8.1 Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tartiboti
Transport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tartibotlarini
aniqlashda ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Transport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash tartiboti deb,
profilaktik yoki ta’mirlash xarakteridagi ta’sirlarning davriyligi, majburiy
bajariladigan ishlarning ro‘yxati va ularning mehnat hajmi tushuniladi. Eng maqbul
davriylik bilan olib boriladigan profilaktik ishlar buzilishlar sonini kamaytiradi.
Texnik xizmat ko‘rsatishning maqbul davriyligi va bajariladigan ishlar mehnat
hajmi mahkamlash, diagnostikalash, sozlash, moylash va boshqa ishlar bo‘yicha
ehtiyojni o‘rganish asosida belgilanadi. Texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyoj
va uning davriyligini aniqlash yoki to‘satdan sodir bo‘ladigan buzilishlarning oldini
oluvchi tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun transport vositasi
(agregat, mexanizm) ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarish
qonuniyatlari hamda texnik holat parametrining yo‘l qo‘yilgan miqdorini bilish
lozim.
8.2. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi – bu transport vositasiga bir xildagi
profilaktik ta’sirlarning ketma-ket bajarilishlari orasidagi me’yoriy ishlash davriyligi.
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash usullari:
Eng sodda usul. Bu usul bo‘yicha transport vositasiga TXK davriyligi uning
o‘ziga o‘xshash transport vositalarining davriyligi kabi qabul qilinadi.
Analitik usul. Bu usul transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi jarayonlari,
kuzatuv natijalari va texnik holat o‘zgarishi qonunlariga asoslangan.
Imitatsion modellashtirish usuli. Bu usul real va tasodifiy texnik xizmat
ko‘rsatish jarayonlarini o‘ziga o‘xshatib tashkil qilish (taqlid (imitatsiya),
modellashtirish)ga asoslangan.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |