Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet52/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

Sovuqqa chidamlilik – rezina, past haroratlarda elastikligini saqlab qolish xususiyati bo’lib, koeffitsent bilan o’lchanadi. Bu ko’rsatkich 18-200C sharoitdagi namunaga bir xil kattalikdagi cho’ziluvchi yuklama berilganda nisbiy cho’zilishini ifodalaydi. Sovuqqa chidamlilikni boshqa ko’rsatkichlar: muzlash va mo’rtlashish haroratlari bilan ham o’lchash mumkin.
NKdan tayyorlangan yumshoq rezinalarning sovuqqa chidamliligi yuqori emas, koeffitsenti minus 300Cda 0,4-0,5. boshqa rezinalarniki yuqori. Masalan, SKB-M markali natriy-butadien kauchukdan tayyorlangan rezina uchun minus 450Cda – 0,55-0,70; SKS-10li rezina uchun minus 300Cda – 0,6-0,7; SKN-40 butadien-nitril kauchukdan tayyorlangan rezina uchun minus 200Cda – 0,15-0,20.
Turli rezinalarning mo’rtlik harorati quyidagicha:

Rezina asosi (kauchuk)

Minusli harorat

SKB

40-47

SKB-M

60-68

SKS-30

50-55

SKS-10

72-77

SKN-18

45-48

Polixloropren

33-35

SKT

70-74

Butilkauchuk

40-45

SKI

60-65

NK

72-75



Rezinaning kimyoviy xususiyatlari
Avtomobil shinalarini ishlab chiqarishda, rezina havodagi kislorod bilan tutashmasligi uchun shina sirtiga mum, parafin yoki petrolatumdan yupqa parda beriladi. Kauchuk va rezinaning oksidlanishi molekuladagi qo’shalog’ bog’lamli joylarda boshlangani uchun kauchuk va vulkanlanmagan rezina vulkanlangan rezinaga qaraganda tez eskiradi. Vulkanlangan rezinaning qo’shaloq bog’lamli joylarida oltingugurt atomlari ko’prikchalar hosil qilgan bo’ladi. Butilkauchuk rezinaning, molekulasida vulkanlangandan keyin qo’shaloq bog’lamlar umuman bo’lmaydi, shuning uchun kislorod ta’siriga bardoshli bo’ladi.
Rezinaning eskirishiga havo harorati, quyosh nurlari, buyumlardagi qoldiq deformatsiyalar, ichki kuchlanishlar, shuningdek, ish jarayonida turli suyuqliklarning ta’siri sabab bo’ladi.
Harorat ko’tarilganda rezina materiallarning eskirishi jadallashadi. 2-rasmda NKdan olingan yumshoq rezinaning sun’iy eskirish vaqti haroratga qanday bog’lanishi ko’rsatilgan. Rezinaning eskirishi 700Cdan past haroratlarda sekin kechsa, 70-1000C oralig’ida keskin tez kechadi. Quyosh nurlari, ayniqsa, spektrning binafsha va ultrabinafsha qismi eskirish jarayonini jadallashtiradi. Bu qizdirish hisobiga ham, fotokimyoviy ta’sir hisobiga ham bo’ladi.
Umumiy ishlarga mo’ljallangan rezina erimaydi, lekin neft mahsulotlari, skipidar etil spirti, aromatik uglevodorodlar ta’sirida bo’rtib qoladi, mustahkamligi va elastikligi keskin pasayadi. Bu suyuqliklar ichida uzoq vaqt tursa, rezina molekulalarining strukturasi buzilib, material parcha-parcha bo’lib ketadi.

4.2-rasm. NKdan tayyorlangan rezinaning eskirish vaqti va harorat orasidagi bog’lanish.


Nitrilli, xlorprenli va tiokolli rezinalar neft mahsulotlariga chidamli, shuning uchun ulardan yonilg’i quyish ishlarida qo’llanadigan ichaklar, yenglar tayyorlanadi. Shunday bo’lsa ham ish tugagach ularni neft mahsulotlari qoldig’idan tozalash, iliq suv bilan yuvib, havoda quritish kerak.
Biratomli spirtlar, atseton, glitserin va kanakunjut moyi rezinaga deyarli ta’sir qilmaydi, shu sababli ulardan rezina detallari bo’lgan gidravlik sistemalarda ishlatiladigan suyuqliklar unsur sifatida foydalaniladi.
Kuchsiz kislotalar va ishqorlar ham rezina va kauchukka ta’sir qilmaydi, lekin kuchli kislotalar va ularning bug’i uzoq vaqt ta’sir qilsa, rezina zichlanib qoladi va elastikligini yo’qotadi. Shu sababdan rezina buyumlar bilan kislotalar va ximikatlarni bir joyda saqlab bo’lmaydi.


2-ilоvа
SHINALARNI TAYYORLASH VA TA’MIRLASH UCHUN MATOLAR
Texnik matolar rezina buyumlarning mustaxkamligini oshirishga xizmat qiladi. Avtotraktor shinalari va rezina buyumlari uchun ip gazlamalar, viskoza va kapron iplari va boshqa natural, sintetik tolalar ishlatiladi. Avtomobil harakatlanganda shinalar tez qizib ketadi, ichki qatlamlar harorati 1700C gacha ko’tariladi. Paxta ipi tolalari esa 1200C da yemirila boshlaydi, iviganda esa chirib, quriganda mo’rtlashib, uzilib ketaveradi. Bunday tolalarning cho’zishdagi mustahkamligi 25-35 kg/sm2 oralig’ida. Biroq, ular rezinaga yopishib, u bilan qo’shilib ketadi, ya’ni monolit hosil qiladi.
Tabiiy yuqorimolekulyar birikmalarga kletchatka yoki tsellyuloza kimyoviy ishlov berib olingan viskoza tolalari (sun’iy) paxta ipga qaraganda mustahkamroq (mustahkamlik chegarasi 30-60 kg/sm2) va ho’llaganda chirimaydi, lekin issiqbardoshliligi yuqori emas (1200C) va rezinaga yaxshi yopishmaydi.
Yuqorimolekulyar birikmalar (kaprolaktam, poliefir qatronlar)dan olinadigan kapron tolalar chirimaydi, yeyilishga, ko’p martalik deformatsiyalarga chidamli, issiqbardoshliligi yuqoriroq (2150Cda eriy boshlaydi). Ulardan shina tayyorlash kauchuk sarfini taxminan 15%ga kamaytiradi, xizmat muddatini 30-40%ga oshiradi.
Pnevmatik avtoshinalar va boshqa detallarni ishlab chiqarishda turlicha to’qilgan matolardan foydalaniladi. Ko’proq kord ishlatiladi.
Kord maxsus usul bilan to’qilgan mato bo’lib (3-rasm), asosining iplari pishiq, arqog’ining iplari ingichka va siyrak. Asos iplari buralgan tolalardan tayyorlanadi, cho’zilganda ozgina uzayadi, cho’zuvchi kuchlar pasayganda – siqiladi (o’z holiga qaytadi). Ishlaganda arqoqning nozik iplari bir-biriga ishqalanib, tez uziladi, asosning iplari esa ishlashda davom etaveradi, kerakli mustahkamlikni ta’minlaydi.
Asosning iplari har tarafga yoyilib ketmasligi uchun shinalar tayyorlanayotganda kord matoga maxsus jo’valar (kalandrlar) yordamida xom rezina surtiladi. Shunda kordning qatlamlari va yacheyka iplari bir-biridan ajraladi. Shina detallarini tayyorlashda rezina surtilgan kord shunday yopishtiriladi-ki, qoshni qatlam iplari bir-biriga nisbatan 60-800 burchak ostida joylashadi. Shu yo’l bilan rezina buyumlarning mustahkamligiga erishiladi.

3-rasm. Pnevmatik shinalarning pokrishkalarini tayyorlashda ishlatiladigan mato turlari: A-chefer, B-kord, V-asos iplarining kordning yopishtirilgan qatlamlarida joylashuvi; 1-arqoq; 2-asos.


Chefer ham matoning bir turi bo’lib, asos va arqoq iplari pishiq bo’ladi. Unga ham rezina shimdiriladi; tez-tez deformatsiyalanmaydigan buyumlar va pokrishka detallari uchun ishlatiladi. Masalan, pokrishka bortlarining o’ramiga ishlatiladi [21].
Keyingi yillarda metallkord degan material ishlatiladigan bo’ldi. Uni tayyorlash uchun diametrik 0,10-0,25mm bo’lgan simlardan o’ralgan, qalinligi 0,5-15mm bo’lgan po’lat arqonchalar ishlatiladi. Po’lat arqon tabiiy va sun’iy tolalarga qaraganda ko’p marotaba mustahkam (pishiq), harorat oshsa ham mustahkamligi kamaymaydi, xizmat muddati ham oddiy kordlarga qaraganda 2 marta ko’p. Kamchiligi – charchoq mustaxkamligi kamroq, o’zi esa – qimmat.


3-ilоvа
KАMЕRА VА SHINАLАRNI TАYYORLАSH UCHUN RЕZINА
Rezina materiallari saqlash va ekspluatatsiya jarayonlarida asta-sekin yemiriladi. Bu tashqi ko’rinishdan buyum yuzasida paydo bo’ladigan mayday darzlarda ko’rinadi. Darzlar keyinchalik kengayadi va chuqurlashadi. Rezina asta qattiqlashadi, fizik-mexanik xususiyatlari yomonlashib, elastikligini butunlay yo’qotadi. Xususiyatning bunday o’zgarishi “eskirish” deb ataladi. Bu hodisaning asosiy sababi, kauchuk va rezina molekulalarining oksidlanishidir. Kislorod molekulaning chiziqli zanjiridagi qo’shaloq bog’lamlarga kelib ulanadi. Kauchuk molekulasi parchalanadi va murakkab molekulyar struktura hosil bo’lib, oksidli polimerlanadi. Bunday oksidlanish natural va sintetik izoprenli kauchukdan tayyorlangan rezinalarga xos. Ularning qo’shaloq bog’lami molekulaning faqat chiziqli zanjirida joylashadi, oksidlanish jadal kechadi. Yon zanjirlardagi qo’shaloq bog’lamlarda oksidlanish sustroq kechadi va molekulaning strukturasi buzilmaydi. Shuning uchun SKdan tayyorlangan rezinalarning yon zanjirlaridagi qo’shaloq bog’lamlarning oksidlanishi ancha sekin kechadi. Eskirishni sekinlatish uchun rezina materiallarni ishlab chiqarishda rezina aralashmasiga oksidlanishga va eskirishga qarshilik qiluvchi moddalar qo’shiladi. Ular oksidlanishning zanjirli reaksiyasini uzib, kislorod rezina va kauchukka diffuziyalanishiga qarshilik qiladi. Vaqt o’tishi bilan eskirishga qarshilik qiluvchi moddalar miqdori kamayib ketib, eskirish jarayoni kuchayadi.
Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling