Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»
-mаvzu. LOK-BO’YOQ MATERIALLAR. TALABLAR. TARKIBI. UMUMIY ХUSUSIYATLАRI
Download 1.88 Mb.
|
umk nometl materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr Аsоsiy аdаbiyotlаr
- Ko’pqаvаtli Lok-bo’yoq qоplаmаlаrining аsоsiy unsurlаri
- LOK-BO’YOQ MАHSULОTLАRI TАRKIBI
- PLYONKA HOSIL QILUVCHILAR
- GRUNTОVKА VА SHPАTLЕVKАLАR
- EMАL VА MОYLI BO’YOQLАR . О LIF А
- LOK VA BO’YOQLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
- Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi
8-mаvzu. LOK-BO’YOQ MATERIALLAR. TALABLAR. TARKIBI. UMUMIY ХUSUSIYATLАRI
Rеjа Lok-bo’yoq mаhsulоtlаri sifаtigа tаlаblаr. Ko’pqаvаtli Lok-bo’yoq qоplаmаlаrining аsоsiy unsurlаri. Lok-bo’yoq mаhsulоtlаri tаrkibi. Gruntоvkа vа shpаtlеvkаlаr. Emаl vа mоyli bo’yoqlаr. Оlifа. Bo’yoq vа bo’yovchi qo’shimchаlаr (pigmеnt). Lаk vа bo’yoqlаrning umumiy хоssаlаri. Tаyanch ibоrаlаr Tаrkib, grunt, lаk, shpаtlyovkа, emаl, krаskа, bo’yovchi qo’shimchаlаr (pigmеnt), qоplаmа, bеlgi, miqdоr, хususiyat, erituvchi, qоvushqоqlik, bеrkituvchаnlik, аdgеziya. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr Аsоsiy аdаbiyotlаr: L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli M: Trаns pоrt, 1986, 90s. А.А. Gurееv, R.YA.Ivаnоvа, N.V.Щеgоlеv Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоn niе mаtеriаli. M: Trаnspоrt, 1986, 138s. Qo’shimchа аdаbiyotlаr: 3. G. P. Lijkо Tоplivо i smаzоchniе mаtеriаli. M: Аgrоprоmizdаt, 1985,110s. 4. О.I. Mаnusаdjyants, F.V. Smаl Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtе riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 103s. 1-ilоvа LOK BO’YOQ MATERIALLAR SIFATIGA TALABLAR Lok bo’yoq qoplamalar ishonchli va uzoq muddat xizmat qilishi uchun qoplama yuzaga mustahkam o’rnashishi, tashqi muhit ta’sirida yemirilmasligi korroziyalaydigan agressiv moddalarni o’zidan o’tkazmasligi, o’zi ham korroziya keltirib chiqarmasligi kerak. Qoplama beriladigan yuza sifati qanchalik sifatli qilib tayyorlansa, qoplama tashqi ta’sirlarga shuncha chidamli bo’ladi. Eng chidamlisi – yaltiroq yuza hisoblanadi, chunki u quyosh nurlarini yaxshi qaytaradi, suyuqlik yoki har xil kirlarni o’zida ushlab qolmaydi. 2-ilоvа Ko’pqаvаtli Lok-bo’yoq qоplаmаlаrining аsоsiy unsurlаri Qoplamaning sifati yuqori bo’lishi uchun ko’pqatlamli qilib ishlanadi (5.1-rasm): grunt qatlami, shpatlyovka qatlami, bir nechta bo’yoq qatlamlari. 5.1-rasm. Ko’p qatlamli lok-bo’yoq qoplamaning tuzilishi: 1-bo’yaladigan yuza; 2-grunt qatlami; 3-mahalliy shpaklyovka qatlami; 4-umumiy shpatlevka qatlami; 5-bo’yoq qatlami/ 3-ilоvа LOK-BO’YOQ MАHSULОTLАRI TАRKIBI Hamma lok-bo’yoq materiallar asosiy va yordamchi turlarga ajratilgan. Asosiylari – loklar, bo’yoqlar va shpaklyovkalar; yordamchilari yuzani bo’yashdan oldin uni tayyorlashga, lok-bo’yoq materiallarni kerakli qovushqoqlikkacha suyultirish, qoplama qurishini tezlatish uchun mo’ljallangan; bular: eritgichlar, suyultirgichlar, yog’sizlantiruvchilar, fosfatlovchi tarkiblar, katalizator va shu kabilar. PLYONKA HOSIL QILUVCHILAR. Bunday moddalarga loklar, bo’yoqlar, gruntlar va shpaklyovkalarning asosiy unsurlari kiradi. Ular qurigach, bo’yalganyuzada mustahkam, muayyan mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatli parda hosil qiladi. Plyonka hosil qiluvchilarning aksari – oligomerlar bo’lib, polikondensatsiya yoki polimerlash reaksiyaga kirisha oladi. Bulardan birinchisiga alkidli (gliftalli yoki pentaftalli) va boshqa poliefirli qatronlar, fenol-formaldegidli, epoksidli, poliuretan qatronlar kiradi; ikkinchisiga vinilxlorid, akrilatlar, metakrilatlar asosidagi qatronlar kiradi. Bulardan tashqari tabiiy qatronlar (kanifol, asfalt, bitumlar, peklar va shu kabilar), tsellyuloza efirlari (nitrat, atsetat, etiltsellyuloza) va oksidlangan moylar (zig’ir, tung moylari) ham plyonka hosil qiluvchi hisoblanib, oliflar deb ataladi. Oliflar ochiq havoda oksidlanadi va qattiq holatgacha polimerlanadi. Bu jarayonni tezlatish uchun olifga katalizator – sikkativ (qo’rg’oshinli, marganetsli yoki nobalitli sovunlar) qo’shiladi. O’ziga xos xususiyati mavjud bo’lgan lok-bo’yoq materiallarni ifodalovchi belgilar oldiga quyidagicha indekslar yoziladi: V-suv bilan suyuqlantiriladigan; E-emulsiyali; P-kukunli. Loklar – plyonka hosil qluvchi qattiq moddalarning organik eritgichlardagi eritmasidir. Ular asosida gruntlar, shpaklyovkalar va emal bo’yoqlar tayyorlanadi, shuningdek, tiniq qoplama hosil qilish uchun, emalli yuzani yaltiroq qilish uchun ishlatiladi. Plyonka hosil qiluvchi suyuqliklar (oliflar) asosida moy bo’yoqlar, moyli gruntlar va shpaklyovkalar tayyorlanadi. 4-ilоvа GRUNTОVKА VА SHPАTLЕVKАLАR Yuqorida aytilganide, gruntovkalar va lok –buyoq qoplama uchun tagqatlam sifatida ham sifatida , mustaqil himoyalanuvchi qatlam sifatida ham beriladi. Ular qoplamani metallga mustahkam biriktirib turadi va himoyalanuvchanlik vazifasi oshishini ta’minlaydi. Bunga, plyonkahosil qiluvchilarniyu metal korroziyasini to’xtatuvchi maxsus pigmentlar, turli sirt-aktiv moddalar va quyilmalar bilanbirga kesishuv sababli erishiladi. Metallgaqo’llaniladigan gruntovkalar bir necha xil bo’ladi: -passivlovchi gruntovkalar: tarkibia pigmentlar, xramatlar va fosfatlar bo’ladi; -fasfatlovchi gruntovkalar; passivlovchi ta’sirdan tashqari, tarkibidagi fosfat kislotasi tufayli metallni fosfatlaydi; -pretentargruntovkalari; tarkibida ko’p miqdorda rux changi bo’ladi, bu, metallni katodli himoya qiladi,ayniqsa dengiz suvida; -pzolyasiyalovchi gruntovkalar; tarkibida pigment sifatida temir surik va ruxli elila bo’ladi; ular metallga namlik singib borishiga to’sqinlik qiladi; -zangni o’zgartiruvchi gruntovkalar; tarkibidagi fosfor kislotasi metal yuzasidahosil bo’lishi mumki korroziyamahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kiradi va ularni lok-bo’yoq qoplamasi uchun tagqatlamga aylantiradi. 15-jadvalda gruntovkalarning markasi, vazifasi va qo’llash usullari keltirilgan. Ko’p qatlamli himoya-bezak qoplamasini berishda yuzadagimikrova makro nuqsonlarni tekislab-tuzatib yuborishda shpatlyovkalar ishlatiladi. Avtomobil kuzovi va kabinalarni gruntovka qilishda elektroforezli gruntovka ustidan beriladigan ikkinchi qatlam gruntovka tekislovchi qatlam vazifasini,ya’ni shpatlyovka vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday gruntovkani shpatlyovka grunt deb ataladi. Bo’yaladigan yuzadagi jiddiy nuqsonlarni yo’qotish uchun maxsus shpatlyovkalar (16-jadval) ishlatiladi. Bular pastasimon massa bo’lib, shpatel yordamida surtiladi. Ba’zilarini eritgich bilan suyultirib, pnevmopurgagich yoki cho’tka yordamida qoplash mumkin. Shpatlyovka qilingan joy qurigach, qo’l kuchi bilan yoki moslama yordamida maxsus qumqog’oz ishqalab silliqlanadi. 5-ilоvа EMАL VА MОYLI BO’YOQLАR. ОLIFА Hozirgi kun avtomobillaridagi emallarning ko’plab turlari ishlatiladi. Bulardan bir qanchasi dvigitel, shassi va transmissiya detallariga bir qatlamli himoya-bezak qoplamasi berish uchun qo’llanadi. Kuzovlarga ko’p qavatli lok-bo’yoq qoplamalarining kompleksi berishda, emallar, yakunlovchi pardoz qatlami hosil qilish uchun ishlatiladi. Hamma mallarni pnevmatik to’zi… usuli bilan qoplash mumkin. Shuningdek, elektrostatik changitish, elektroferez usullaridan ham foydalanish mumkin. Emallarga qo’llaniladigan talablar ularning vazifasiga qarabbelgilanadi. Masalan, yengil avtomobil kuzovining tashqi yuzalariga qoplanadigan pardoz emallari yaltirashi, yuzani tekis qilishi, toza va tiniq tuslanishi, turli iqlim sharoitlariga chidamliligi yuqori bo’lishi kerak. Bir qatlamdan iborat qoplamaga ishlatiladigan emaldan bunaqa katta xususiyatlar talab etilmaydi, lekin ular detallarni korroziyadan saqlashi kerak. Avtomobillarga ishlatiladigan hamma emallarsuv, moy va benzin ta’sirigachidamli bo’lishi kerak. OLIF (olifa)-plyonka hosil qiluvchilarning suyug’i; quriydigan o’simlik moylaridan va ba’zi sintetik,to’yinmagan yog’li kislotalardan olinadi. Bular oksidlanish va polimerlash reaksiyalariga moyil bo’lib, plyonka qurigach, qattiq modda-linnosil hosil bo’ladi. O’simlik moylari, tarkibidagi cheksiz kislotalarning miqdori va hususiyatlariga qara, turlicha quriydi. Eng yaxshi quruvchanlik va mustahkam plyonka hosil qilish zig’ir moyga xos, kungaboqar va paxta yog’lari quriydi, kanakunjut moyi esa, umuman qurimaydi. O’simlik moylari yaxshiquruvchanlik hususiyatini xosil qilish uchunsinkativ qo’shgan holda termik ishlov beriladi. Moylar qizdirilganda oksidlanish va polimerlanishini tormozlaydigan moddalar parchalanadi. Sinkativlar o’simlik moylarining oksidlanishi katalitik tezlashtiradi. Sinkativ sifatida organic kislotalarning tuzlari vaog’ir metallar (marganess, qo’rg’oshin, kobalt) ning kislorodga boy oksidlaridan foydalaniladi. Termik ishlovda hosil bo’lgan mahsulot alif (olifa) deyiladi. Xomashyo va unga ishlob berish usullariga qarab, oliflar natural, zichlangan, oksidlangan va sintetik turlarga bo’linadi. Sintetik olif tarkibida eritgich bo’ladi. Zig’ir, kanop va boshqao’simlik moylarigatermik ishlov berib,natural olifa olinadi. O’simlik moylarini 290-300 0C haroratgacha qizdirib, uzoq ushlab turilganda moy quyuqlanib,zichlangan olif hosil qilinadi. Bunday oliflardan foydalanish uchun qovushqoqligini kamaytirish uchun 5 foizgacha suyultirgich qo’shiladi.oksidlangan olif hosil qilish uchun 130-150 0Cgacha qizdirilgan, yomon quriydigan o’simlik moyi orasidan (sinkativ ishtirokida) hafo puflab o’tkaziladi. Shunda kislorod qizigan moyga yopishib, uning uning quruvchanligini yaxshilaydi. Bunga tarkibida 45% eritgich –benzinbo’lgan “oksol” olifini ko’rsatish mumkin. Qatronli plyonka hosil qiluvchilar bilan modifikasiyalangan oliflar –moyli lok deb ataladi. Natural olifi bor moy bo’yoqlardan hosil qilingan qoplamalar atmosfera ta’sirlariga, namlik, quyosh issig’I, haroratlar o’zgarishi, zarbalar, titrashlar va sh.x ta’sirlariga qattiq qarshilik ko’rsatadi.shu sababdan bunday lok-bo’yoq materiallar tashqinozik qoplamalar uchun ishlatiladi. Sintetik oliflar neft maxsulotlaridan, yuqorimolekulyar natural yoki sun’iy kislotalardan, qatronlar va b.dan tayyorlanadi; ularning sifatlari pastroq bo’ladi. 6-ilоvа BO’YOQLAR VA PIGMENTLAR Bo’yoq deganda loklar va oliflardagi pigmentlar suspenziyasitushuniladi. Lok yordamida emal bo’yoqlar, olif yordamida – moy bo’yoq olinadi. Pigmentlar suyuqliklarda erimaydigan, tabiiy yoki sun’iy olingan va bo’yalgan modda bo’lib, lok-bo’yoq materiallarga rang berish uchun, qoplamalarning mehanik mustahkamligiga va atmosfera ta’siriga chidamliligini oshirish uchun qo’shiladi. Pigment zarrachalar o’lchamlari 0.5-1.0 mkm bo’ladi, kattasi 5 mkm dan oshmasligi kerak. Lokdan hosil qilingan plyonka, tarkibi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, namlik, havo va quyosh nurini turli darajada o’tkazadi (5.2-rasm). 5.2-rasm. Lok-bo’yoq qoplamasining himoyalash xususiyatlari: a-pigmentsiz plyonka; b-oddiy pigmentli plyonka; v-alyumin pudrali plyonka; 1-suv; 2-quyosh nuri; Suv, havo va quyosh nurining lok-bo’yoq qoplamaga singish chuqurligi plyonkaning qalinligi bilan o’lchanadi. Ximiyalovchi plyonkadagi pigment zarralari quyosh nurini yutadi ham, qaytaradi ham, suv va xavo molekulalari esa chuqurroq kirib boradi. Alyumin pudrali pigmentning ximiyalash xususiyatlari ko’proq. Qoplama yuzasida pigment zarralari turlicha joylashib tangachalar hosil qilgani uchun, shunday. 7-ilоvа LOK VA BO’YOQLARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI Lok-o’yoq materiallarining xususiyatlari: qovushqoqlik, quyuluvchanlik, qurushi, yopiluvchanlik, adgeziya (yopishishi), plyonkaning mustahkamligiga va qattiqligi, suv, moy va benzinga chidamlilik, zaxarlilik, yong’in xavfsizlilik. Qovushqoqlik shartlari birlik bilan aniqlanadi. Bu birlik bisnezemetr deb ataluvchi asbob B3-4 ning kalibrlangan teshigidan 100 ml lok-bo’yoq materialning o’tish vaqti (sekundlar)ni bildiradi (harakat 18-20 0C). Qovushqoqlik plyonkaning sifatiga va material sarfiga ta’sir qiladi: yuqori bo’lsa, plyonka qalin chiqadi , notekisliklar hosil bo’ladi, bo’yoq sarfi oshadi; kam bo’lsa (yetarli emas) ,qoplama sekin qotadi , plyonka yupqa bo’ladi, vertical sirtlarda oqib tushadi, mustahkamlik oz bo’ladi; eritgich sarfi ko’payadi. Bo’yoqning har bir navi va qoplash usuliga qarab, qovushqoqlik qanday bo’lishi, bo’yoqning zavod pasportida ko’rsatiladi. Bundayma’lumotlar bo’lmagan holatlarda bo’yoqning B3-4 bo’yicha qovushqoqligini (18-20 0C da) quyidagicha qilib tayyorlash tavsiya etiladi: cho’tka bilan surtilsa 30-50 se, purgagich bilan qoplansa -22-30 sek, botirib olinsa -16-20 sek .tushuniladi. ko’rsatgich chiziqlar va mavjlar yo’qolib ketguncha o’tadigan vaqt bilan o’lchanadi. Quyiluvchanlik. Bunda bo’yoqning, cho’tka izlarini qoldirmasdan, purkagich bilan sepganda mavjlarsiz tekis, silliq yuza hosil qilishi hususiyatlari ushuniladi. Ko’rsatgich chiziqlar va mavjlar yo’qolib ketguncha o’tadigan vaqt bilan o’lchanadi. Qurishvaqti. Suyuq lok-bo’yoq materialning qattiq plyonkaga aylanguncha o’tadigan vaqtdan iborat. Qurush ikki bosqichdan iborat: changdan qurish va to’la qurish. Chang ta’sirida qurish … bo’yalgan yuzaga bir chimdim paxta tashlab aniqlanadi; puflaganda paxta bo’yalgan yuzada ushlanib qolinmasligi kerak. To’la qurish vaqtini aniqlaganda bo’yalgan yuzaga paxta tampon qo’yib, ustiga, tayanch yuzasi 1 sm2 massasi 200 g bo’lgan yukcha quyiladi. Agar, 30 sek o’tgandan keyin, bo’yalgan yuzada paxta iplari yoki yukcha izi qolmasa, demak to’la qotish bo’lgan. Qurish davomiyligi materialning xususiyatlari va havo haroratiga bog’liq. Yopiluvchanlik. Bu-bo’yoqning xususiyatlaridan biri bo’lib, uni yupqa va bir xil qalinlikda berilganda bo’lgan yuzaning ilgari rangi ko’rinmasligi kerak. Bu ko’rsatgich, yuzasi 1 m2 bo’lgan, oq-qora shahmat doskasini bo’yash uchun sarflangan minimal miqdordagi bo’yoqning qurigan holdagi miqdori(grammlar) bilan o’lchanadi; bo’yoqdagi pigmentning sifati va miqdoriga, plyonka hosil qiluvchilarning hususiyatlarigabog’liq; qiymati qancha kichik bo’lsa, bo’yoq sarfi shuncha kam. Adgeziya (yopilishi)- bo’yoq plyonkasining bo’yalayotgan yuzaga yopishish qobiliyati. Bukishda plyonka mustahkamligi, bu- bukish deformasiyasida buzilmasdan turaolish xususiyatidir. Bunda silindr sterjenga o’rnatilgan bo’yalgan metal plastinkadagi lok-bo’yoq qoplamaning, buning natijasida buzilish-buzilmasligi tekshiriladi. Sterjen bukilganda plastinkadagi qoplama buzilmay qolgan holatdagi sterjenning minimal diametric aniqlanadi. Zarbadagi mustahkamlik- plyonkaning zarbali yuklama ta’sirida buzilmasdan qolishidir. Bu ko’rsatgichni aniqlashda 1 kg massali yuk bo’yalgan po’lat plastinka ustiga balandlikdan tashlanadi. Qoplama buzilmasdan qoladigan balandlik (maksimal qiymati) zarbadagi mustahkamlikni ko’rsatadi. Plyonkaning qattiqligi, plyonka yuzasiga o’rnatilgan mayatnikning tebranishlari so’nadigan vaqtni shisha plastinka ustidagi mayatningning so’nish vaqtiganisbatibilan ifodalanadi. Qattiqlik M-3 asbobi yordamida aniqlanadi. Uning mayatnigida ikkita tayanch bor. Tayanchlar po’lat zo’ldirlardan iborat. Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling