Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet50/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Rezina markasi

Mustahkamlik chegarasi, Mn/m2

Nisbiy cho’zilishi %

SKB

13-16

500-600

SKS-30

24-30

550-650

SKS-10

19-22

550-650

SKS-40

26-33

600-700

SKI

30-32

900-950

Polixloropren

20-26

600-700

SKT

3-8

300-350

Butilkauchuk

16-24

650-800

Tiokola

4-14

250-430

Shunday qilib, cho’zilishda katta deformatsiyalar bilan ishlaydigan rezina detallarni NKdan tayyorlash ma’qul. Rezinaning cho’zilishi issiqlik ajralib chiqishi bilan, teskari jarayon esa – issiqlikni yutish bilan birga kechadi. Deformatsiya kattalashgan sari issiqlik effekti ham kuchayadi. Bu hodisa rezinaning qisman kristallanishi, shuningdek, uning zarralari orasidagi ichki ishqalanishdan kelib chiqadi. Shuning uchun ham rezina detallar ishlaganda qiziydi. Qizish SKda, NKga qaraganda ko’proq kuzatiladi.
Rezina materiallarning mustaxkamligi vulkanlanish darajasiga bog’liq. Chala yoki ortiqcha vulkanlangan rezinaning cho’zilishdagi mustaxkamligi kamroq bo’ladi.
Rezinaning mustaxkamligiga harorat ham ta’sir qiladi. Harorat yuqori bo’lsa, pasayadi. Rezina molekulasidagi uglerod atomlarining issiqlikdan tebranishlari kuchayadi, natijada rezina cho’zilganda, molekulalar to’g’rilanadi. Biroq, bu hodisa rezina molekulalari orasidagi ilashish kuchini kamaytiradi, natijada rezina yumshaydi, o’zining elastikligini qisman yo’qotadi, kichik yuklamalarda ham yemiriladi. Harakatdagi avtomobilning pokrishkasi qizib, mato va rezina qatlamlari orasidagi bog’lanish susayadi, karkas qatlamlarga ajralib, breker protektordan ajraladi.
Shinalarning qizishiga va havo harorati, g’ildiraklarga tushayotgan yuklama, yo’lning holati va avtomobilning tezligi ta’sir etadi.
Harorat pasayganda uglerod atomlarining tebranma harakatlari pasayadi, rezina molekulalarining to’g’rilanish imkoni qiyinlashadi, rezina elastikligini yo’qotadi, avvaliga bikir holatga tushib, keyin qattiqlashib yaxlab qoladi.
Elastiklikmaterialning deformatsiyalanib, keyin o’z holatiga qaytishidir. Bu xususiyat rezinada katta. Cho’zilishda yaqqol namoyon bo’ladi va 18-200C sharoitda eng katta ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Harorat ko’tarilganda rezina yumshab elastikligini yo’qotadi, pasayganda – bikir va qattiq bo’lib, qaytuvchi deformatsiya hodisasi yo’qoladi.
Rezinaning elastiklik xususiyati qoldiq cho’zilish, elastiklik moduli, foydali elastikligi va boshqa ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling