Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Umumiy ishlarga mo‘ljallangan moylar


Download 0.77 Mb.
bet18/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Umumiy ishlarga mo‘ljallangan moylar. Bu moylarn-ing markasi TC harflari bilan boshlanadi. Masalan, TC–10–OTP markasidagi harf va raqamlar transmission moyning 100°C dagi qovushoqligi­ 10 mm2/s ekanligini, tirnalishga va yeyilishga qarshi OTP qo‘shilmasi borligini ifodalaydi. TCp–15K moyi markasida-gi p harfi transmission moy tarkibida qo‘shilma borligini, К harfi
sa bu moy КамАЗ avtomobillari transmissiyalarining ko‘p yukla-nish tushadigan agregatlari uchun ishlab chiqarilganligini bildiradi. ТСз–9гип moyi markasidagi з harfi moy tarkibida uni quyuqlashti-ruvchi qo‘shilma borligini, гип harflari esa yuk avtomobillarining gipoidli uzatmalari uchun mo‘ljallanganligini bildiradi.

Avtomobillar uchun transmission moylar. Bu moylar markasi ТА harfi bilan boshlanadi. Qo‘shimcha harflar moyning o‘ziga xos ayrim xossalarini ko‘rsatadi. Masalan, ТАД–17И moyi markasida-gi Д harfi moy tarkibida faqat qoldiq moygina emas, distillat moyi ham borligini bildiradi, И harfi moy tarkibida uning yaxshi qovush-oqlik-harorat, yeyilishga qarshilik ko‘rsatish va ko‘pirishga qarshi xossalarini ta’minlovchi kompleks qo‘shimchalar borligini bildira-di. ТАП–15В moyi markasidagi П harfi moy tarkibida qo‘shilma borligini, В harfi avval ishlab chiqarilgan ТАП–15 moyiga qara-ganda xossalari yaxshilanganligini bildiradi.


Ishlatilishi. Ko‘pgina transmission moylar transmissiya agre-gatlarida barcha mavsumlarda ishlatiladi, chunki ularning qovu­ shoqlik-harorat xossalari yaxshi va uzoq ishlatiladi.
Hozirgi paytda quyida keltiriladigan moylar keng qo‘llaniladi. ТАД–17И moyi universal moy kabi uzatma karterlarida (gi-

poidli uzatmalarda ham), rul mexanizmining qutilarida (BA3ning barcha modellari, ГАЗ–3102 «Волга»), uzatmalar qutisi va rul boshqarmasi karterlarida («Москвич»ning barcha modellari, ГАЗ– 24 «Волга») ishlatiladi.



TCn–15K moyi КамАЗ, МАЗ, КрАЗ, КАЗ dizelli avtomobil-lari transmissiyalarining barcha agregatlari uchun, shuningdek, «Урал»–4320 va ЗИЛ–133ГЯ avtomobillari uzatmalar qutisida yagona moy sifatida ishlatiladi.


ТАП–15В moyi asosiy uzatma karterlarida (gipoidli uzatma-lardan tashqari), uzatmalar qutisida, tarqatish qutilarida, rul me­ xanizmlarida («Москвич», ГАЗ–24 «Волга», РАФ, ПАЗ, ЛАЗ, ГАЗ, КАЗ, ЗИЛ), yetakchi ko‘prik karterlarida va g‘ildirak uzat­ malarida (МАЗ, КрАЗ, МоАЗ, БелАЗ), shuningdek, uch o‘qli
yuk avtomobillari balansirli osmasi gupchaklarini moylash uchun ishlatiladi.

TC moyi (uzatmalar qutisi va rul boshqarmasi uchun moy) uzatmalar qutisi karterlarida, rul boshqarmasida («Москвич», «Запорожец», ГАЗ–24 «Волга»), shuningdek, yengil avtomo­ billarning yarim o‘qlari kardanli sharnirini moylash uchun («За­ порожец») ishlatiladi.


ТСгип moyi yengil avtomobillarning gipoid uzatmalarida (ИЖ), gipoidli yetakchi ko‘priklarning karterlarida («Москвич», ГАЗ–24 «Волга») ishlatiladi. Yuk avtomobillarining gipoidli uzat-malarida bu moydan foydalanish taqiqlanadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling