7. Avtomobilning xavfsizligi qanday qismlardan iborat?
a) Aktiv, passiv, avariyadan so‘ng va ekologik.
b) Aktiv, passiv, avariyadan oldingi va ekologik.
v) Aktiv, passiv, avariyadan oldin va so‘ng.
g) Aktiv, passiv, avariyadan so‘ng va ekologik.
8. Avtomobil tipaji nima?
a) Xalq xo‘jaligidagi vazifasidan kelib chiqib va texnik iqtisodiy tarafdan parametrlari optimal bo‘lgan avtomobillar majmuasi.
b) Bitta avtomobil bazasida yaratilgan avtomobillar majmuasi.
v) Bir necha avtomobil bazasida yaratilgan avtomobillar majmuasi.
g) Hamma avtomobillar majmuasi.
9. Avtomobilni loyihalash bosqichlari.
a) Texnik topshiriq tuzish, eskiz va texnik loyihalar bajarish.
b) Texnik topshiriq tuzish va eskiz loyiha bajarish.
v) Texnik topshiriq tuzish va texnik loyiha bajarish.
g) Texnik topshiriq tuzish, eskiz loyiha bajarish va sinash.
10. Texnik topshiriq nechta bo‘limdan iborat?
a) 5.
b) 4.
v) 7.
g) 2.
11. Eskiz loyihada qanday masalalaryechiladi?
a) Eskiz kompanovka ishlab chiqish, avtomobilning tashqi va ichki shaklini maketlash.
b) Eskiz kompanovka ishlab chiqish, avtomobilni iqtisodiy asoslash.
v) Eskiz kompanovka ishlab chiqish, avtomobilni shaklini maketlash, iqtisodiy asoslash.
g) Eskiz kompanovka ishlab chiqish, avtomobilni ichki xajmini maketlash.
12. Texnik loyihada qanday masalalaryechiladi?
a) Avtomobilning umumiy komponovkasini aniqlashtirish, shassini maketlash va agregatlar konstruktsiyasini ishlab chiqish.
b) Avtomobilning umumiy komponovkasini aniqlashtirish, shassini maketlash va avtomobilni iqtisodiy asoslash.
v) Avtomobilning umumiy komponovkasini aniqlashtirish, shassini maketlash va ichki xajmini maketlash.
g) Avtomobilning umumiy komponovkasini aniqlashtirish, shassini maketlash va avtomobilni sinash.
Do'stlaringiz bilan baham: |