Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»
Download 1.88 Mb.
|
umk nometl materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr : Аsоsiy аdаbiyotlаr
- Qo’shimchа аdаbiyotlаr
- Plаstmаssа sifаtini bаhоlаsh vа ungа tаlаblаr
- Plastmassalarning tarkibi
- Eskirish (oksidlanish)
1-mаvzu. KONSTRUKSION PLASTIK MASSALAR
Mа’ruzа rеjаsi: Plаstmаssа sifаtini bаhоlаsh vа ungа tаlаblаr. Plаstmаssаlаr tаrkibi vа sinfi. Plаstmаssаlаrning umumiy хususiyatlаri. Rеаl sеktоrgа jаhоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzining tа’siri vа uni оldini оlish chоrаlаri. Tаyanch ibоrаlаr Plаstmаssа, pоlimеr, ingrеdiеnt, qo’shimchаlаr, plаstifikаtоr, pоlimеrizаtsiya, pоlikоndеnsаtsiya, хususiyat, qo’llаsh, kоnstruktsiya, tеrmоplаst, rеаktоplаst. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr: Аsоsiy аdаbiyotlаr: А. Gurееv, R.YA. Ivаnоvа, N. V. Щеgоlеv Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli, M: Trаnspоrt, 1986, 242s. L.S. Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli, M: Trаns pоrt, 1986,57s. Kаrimоv I.А. «Mirоvоy finаnsоvо-ekоnоmichеskiy krizis, puti i mеri pо еgо prеоdоlеniyu v uslоviya Uzbеkistаnа. T.% «Uzbеkistаn». 2009. 47 s. Qo’shimchа аdаbiyotlаr: 4.0.I.Mаnusаdjyants, F.V. Smаl Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli. M: Trаnspоrt, 1989, 212s. 5. Хimiki - аvtоlyubitеlyam pоd rеdаktsiеy prоf. А.YA. Mаlkinа. L: Хimiya, 127 str. 1-ilоvа Plаstmаssа sifаtini bаhоlаsh vа ungа tаlаblаr Plastik massa yoki plastmassa deganda, yuqori molekulyar organik birikmalar asosida olingan va ma’lum harakat hamda bosim ostida, ishlab chiqarishning ma’lum bosqichlarida plastik deformasiyalanadigan, murakkab kimyoviy tarkib va tuzilishga ega bo’lgan kompozit materiallar tushuniladi[1]. Metallar, yog’och, keramika va shu kabi materiallar bilan raqobat qiluvchi, konstruktsiyaviy – ta’mirlash materiallarning yangi turi sifatida plastmassalar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: kam zichlik, yetarlicha mexanik mutahkamlik; issiq va sovuqqa yaxshigina bardoshlilik, atmosfera ta’sirlarida barqaror, turli suyuqliklar (suv,eritgichlar,yonilg’i va moylar, kislota, ishqorlar va shu kabilar) ta’siriga chidamlilik, yuqori texnologiyaboplik [2] Plastmassalar bajaradigan vazifasiga ko’ra maxsus talablarga ham javob berishi kerak. Masalan, elektr jihozlar detalida – dielektriklik, podshipniklarda ishqalanishga chidamli akkumulyator bankalarida – korroziyaga chidamli xususiyatlar kerak. 2-ilоvа Plastmassalarning tarkibi Plastmassalarning tarkibi turli – tuman. Unga polimerlar, to’ldiruvchilar, plastifikatorlar, eskirishga qarshilik ko’rsatuvchilar, bo’yoqlar va qotirgichlar kiradi. Plastmassaning turiga qarab, tarkibiga aytilgan komponentlarning hammasi yoki ba’zilari kiradi[3]. Polimer – plastmassaning asosiy elementi bo’lib, bog’lovchilik vazifasini bajaradi. Polimer – tarkibi bo’yicha yuqorimolekulyar kimyoviy birikma, quyi (past) molekulyar birikmalardan polimerlash yoki polikondensatsiyalash yordamida sintetik yo’l bilan olinadi. Polimerlar tabiiy va sintetik bo’ladi. Tabiiysiga – konifol, tsellyuloza, kauchuk va shu kabilar, sintetik polimerlarga – polietilin, fenolformaldegizle smolalar va hu kabilar kiradi. Ikkinchisining xuusiyatlari birinchisinikidan yuqori yuradi. Yuqorimolekulyar birikmalarning hammasi “monomer” deb ataladi. Bir – biri bilan bog’langan va ko’plab marta takrorlanuvchi zarralardan tuzilgan. Polimerlarning molekulyar og’irligi 6000dan boshlab katta qiymatlargacha o’zgaradi. Bunday molekulalar “makromolekula” deb ataladi. Makromolekulalarning asosiy zanjiri tarkibiga ko’ra polimer birikmalar bir nechta guruhga bo’linadi. Karbozanjirli polimerlardagi asosiy zanjir uglerod atomlaridan tashkil topadi: … - C – C – C –C –C - … Geterozanjirli polimer birikmalarning asosiy zanjirida uglerod atomlaridan tashqari, boshqa kimyoviy elementlarning, masalan, kislorod, azot, fosfor va boshqa atomlari ham bo’ladi: … - N – C – C – C – N – C – C – C - … Asosiy zanjirdagi elementorganik birikmalar kremniy, titan, alyuminiy, kabi metallarning atomlari ham bo’ladi R R R | | | ...-Si-O-Si-O-Si-O-... | | | R R R bu yerda R – organik radikal. Polimerni olish usuliga qarab, makromolekula tuzilishining strukturasi chiziqli, shoxlagan, to’rsimon va fazoviy bo’lishi mumkin. Yuqorida aytilgandek, sun’iy polimerlarni olish asosida polimerlash va polikondensatsiyalash jarayonlari yotadi. Polimerlash jarayoni shunday reaksiyaki, uning natijasida polimerlardan molekulyar og’irligi katta bo’lgan yangi birikmalar (makromolekulalar) hosil bo’ladi va bunda yo’ldosh yondosh mahsulotlar ajralib chiqmaydi. Moil uchun, etilinni polimerlashda polietilin hosil bo’ladi: n(CH2 = CH2)→(-CH2 - CH2-)n bu yerda n – molekuladagi bo’g’inlar soni; makromolekulaning uzunligini belgilaydi va polimerlanish darajasini tavsiflaydi.yoki boshqa bir misol: xlorli vinil monomeridan polovinilxlorid hoil bo’ladi: (CH2 = CHCI)n (-CH2 – CHCI – CH2 – CHCI - )n Polimerlash reaksiyasi monomer molekulalaridagi ikkilangan bog’lamlarning reaksiyaga kirishish xususiyati sababli kechadi. Ya’ni, agar, uglerodning uglerod bilan bog’lami to’yinmagan bo’lsa, birikmalar bir xil yoki har xil molekulalar bilan o’zaro ta’sirga kirishib murakkab birikmalar hosil qiladi. Polimerlash reaksiyasiga nafaqat bir xil monomerlar, balki 2-3 xil va undan ko’p turdagi monomerlar ham kirisha oladi. Bunday murakkab polimerlar “sopolimer” deyiladi, reaksiyani esa, “birgalikda polimerlash yoki sopolimerlash” deyiladi. Shu tarzda struktura formulasi turlicha bo’lgan ko’plab polimerlarni olish va yuqorimolekulyar birikmalarning xususiyatlarini kerakli tomonga o’zgartirish mumkin. Polimerlash reaksiyasi yo’li bilan olingan polimerlar ipsimon chiziqli strukturaga ega bo’ladi. Chiziqli polimerlarning alohida iplari molekulalararo ilashish kuchi yordamida bir-biriga yaqin joylashadi. Harorat ko’tarilganda molekulalarning tebranma harakatlari kuchayadi, natijada makromolekulalarning o’zaro ta’siri bo’shashib material plastic xususiyatlarga ega bo’ladi. Sovutilganda polimer yana qattiqlashib, ilgarigi xususiyatlar tiklanadi. Bunday polimerlar termoplastik deyiladi va bunday guruh materiallar “termoplastlar” deyiladi. Chiziqli polimerlar va ular asosidagi plastmassalar ma’lum eritgichlarda eriydi. Termolastlar uzoq vaqt ta’sir etadigan mexanik yuklamalar ta’sirida asta deformatsiyalanadi (sovuq holda oquvchanlik, deyiladi), huning uchun ulardan yuqori haroratlarda yoki katta yuklamalar ostida ihlaydigan detallarni tayyorlash uchun foydalanih mumkin emas [4]. Polikondensatsiya jarayoni shunday reaksiyaki, buning natijasida fazoviy strukturaga ega bo’lgan yuqorimolekulyar birikmalar hosil bo’ladi. Bunday tuzilmada molekulalarning alohida – alohida iplari bir – biriga ko’ndalang bog’lamlar bilan ilashadi va shu holda nafaqat molekulalararo ilashish kuchlari yordamida, balkim mustahkam kimyoviy bog’lamlar yordamida ham tutib turiladi. Polikondensatsiya reaksiyasida yo’ldosh (yondosh) mahsulotlar (suv, ammiak, vdorod xlorid va boshqalar) ajralib chiqadi. Masalan, fenolformaldegidli polimerning hosil bo’lish jarayoni quyidagicha kechadi: C6H5OH + nCH2O → (-C6H4OHCH2 -) + nH2O Polimerlar yuqori haroratlar, katalizator yoki qotirgich deb ataladigan moddalar ta’sirida qotadi. Ular chiziqli molekulalarni bir-biriga bog’laydi. Polimerning tarkibiga qarab, uning qotishi uchun aytilgan sharoitlarning hammasi yoki bittasi bo’lishi kerak [5,6]. Polimerlash va polikondensatiyalash reaksiyalari ma’lum sharoitlarda (harorat, katalizator, eritgich va x.k.) kechadi. Sharoit ikkilangan bog’lamlarni ajratadi, funksional guruhlarni ko’chiradi va polimer makromolekulasida qaytmaydigan o’sish hosil qiladi. Fazoviy strukturali qayta qizdirganda yumshamaydi. Bunday polimerlar “termoreaktiv polimer” deyiladi, ular asosidagi materiallar esa “termoreaktiv plastiklar” yoki “reaktoplastlar” guruhiga kiritiladi. Ko’ndalang bog’lamlar polimerga yangi sifatlar beradi. Bunday bog’lamlari oz bo’lgan polimerni qizdirganda ozgina yumshaydi, eritganda erimaydi, ozgina ko’pchiydi, sovuq holda oquvchanligi sezilarli kamayadi. Bu bog’lamlari ko’p bo’lgan polimer qiziganda yumshamaydi, amalda deyarli erimaydi, eritgich ta’sirida ko’pchimaydi, sovuq oquvchanligi umuman bo’lmaydi. Polimer makromolekulalarning chiziqli shakldan fazoviy shaklga o’tishi qotish jarayoni deyiladi. Qotgan polimerlar yaxshi konstruksion material hisoblanadi va mashinasozlik, avtomobilsozlikda katta istiqbolga ega. To’ldiruvchilar polimerning hajmini kengaytirish va fizik-mexanik va boshqa xususiyatlarini (dielektrik, haroratbardosh) yaxshilash, shuningdek, qotish jarayonida cho’kishini kamaytirish uchun (ba’zi holatlarda hajm bo’yicha 10-20% ga yetadi) xizmat qiladi. To’ldiruvchi sifatida turli moddalar ishlatiladi. Masalan, kukunsimon to’ldiruvchilar (yog’och uni, kvarts yoki asbest kukuni va shu kabilar) plastmassani issiq holda qilingandan keyin yoki qotirganda cho;kishini kamaytiradi, qattiqligini oshiradi, polimer sarfini kamaytiradi. Plastmassalarning mexanik mustahkamligini oshirish uchun tolali to’ldiruvchilar (taralgan paxta tuklari, asbob va shisha tolalar) ishlatiladi. Plastmassaning mustahkamligi kata bo’lishi uchun to’ldiruvchi sifatida paxta-qog’oz va shisha matolar, qog’oz yoki yog’och shponi (yupqa yog’och qirindisi) ishlatiladi. Bunday plastmassalar “qatlamli plastik” deb ataladi. Plastifikatorlar plastmassaning mo’rtligini kamaytirib, elastiklik va cho’ziluvchan xususiyatlarni hosil qilish uchun qo’shiladi. Shunda plastmassaning issiqlik va sovuqlikka bordoshliligi ham ortadi. Plastifikatorlar vaqt o’tishi bilan plastmassa material ichidan chiqib yoki bug’lanib ketishi ham mumkin, natijada detallarning bikirligi va mo’rtligi ortadi. Plastifikatorlar – asta ta’sir etadigan, o’ziga xos yaratgich bo’lib, polimer zanjirlari orasiga suqilib, ularni ajratadi, qo’shni zanjirlarning atomlari orasidagi ta’sir kuchlari susayadi va zanjirlar erkin suriladigan bo’ladi. Masalan, qattiq materialdan yumshoq va elastic materialga o’zgarishi mumkin[7]. Plastifikator sifatida kauchuksimon yoki mumsimon qatronlar, kam bug’lanadigan suyuqliklar (dibutilftalat, dioktilftalat, ftalli, fosforli va boshqa kislotalarning murakkab efirlari) qo’llanadi. Eskirish (oksidlanish)ga qarshi moddalar plastmassa detallar ishlayotganda, ayniqsa, yuqori haroratlarda va yorug’lik ta’sirida oksidlanish jarayonini sekinlatadi. Bo’yoqlar plastmassa buyumlarga bezak berish uchun, ular namlikni va yorug’likni kamroq yutishi uchun qo’llanadi. Bular – mineral pigmentlar va organik bo’yoqlar bo’lib, plastmassa detallarning xizmat muddatini oshiradi, kimyoviy va termik bardoshliligini ko’paytiradi. Surkamalar yoki moylovchi moddalar plastmassalarning plastikligini yaxshilash va qolipga yopishib qolmaydigan qilish uchun qo’shiladi. Bu moddalarga shag’am (parafin), stearin, kaloqiy steorat kiradi. Stabilizatorlar (ingibitorlar) plastmassalarning dastlabki xususiyatlarini saqlab qolish uchun qo’shiladi. Zarurat bo’lganda plastmassalarga qotirgich moddalar (malein angidrid, geksametilendiamin va boshqalar) va qotish jarayonini tezlatuvchi katalizatorlar aralashtiriladi. Qotirgich moddalar suyuq tarkibni qattiq plastmassaga aylantirib beradi. Zichligi kam plastmassa hosil qilish uchun porofor deb ataluvchi modda (g’ovaklar hosil qiluvchi) qo’shiladi. Bunday modda katta haroratda o’zidan gaz chiqarib, hali qotmagan plastmassa ichida g’ovaklar hosil qiladi. 3-ilоvа Umumiy xususiyatlar Plastmassalarning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari 1-,2-va 3- jadvallarda berilgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling