Yeyilishga qarshilik avtotraktor shinalarining yeyilishga bardoshliligini tavsiflaydi va Gresseli yoki MPR-3 turidagi uskunalar yordamida aniqlanadi. Bunda sinaladigan namuna qumqog’oz ustida sirpantirib tebratiladi yoki sirti horundli aylanuvchi disk bilan ishqalanadi. Yeyilishga qarshilikning solishtirma ko’rsatkichi ishqalashga sarflangan ish birligiga to’g’ri keladigan rezina hajmi (namunadan yeyilib, ajralib chiqqan) bilan – sm3/Mdan (sm3/kvt-r) aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qancha kichik bo’lsa, rezinaning yeyilishga bardoshliligi shuncha katta deb hisoblanadi.
Rezinaning ishqalanishga qarshilik xususiyati uning tarkibiga bog’liq: bikir (qattiq) rezina, yumshoq rezinaga qaraganda yeyilishga chidamliroq bo’ladi. Quyidagi jadvalda turli kauchuklardan tayyorlangan rezinalarning yeyilishga qarshiligi sm3/Mdj, harorat 200Cda:
Rezina markasi
|
|
|
Yumshoq rezina, SKBdan
|
125
|
(450)
|
SKS-30
|
56-67
|
(200-240)
|
SKN-40
|
55-65
|
(200-230)
|
Polixloropren
|
80-100
|
(290-350)
|
SKI
|
100-115
|
(350-400)
|
Butilkauchuk
|
45-70
|
(170-250)
|
Tiokola
|
275-500
|
(1000-1800)
|
NK
|
67-85
|
(240-300)
|
Keltirilgan raqamlardan ko’rinadiki, SKdan tayyorlangan ba’zi rezinalarning yeyilishga bardoshliligi NKdan tayyorlanganlarga qaraganda ortiq ekan.
Rezinaning harorati oshganda yeyilishga moyil bo’lib qoladi. Masalan, NKdan tayyorlangan yumshoq rezinaning harorati 50C dan 1000Cga ko’tarilganda yeyiluvchanligi 4,5-5 marta ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |