Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


-mаvzu. RЕZINА MАTЕRIАLLАRINING UMUMIY ХОSSАLАRI, TАRKIBI VА ULАRGА TАLАBLАR


Download 1.88 Mb.
bet42/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

6-mаvzu. RЕZINА MАTЕRIАLLАRINING UMUMIY ХОSSАLАRI, TАRKIBI VА ULАRGА TАLАBLАR


Rеjа



  1. Rеzinаlаrning bеlgilаnishi vа ulаrgа tаlаblаr.

  2. Rеzinаlаr tаrkibi, tаb’iy vа sintеtik kаuchuklаr.

  3. Kаuchuklаrning umumiy хususiyatlаri.

  4. Vulkаnizаtsiya jаrаyoni



Tаyanch ibоrаlаr


Sintеtik, tаb’iy kаuchuk, tаrkib, хususiyat, vulkаnizаtsiya, ebоnit, kоrd.


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr


Аsоsiy аdаbiyotlаr:
1 V.P. Pаvlоv, P.P. Zаskаlkо Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriа­
li. M: Trаnspоrt, 1982, 202 s.
2 О.I. Mаnusаdjаnts, F.V. Smаl Аvtоmоbilnо-ekspluаtаtsiоnniе mаtе­
riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 204 s.
Qo’shimchа аdаbiyotlаr:
3 L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli. M: Trаns­
pоrt, 1986,68s
4 Хimiki - аvtоlyubitеlyam pоd rеdаktsiеy prоf. А.YA. Mаlkinа. L: Хimiya,
84 str.


1-ilоvа
RЕZINАLАRNING BЕLGILАNISHI VА ULАRGА TАLАBLАR
Rezina tengi yo’q konstruktsion material bo’lib, texnikada keng ko’lamda ishlatiladi. Hozirgi vaqtlarda undan 40 mingdan ortiq buyumlar tayyorlanadi, asosiy iste’molchi avtomobil sanoati hisoblanadi.
Eng birinchi benzinli avtomobillarda monolit quyma shinalardan boshqa bironta ham rezina detal bo’lmagan. Tasmalari teridan, benzin naychalari-misdan, elektr izolyatsiyasi qoramoy (qatron) shimdirilgan to’qima matodan, o’rindiqlar tiqmasi – ot yelidan tayyorlangan.
Avtomobillar konstruktsiyasi takomillashgani sari, yuqori ekspluatatsiya sifatlariga erishish, ishonchlilik va uzoq xizmat qilish, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, rezina-texnik buyumlardan (RTB) foydalanish odat tusiga kirdi. Bu buyumlarning turi va soni orta bordi.
Zamonaviy avtomobilda 200dan 500tagacha rezina buyumlar bor, umumiy og’irligi 500-800kg ni tashkil qiladi. 40 tonnalik MAZ samosvalining shinalari og’irligi 4000kg, ya’ni umumiy og’irlikning 10 foiziga teng.
Rezina buyumlarning narxi esa, avtomobil narxining 10-40 foizini tashkil qiladi.
Rezina materiallarning elastikligi yuqori, titrashlar va zarbali yuklamalarni yutadi, issiq o’tkazuvchanligi kam, mexanik mustaxkamligi yaxshi, cho’zilishga va yeyilishga qarshiligi baland, elektrni izolyatsiyalash xususiyati yaxshi, suvni, gazni o’zidan o’tkazmaydi, ko’plab agressiv muhitlarga bardoshli, yengil, nisbatan arzon, yana ko’plab ijobiy xususiyatlarga ega. Shular tufayli, avtomobilsozlikda tengi yo’q xom ashyo sifatida qo’llanadi.
Dvigatelning tayanch nuqtalari, sovitish, ta’minlash, moylash, isitish, shamollatish sistemasining ichaklari, ventilyator, generator, kompressor, suv nasosining yuritish tasmalari, ressorlarining vtulkalari, manjetalar, tormoz sistemasining diafragmalari, oldingi va orqa osmalardagi shovqinni izolyatsiya qiluvchi elementlar, amartizatsiyalovchi qistirmalar va vtulkalar rezinadan tayyorlanadi. Baribir, rezinani eng ko’p iste’mol qiladigan buyum – shinalardir. Avtomobil konstruktsiyasi uchun rezina materiallardan foydalanish, uning ekspluatatsiya xususiyatlarini yaxshilaydi, xususan, titrashlar va zarbali yuklamalarni, avtomobil saloniga kiradigan shovqinni kamaytiradi, tezlikni oshiradi, qulaylikni yaxshilaydi.
Avtomobildagi rezina buyumlar ichida eng og’ir va murakkab sharoitda ishlaydigani pnevmatik shinalardir. Ularning sifati nafaqat o’zining xizmat muddatiga, balki avtomobilning ish ko’rsatkichlari: tezlik, xavfsizlik, yuk ko’tarish, yonilg’li sarfi, tejamkorlik, ekspluatatsiya davomiyligi kabilarga ta’sir etadi.
2-ilоvа
REZINANING TARKIBI, TАBIIY VА SINTЕTIK KАUCHUKLАR
Rezina, tarkibiga ko’ra murakkab material bo’lib, kauchukning kimyoviy kompozitsiyasidan, vulkanlovchi moddadan, eskirishga qarshilik qiluvchi to’ldiruvchi, plastifikator, bo’yoq materiallardan va maxsus vazifalarni bajaruvchi unsurlardan iborat. Tayyorlanadigan buyum bajaradigan vazifalarga qarab, rezina qorishmasi har xil tarkibda tayyorlanadi. Masalan, shina ishlab chiqarishda protector, karkas, breker, kameralar uchun alohida, issiqqa bardoshli va boshqa xususiyatli buyumlar uchun aloxida-aloxida rezina materiallari tayyorlanadi.
Rezinaning xususiyatlari, ko’p jihatdan, uning tarkibidagi kauchukka bog’liq. Bunday kauchuklarning 20dan ortiq turi bor. Shina tayyorlanadigan rezina aralashmasi tarkibidagi kauchuk miqdori umumiy og’irlikning 50-60 foiziga teng. Shina zavodlari ishlab chiqariladigan kauchukning 60 foizdan ortig’ini iste’mol qiladi.
Kauchuklar natural va sintetik turlarga bo’linadi. Natural kauchuk (NK) geveya deb atalgan kauchuk daraxtining sutsimon shirasi (lateks)dan tayyorlanadi. Uning 40 foizi kauchukdan iborat. Uni ajratib olish uchun lateks sirka kislotasi yoki boshqa, kam dissotsiyalovchi kislotalar ishlatiladi. Kislota ta’sirida kauchuk moddasi quyilib, o’ralib va ajralib qoladi.


3-ilоvа
KАUCHUKLАRNING UMUMIY ХUSUSIYATLАRI
Natural kauchuk yuqorimolekulyar, cheksiz uglevodorod bo’lib, izoprenning polimeri sifatida ko’riladi. Uning struktura formulasi quyidagicha:
SN3
/
[SN2-S = SN-SN2]n
bu yerda n – bo’g’inlar soni; bir necha yuzdan 3000tagacha yetadi.
Natural kauchuk ning molekulasi izoprenning minglab zanjirlaridan iborat bo’lib, polimer zanjiri bo’ylab bir tekis va muntazam terilgan. Molekulada to’yinmagan bog’lanishlar, ya’ni uglerodning qo’shni atomlari o’rtasida foydalanilmagan qo’shaloq bog’lanishlarning mavjudligi molekulaning cheksizligini belgilaydi. Natural kauchukning molekulalari zanjiri chiziqli strukturaga ega.
Kauchuk makromolekulalarining bo’g’inlari issiqlikdan doimo harakatda bo’ladi, natijada spiral yoki chigallik ko’rinishga kiradi, shu sababli kauchuk elastik xususiyat kasb etadi.
Kauchuk to’yinmagan holatda bo’lgani sababli kislorod (rezinani eskirtiradi), vodorod, galogenlar, oltingugurt (vulkanlanish jarayoni) bilan osongina reaksiyaga kiradi.
Natural kauchuk termoplastik polimerlar sirasiga kiradi; 800C gacha haroratlarda elastikligini yo’qotadi, 1200C da esa, qatronsimon suyuqlikka aylanib, keyin ortga qaytmaydi; 2500C da esa o’zidan gazsimon suyuq mahsulotlar chiqarib parchalanadi. Harorati minus 700C gacha tushurilganda shishasimon massaga aylanib, mo’rt bo’lib qoladi, suv, spirt va atsetonda erimaydi, lekin neft mahsulotlarida eriydi. Rezina yelimlar ishlab chiqarish shunga asoslangan.
Natural kauchukdan tayyorlangan rezinalarning elastikligi, mustahkamligi, o’zidan gaz o’tkazmasligi, sovuqqa bardoshliligi yuqori, yewyilishga qarshiligi yaxshi va boshqa qimmatli xususiyatlarga ega. Biroq NKning zaxiralari undan tayyorlanadigan buyumlarga bo’lgan ehtiyojni to’la qondirolmaydi. Dunyo bo’yicha kauchukka bo’lgan ehtiyoj yiliga 4mln. tonna, lekin uni olish imkoniyatlari 2mln. tonna. Bundan tashqari, NKdan tayyorlangan rezinaning sifati har doim ham zamonaviy texnikaning talablariga javob bermaydi. NKning yetishmasligi sintetik kauchuk (SK) hisobiga qoplanadi.
Sun’iy kauchuk olish XX asr fan va texnikasining katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Kauchukni yirik sanoat miqyosida sintez qilib olish sobiq SSSRda 1932 yili amalgam oshirilgan. Bunda akademik S.V. Lebedevning metal natriy asosida 1,3-butadienni polimerlash usuli qo’llangan. Butadiene esa, etil spirtidan olingan. Sintez yo’li bilan natriy-butadienli SKB kauchugi hosil qilingan. 1938 yili Germaniyada, 1942 yili AQShda butadiene-stirolli kauchuk ishlab chiqariladigan bo’ldi, 1972 yilga kelib, 30dan ortiq mamlakatda ishlab chiqarildi.
SKni ishlab chiqarish sur’atlari tez o’sib bordi. Buni NKga nisbatan arzonligi, shuningdek, ba’zi ustunliklari bilan izohlash mumkin. Masalan, NKdan yuqori haroratlarga, moylar va benzinlarga bardoshli buyumlar tayyorlab bo’lmas edi.
Hozirgi vaqtda SKdan tayyorlanadigan rezina buyumlar turi 200ga yetdi. SKning umumiy ishlar va maxsus ishlarga mo’ljallangan turlari mavjud. Birinchiga kiradiganlar: natriy-butadienli SKB, butadien-stirolli SKS, izoprenli SKI (SKI-3), butadient-nitrilli kauchuk SKN (moy va benzinga chidamli), xlorprenli (naprit), polisulfidli (tiokol), kremniy-kauchukli (polisiloksan) SKT kiradi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling