Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Moyning himoyalovchi xususiyatlari


Download 0.77 Mb.
bet17/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Moyning himoyalovchi xususiyatlari. Moylarning bu xususi-yati transmissiya detallarining elektrokimyoviy yemirilishining ol-dini olishi bilan baholanadi.
Amaliy kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tarkibida korroziya in-gibitorlari bo‘lmagan transmission moylar uzluksiz (uzoq muddat to‘xtatmay) ishlatiladigan mashinalarning transmissiyasi detalla-rini elektrokimyoviy korroziyadan himoyalash xususiyatiga ega. Ishchi-himoyalovchi moylar, ya’ni tarkibida korroziya ingibitorlari bo‘lgan moylar, mashina detallarini 3–5 yil va hatto 10 yil va un-dan ham ortiq muddat ishlatilganida yoki saqlanganida himoyalash xususiyatiga ega.
Transmission moylarga ularni kimyoviy aktivligi, adsorbsion xossalari va termodinamik noturg‘unligini oshirish uchun ko‘p miqdorda qo‘shilma va komponentlar qo‘shiladi. Moyning tarki­ bidagi qo‘shilmalar va komponentlar cho‘kib qolmasligi kerak va moy asosi bilan fizikaviy turg‘un bo‘lgan aralashma hosil qilishi lozim.

Agar moy tarkibiga quyultiruvchi polimer qo‘shilmalar qo‘shi­ ladigan bo‘lsa, bunda moy qovushoqligini kamaytirish qaytmas ja-rayon bo‘lish ehtimoli borligini hisobga olish lozim.



Oksidlanishga qarshi turg‘unligi. Transmissiya agregatlari­ dagi ish jarayonida moyning katalitik aktiv metallar ishtirokidagi yuqori haroratlarda havo kislorodi bilan o‘zaro ta’sirlashuvi nati-jasida moyning fizikaviy-kimyoviy va ekspluatatsion xossalari o‘zgaradi. Natijada moyning qovushoqligi va kislotaliligi ortadi, moyda oksidlanish mahsulotlari ko‘payib ketadi.
Moy qovushoqligining ortishi, o‘z navbatida, moyning qovusho-qlik-harorat xususiyatlarini yomonlashtiradi. Kislotaliligining orti-shi esa podshipnik va boshqa detallarning yemirilishiga olib keladi.

Moyning oksidlanishga qarshi xususiyati issiqlik ta’sirida oksid­ lanish turg‘unligi deb baholanadi. Bu ko‘rsatkich ДК–2–НАМИ asbobida yoki moyning yuqori haroratlarda ishlaydigan ish sharoit-iga yaqin sharoit yaratiladigan boshqa asboblar yordamida aniqla-nadi. Tajriba o‘tkaziladigan harorat va tajriba davomiyligi moy tur-lari bo‘yicha Davlat standarti va texnik shartlarga asosan tanlanadi.

Transmission moylarning oksidlanishga qarshi xususiyatini yaxshilash uchun ularga detallar yuzasida aktiv bo‘lmagan parda hosil qiluvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalar sifa-tida oltingugurt, fosfor yoki oltingugurt va fosforli birikmalardan foydalaniladi.

Transmission moylarning konstruksion materiallarga ta’siri Davlat standartlari asosida baholanadi.





  1. 2. 2. Transmission moylarning markalanishi

Transmission moylarning markasi harflar va chiziqchadan keyin 100°C dagi kinematik qovushoqligi yozib ifodalanadi. Moyning shartli belgisida yana uning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatuv-chi harflar ham yoziladi (masalan, gidromexanik yuritmalar uchun mo‘ljallangan maxsus moylar A harfi bilan, rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichida ishlatiladigan moy P harfi bilan markala­ nadi).




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling