barmoq – vtulkasi oralaridagi yeyilishlar). Ayrim
hollarda abraziv zarrachalar tarkibiga ishqalanayotgan detallarning yeyilish
mahsulotlari ham kirishi mumkin.
– shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish – detallarga juda katta yuklamalar ta’sir
etganda ro‘y berib, uning natijasida sirt qatlamlarining siljishi kuzatiladi va
detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi;
– mo‘rt buzilish yeyilishi – ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami
ishqalanish va parchinlanish natijasida mo‘rtlashib buziladi va o‘z ostidagi bo‘sh
qatlamlarni ochib qo‘yadi;
– charchash natijasidagi yeyilish  ishqalanayotgan detalga uning chidamlilik
chegarasidan yuqoriroq davriy yuklamalar ta’siri oqibatida yuzaga keladi (masalan,
podshipniklarning chopish yo‘laklari).
Molekular-mexanik yeyilish
adgezion yeyilish ishqalanayotgan sirt
materiallarining molekular ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Asosan,
mexanizmlarning moslashuv (chiniqtiruv) davrida kuzatiladi. Bunday yeyilish
mexanizmlarni tirnalishga, harakatlantirmay qo‘yishga va buzilishga olib keladi.


17
Buyumlarning atomlar tanlab o‘tishi sharoitidagi yeyilishi – spirtglitserinli
aralashma bilan moylanib ishlaydigan po‘lat va bronza juftida kuzatilgan. Bu
sharoitda detal yuzalarida qalinligi 1–2 mkm bo‘lgan mis parda hosil bo‘lgan. Bu
parda ishqalanish kuchini tahminan 10 marta kamaytirgan va juftning yeyilishini
sekinlashtirgan.
3.2-Rasm. Yeyilish turlari tasnifi
Xuddi shunday hodisa po‘lat bilan po‘lat juft bo‘lib ishlaydigan mashinalarda,
masalan, ro‘zg‘or sovutgichining kompressoridagi freon aralashma bilan
moylanadigan qismlarda ham kuzatilgan.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling