GIP AY ALT
GIP- ixtisoslashgan dasturlar kompleksi bo’lib, buning yordamida avtomobilq yo’llarini loyihalash bo’yicha asosiy ishlarni amalga oshirish mumkin. Tizim ma’lumotlarni uch o’lchamli tuzilishi bilan ishlaydi. Ekrandagi silliq tasvirlar, uch o’lchamli yuzalar yoki bu yuzalarni tekisliklar bilan qirqimi yuzaga keltiradigan chiziqlar soyasi hisoblanadi.
Kompleksning dasturlari blokka birlashtirilgan bo’lib, ulardan har qaysi avtomobil yo’llarini loyihalashda quyidagi asosiy bir vazifani echadi:
1) Loyihalar menedjeri;
2) Boshlang’ich ma’lumotlar redaktori;
3) Yuzalar redaktori;
4) Trassa rejasi redaktori;
5) Er kesimlarini shakllantirish;
6) Bo’ylama kesim redaktori;
7) Yo’l poyi ustki o’lchamlari redaktori;
8) Yon qiyalik va kyuvetlar redaktori;
9) Er ishlari hajmi;
10) Bosh reja redaktori.
PLATEIA AY ALT
PLATEIA AutoCADning grafik yadrosi sifatida foydalaniladi va quyidagi modullardan tashkil topadi:
o JOY - xarita bilan ishlash uchun asboblar tuplami.
o O’q - loyihalanayotgan yo’l o’q chizig’ini o’tkazish imkonini beradi.
o Bo’ylama kesim - loyiha chizig’i, suv qochiruvchi ariqlar va er ishlari
hisobini shakllantirish asboblari kiradi.
o Kundalang qirqim – yon qiyaliklar, ariqlar, o’simlik qatlami, qatlamlarni
o’lchamlari chizishni amalga oshiradi.
o Transport – kesishmalarni, yo’l belgilari va belgi chiziqlarini loyihalash
uchun xizmat qiladi.
18
PYTHAGORAS
Dastur yuqori sifatli chizmalarni tayyorlash uchun foydalaniladi, bu muxandis geodezik ishlarni bajarishda, topografik va kadastr rejalarini tuzishda, shu bilan birga yo’l loyihalashlarda kerak bo’ladi. Dasturning kamchiligi tuzilish chiziqlari vositasida triangulyatsion yuzalarni tuzatish imkoniyati yo’qligi hisoblanib, bu shunga o’xshash yuzalarni qurish aniqligini ancha kamaytiradi.
MX Road AY ALT
Dastur MS Windows sferasi bilan uyg’unlashagan va AutoCAD ALT da yoki mustaqil ilova sifatida ishlaydi.
Xulosa
Hozirgi kunda AY ALT da ko’proq personal kompyuterlar foydalanilmoqda, masalan Pentium III, 1000/OZU 128 Mb/20/32 Mb SVGA yoki Pentium IV-2200/ OZU 256 Mb/60/64. Ploterlar Hewlett Paskard turida bo’lib, A1, A3 formatlardagi chizmalarni chiqarish imkoniga ega bo’lishi lozim.
Kompyuterga tashqi qurilmalar, ya’ni sichqoncha, klaviatura, printer va ploter o’rnatilgan bo’lganda xususiy foydalanish uchun avtomatlashgan ishchi o’rni yaratiladi. Loyiha tashkilotlarida bir nechta kompyuterlar bo’lganda ularni HUB yordamida umumiy tarmoqqa o’lash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda bir qator qo’layliklar yaratiladi, ya’ni ma’lumotlarni tashishda disketlardan foydalanmasdan tezlikda o’zatish mukin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |