Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di


Download 0.77 Mb.
bet63/83
Sana27.10.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1726047
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83
Bog'liq
Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. -www.hozir.org

Nazorat savollari:

  1. Rezina materiallarning avtomobiisozlikda ishlatilishi qanday ijobiy natijalar beradi?


265


  1. Rezinaning tarkibiga qanday moddalar kiradi?



  1. Tabiiy va sun’iy kauchuklarning asosiy farqlari nimalardan iborat?



  1. Vulkanizatsiyalash jarayonini tushuntirib bering.



  1. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan va maxsus rezinalar qanday xos-salarga ega?


  2. Rezinalardan yelim olish jarayoni qanday kechadi?



  1. Rezinaning qanday turlari mavjud?



  1. Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uza­ yishi qanday?


  2. Rezinaning qattiqligi haqida aytib bering.



  1. Rezina materiallar xususiyatlarining harorat ta’sirida o‘zgarishi qanday kechadi?


  2. Rezinaning eskirishi haqida gapirib bering.



  1. Rezina materialarga suyuqliklar qanday ta’sir ko‘rsatadi?




XI BOB. LOK-BO‘YOQ MATERIALLARI VA ULAR


ASOSIDAGI QOPLAMLAR


  1. 1. Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar

Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlab-gina qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ular­ ning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xos-salariga ega bo‘ladi.

Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok-bo‘yoq qatlami deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi

266
muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi.


Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob be­ rishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob be­ rishi:

– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;

– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elas-tiklikka ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda me­ xanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;

imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qot-masligi zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;

– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson tiklanishi lozim;

– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi lozim.

Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi darkor.



  1. 2. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilish

Bo‘yashdan oldin sirtlar chang, iflosliklar, zang, payvandlashda hosil bo‘lgan flus qoldiqlari, neft mahsulotlari, yog‘li dog‘lar, eski qoplam qoldiqlaridan tozalanadi.

267
Bu maqsadlar uchun ko‘p sondagi mexanik, kimyoviy, elek-trokimyoviy, termik, ultratovushli va boshqa usullardan foydala-niladi. Avtotransport korxonasida qo‘llash mumkin bo‘lgan de-tallarni bo‘yashga tayyorlashning oddiy operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi: erituvchilar yordamida sirtni yog‘sizlantirish: zanglagan yuzalarni metall cho‘tka va jilvir qog‘oz yordamida ketkazish. Lok-bo‘yoq qoplami hosil qilishga tayyorlangan sirtga qoplamning birinchi qatlami – grunt beriladi (11. 1- rasm).




  1. Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling