Avtomobil yo`llari ekspluatatsiya qilish fanidan mustaqil ish


Avtomobil yo‘llarini ahamiyatini hisobga olib ko‘klamzorlashtirish


Download 82.24 Kb.
bet2/4
Sana04.10.2023
Hajmi82.24 Kb.
#1692102
1   2   3   4
2. Avtomobil yo‘llarini ahamiyatini hisobga olib ko‘klamzorlashtirish

Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish loyihasida avtomobil yo‘llarining funkstional tasnifini hisobga olish kerak. Bu avtomobil yo‘llarida o‘simliklarni to‘g’ri joylashtirishga xizmat qiladi, harakat xavfsizligini oshirishga va atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga yordam beradi. Avtomobil yo‘llarning texnik toifasi loyihalash va ekspluatastiya qilishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, ushbu nuqtai nazardan unga muvofiq funkstional tasnifga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir.


Avtomobil yo‘llarini funkstional tasnifi nafaqat ushbu yo‘l uchastkasini qanday funkstiya bajarayotgani belgilaydi, balki ushbu yo‘l uchastkasini muhimlik darajasini ham belgilaydi. Avtomobil yo‘lning funkstional va texnik tasnifiga qarab, joyning xususiyatlaridan kelib chiqib, uning obodonlashtirish darajasi, yo‘l bo‘yi buylab ekiladigan o‘simliklar turi va xususiyatlari ham belgilanadi. Avtomagistrallarda katta hajmdagi landshaft elementlari yuqori tezlikda harakatlanayotgan haydovchining ham e’tiborini tortadi. Past toifadagi yo‘llarda, tezlik kichik bo‘lganda ko‘proq kichikroq landshaft elementlarni his qilish bo‘ladi.
ShNQ 2.05.02-13-sonli me’yoriy hujjatga muvofiq avtomobil yo‘llari quyidagi texnik tasnif jadvaliga ega (3.1-jadval).
Avtomagistrallarni ko‘kalamzorlashtirish atrof-muhitni boyitishga qaratilgan bo‘lib, yon atrofni faol qabul qilishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi, harakat xavfsizligi, tezkor va aniq makon-vaqtni orientastiya qilish va rastional tezlikda harakatlanish rejimini tanlashni ta’minlaydi.
Yuqori tezlikdagi yo‘llar foydalanuvchilarga tegishli masofada aniq tassavurni berishi kerak. Bu holda yo‘lning arxitekturasi atrof muhitni idrok etishning uzluksizligini ta’ minlash va yoqimsiz yoki kutilmagan elementlarni bartaraf etishni ta’minlaydigan ba’zi bir taxminlarning mavjudligi bilan osoyishta landshaft yaratishga yordam beradi.
Odatdagi yo‘llarga maxsus ekologik talablar qo‘yiladi, shuning uchun transport shovqinining va transport vositalaridan yo‘l chetidagi hududlarning gazlanganligini oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish talab etiladi.
Shaharga kirish yo‘llari yo‘l tarmog’ida kompleks ahamiyatga ega. Ularning asosiy maqsadi shahar markaziga kirishni ta’minlash va bir vaqtni o‘zida transport arteriyalariga xizmat qilishdir.
Shaharga kirish yo‘llari, haydovchini shahardan oladigan taassurotini ta’minlaganligi sababli, ular shahar va uning atrofini yaxshilashga qaratilgan ishlar doirasida muhim ob’ektdir. Ushbu ishlarning bir qismi yo‘llarning yaqinidagi turar joylarni yanada jozibador qilishdan iborat.
Mahalliy yo‘llar va ko‘chalarni obodonlashtirishda ko‘kalamzorlashtirish elementlarini yo‘llar va ko‘chalar bilan uyg’unlashuvini ta’minlash kerak, aholi yashash joylarini obodonlashtirish mavjud o‘simliklar va daraxtlardan kelib chiqib rejalashtiriladi




  1. Download 82.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling