Avtomobil yo'l to'shamasi chet el tajribalari Reja. Avtomobil yo'l to'shamasi


Avtomobil yo’llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari


Download 23.73 Kb.
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi23.73 Kb.
#1194761
1   2   3   4
Bog'liq
Avtomobil yol to\'shamasi

Avtomobil yo’llarini qidiruv ishlari tarkibi va turlari.
Yo'lning ishlashi ko'p jihatdan uning joydagi vaziyati bilan belgilanadi. Barcha loyiha yechimlari mahalliy xalq xo'jalik va tabiiy sharoitlarni batafsil va chuqur o'rganishga asoslangan bo'lishi kerak. Uzoq vaqtlargacha buning uchun asosiy yo’l loyihalash tashkilotlan xodimlarinmg barcha zarur suratga olishlarqidiruvlarni amalga oshirish uchun joylarga chiqib ketishar edi. Hozirgi aerofotosuratga olish texnikasining rivojlamshi oldinlari bajarilgan ishlarning katta qismini kameral sharoitlarga o'tkazishga imkon beradi. Bunda borish qiyin bo'lgan tog’li yoki o'rmon bosgan ravonlar uchun trassani (yo'lning o'q chizigini) eng yaxshi o'tkazishni ishonchli tanlash taminlanadi va muhandislik-geologik ishlar hajmi kamayadi.
Biroq aerofotosuratlarni deshifrovka qilish (ma'nosini ochib berish) usullanning tabora rivojlanib borishiga qaramasdan, loyihalash uchun zarur bo'lgan ko'pgina ma’lumotlami yerda olib boriladigan geodezik ishlar natijasida olish mumkin. shuning uchun bular loyiha tuzishdagi majburiy elementlar bo'lib qolmoqda. Yerda olib boriladigan geodezik suratga olishlar. shuningdek. qurilish ishlari boshlanishidan oldin trassani joyda tiklash uchun zarur. Avtomobil yo'llarini loyihalash bitta yoki ikkita bosqichda amalga oshiriladi.
Bitta bosqichda (qidiruvlar asosida tuziladigan ish loyihasi qiymatni yig'ma smetali hisoblanishi bilan) qulay, yaxshi o'rganilgan tabiiy sharoitlarda oddiv, texnik jihatdan murakkab bo’lmagan mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan obyektlar va yo'llarni loyihalash amalga oshiriladi. Bunda namunaviy hamda foydalanish
sharoitida o'zini oqlagan takror qo’llanadigan alohida (individual) loyihalardan keng foydalaniladi.
Ikki bosqichda (qurilishdan oldin o'tkazilgan uzil-kesil muhandislik qidiruvlari asosida tuziladigan loyiha yig'ma smetali hisoblash va ish hujjatlari smetalari bilan) davlat ahamiyatiga ega bo'lgan katta yo'llar, shuningdek, alohida hisobga olishni talab etadigan murakkab tabiiy xususiyatli mintaqalardagi yo‘llar loyihalanadi.
Qidiruvlar o'tkazish va avtomobil yo’llari loyihalarini ishlab chiqish topshirig'i loyihalash tashkilotlari lomonidan reja organlari ishlab chiqadigan mamlakatning iqtisodiv mintaqalarida xalq xojaligi turli tarmoqlarining rivojlanish va joylashtirilish sxemalari asosida beriladi. Bu sxemalarni batafsillashtirish 15...20 yilgacha istiqbolga mo'ljallab vo'l tarmoqlarini rivojlantirish sxemalarini tuzishdan iborat, ular mo'ljallangan transport qurilishi obyektlarining amalga oshirilishining zarurligini va iqtisodiv jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslovchi iqtisodiv qidiruv ma’lumotlari asosida tuziladi.
Muhim yo’llar loyihalarini tuzishdan oldingi loyiha oldi bosqichiga tegishli bo'lgan bu ishlar asosida yo'llar qurilishi yoki qayta qurilishi hamda yo’llardagi virik muhandislik inshootlari samaradorligining batafsil texnik-iqtisodiy asoslanishi tuziladi.
Aniq bir yo’lni Ioyihalash uchun bu yo’lda kelgusidagi vuk tashishlar to'g‘risidagi ishonchli malumotlarga ega bo'lish zarur. Bu iqtisodiv qidiruvlar vazifasiga kirib, ular yo’l o'tkaziladigan mintaqani tadqiq qilish asosida yuk va yo'lovchilar tashishni amalga oshiradigan barcha tashkilot va korxonalarnii aniqlashi, loyihalashda qabul qilinadigan hisobiy davr mobaynida transport oqimlari yo‘nalishi va hajmlarini hamda ularning o‘sish istiqbolini aniqlashi zarur
Ayrim vo'llaming iqtisodiv qidiruv ishlari mamuriy yoki xo'jalik mintaqalarining avtomobil yo’llari tarmoqlarining oldin tuzib qo’yilgan rivojlanish sxemalari asosida o'tkaziladi, ularda yo’llarning ratsional tarmog'i ko‘zda tutilgan tashishlar xarakteri va harakatlanish jadalligi to'g‘risidagi mulohazalar berilgan, yo'l-qurilish materiallari olish mumkin bo'lgan asosiy manbalar haqida malumotlar keltirilgan. qurilish qiymati va ko‘zda tutilgan yo’l tarmog'i baholangan
Aniq bir avtomobil yo’llari uchun loyiha bosh muhandisi boshchiligida iqtisodchilar brigadasi loyiha oldi iqtisodiy qidiruv ishlarini o‘tkazadilar, ular yo’lni eng oqilona otkazishni, uning texnik ko’rsatkichi va qurilishining xalq xo'jaligi uchun samaradorligini asoslashga doir materiallar tayyorlaydilar. Dala ishlari boshlanishidan oldin istiqbolni oldindan belgilash respublika statistika qo'mitasining ma’lumotnoma materiallari, vazirliklar va muassasalarning
hisobotlari, tashish ishlarini amalga oshiruvchi ayrim xojaliklar va korxonalarning hisobotlari o'rganiladi va tahlil qilinadi. Dala ishlari davrida bu hamma ma’lumotlar mahalliy tashkilotlarda to’ldiriladi.
Qidiruv ishlari natijasida yo’l ga yuk oqimlari kelishi mumkin bolgan joy mintaqasi (tortilish mintaqasi) aniqlanadi. Ishonchli bo’lishi uchun katta mintaqa (qidiruvlar mintaqasi) qamrab olinadi. Odatda qidiruvlar mintaqasiga yirik tabiiy hududlar yoki qidirilayotgan joyga qaraganda aynan shu toifadagi yoxud yuqori toifali yaqindagi yo’llar bilan chegaralangan yo’l ga yondosh hududlar kiradi.
Yuk va yo’lovchilar oqimi rejalash organlarida va bevosita transport tashkilotlarda yuborilgan so‘rov varaqalari yoki joyda so'rash orqali to‘planadigan ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Birinchi holda hamma manzilgohlarga respublika istiqbolni oldindan belgilash statistika qocmitasi yoki viloyat hokimiyatlari nomidan hisobot ma’lumotlari
bo'yicha o'tgan yillardagi tashishlar haqida va 15...20 vil keyingi rejali bashorat ma'lumotlari to'g'risida so'rovlar jo'natiladi. Olingan javoblar hamma vaqt ham vetarlicha tugal javoblar bo'lavermaydi va ular bu tashkilotlarga qidiruv partiyasi xodimlari borganlarida tekshiriladi.
Sanoat korxonalarida avtomobillar bilan olib ketiladigan mahsulot miqdori va u yetkazib beriladigan punktlar, shuningdek, xomashyo olinadigan joylar va uning hajmi to'g'risidagi ma’lumotlar to'planadi. Qishloq xo'jalik mahsuloti (dalachilik, chorvachilik mahsulotlari, tashib keltiriladigan ta'minot yuklari va ishlab chiqarishni ta’minlash (o'g'it, yonilg'i va b.)) nuqtayi nazaridan jamoa xo'jaliklari bo'yicha alohida hisobga olinadi. Yer fondi, turli qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha ekiladigan maydonlar, hosildorlik va uning o'sish istiqbollari hisobga olinadi. Mahsulotni tashib keltirish va materiallar olish punktlari hamda yuk tashish muddatlari belgilanadi. Yo'lning xalq xo'jaligi nuqtayi nazaridan samaradorligini asoslash uchun zarur bo'lgan yuk tashish tannarxi to'g'risidagi malumotlar olinishi kerak. To'plangan malumotlar asosida transport aloqalari va yuk tashishlar vedomosti tuziladi, ulardan yo’l tarmog'i konturini rejalashtirishda foydalaniladi.
Avtomobillar harakatining haqiqiy ko’lami haqidagi ma’lumotlar yo'lfoydalanish organlarida va loyihalash tashkilotlari kuchi bilan harakatlanishning nazorat hisobini o'tkazish yo’li bilan olinadi.
Uni maksimal yuk tashishlar davrida haftaning ish kunlarida 8. . . 12 soat davomida o'tkaziladi. Mavsumiy va haftadagi o’zgarib turishlarni hisobga olish uchun yilning turli davrlari qamrab olinadi. Tranzit avtomobillar soni ularning nomerlari bo'yicha hisobga olinadi.
Yo'llarning mo'ljallanadigan tarmoqlari yoki loyihalanadigan marshrut uchun alohida peregonlar bo'yicha yillik o'rtacha sutkalik tig'izlik aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik ravonlarida vuklarni tashish uchun traktor tirkamalaridan keng foydalanilganligi sababli yuk tashishning bu turi ham hisobga olinishi kerak.
Yuk tashishlar mavsumiy xususiyati keskin namoyon bo'lgan hollarda harakatlamsh jadalligini hisoblash tig'iz davr uchun hisob- langandek bajariladi. Temir yo'llarga parallel o'tadigan magistral yo’llar uchun ularga yaqin oraga boradigan yuklarni berish imkoniyati hisobga olinadi.
Istiqboldagi yuk oqimlarini aniqlash murakkabligi shundan iboratki mavjud va rejadagi yuk tashishlarni tahlil etish qurilgan yo'lning faollashtiruvchi rolini hisobga ololmaydi, bu yo'l yuk tashishlar imkoniyatini vujudga keltirgan holda, intilish zonasidagi xalq xo’jaligining, oldin ko’zda tutilmagan rivojlanishiga sabab bo'ladi va tranzit yuk oqimlarini jalb etadi. Magistral avtomobil yo’llari qurish amaliyotida ko'pgina shunday hollar ham yuz beradiki, bunda qurilgan yo’llardagi loyihaviy harakatlanish jadalligi (20 yillik istiqbol uchun aniqlangan) bir necha yildan keyinoq bir necha marta ortib ketgan. Shu sababdan yo’l qurilishining «transportga aloqasi bo’lmagan» samarasi ta'sirini hisobga olish uchun istiqboldagi jadallikni hisoblash natijasida tuzatma koeffitsiyent kiritishga to'g‘ri keladi, uning qiymati o'xshash sharoitlarda shunga o‘xshash vollardan fovdalanish tajribasi bo'yicha belgilanadi.

Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling