Injener-geologik tadqiqot ishlari majmuasiga quyidagi ish turlari kiradi:
Injener-geologik tadqiqot ishlari majmuasiga quyidagi ish turlari kiradi:
1. Injener-geologik syomka — dala qidiruv ishlari.
2. Tajriba tadqiqot ishlari.
3. Laboratoriya ishlari.
4. Dala qidiruv, tajriba-tadqiqot, laboratoriya ishlari natijalarini tahlil etish va hisobotlar yozish.
Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash uch bosqichda olib boriladi .
Xalq xo‘jaligi obyektlarini loyihalash uch bosqichda olib boriladi .
Loyihalashning texnik-iqtisodiy asoslash bosqichi aslida loyiha oldi bosqich hisoblanib, xalq xo‘jaligi oboektlari uchun eng qulay joy tanlash, ularni joylashtirish va qurishning texnik-iqtisodiy nuqtayi nazardan mumkinligini isbotlash va texnik loyiha uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Bu bosqichda mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy va injenergeologik sharoiti to‘g‘risidagi arxiv va boshqa mavjud ma’lumotlar yig‘iladi va yangi o‘tkazilgan tadqiqot ishlari natijalari bilan to‘ldiriladi. Mavjud va o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini har tomonlama o‘rganish, tahlil etish asosida avtomobil va temir yo‘l qurlishlarida yo‘l trassalarini yo‘nalishi, shaharlar qurilishlarida shahar rivojlanishining bosh rejasi va hokozolar ishlab chiqiladi.
Xalq xo‘jaligi obyektlarini texnik-loyihalash bosqichi ularni bunyod etishning eng asosiy bosqichi bo‘lib, tanlangan maydonlarda inshootlarni joylashtirish va qurish, shu bosqichida o‘tkazilgan qidiruv-tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holatda amalga oshiriladi. Loyihani tuzishda xalq xo‘jaligi obyektlari joylashtirilishi lozim bo‘lgan maydonlar chegarasiga ba’zi bir o‘zgartirishlar, aniqliklar kiritiladi, imorat va inshootlar turlarini, konstruksiyasi va parametrlarini hisobga olgan holda, ularning mustahkamlik darajalari baholanadi, qurilish muddati, ekspluatatsiya qilish sharoiti aniqlanadi. Umuman olganda, obyektlarini qurish va ishlatish jarayonida, ularning mustahkamligi, boqiyligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan hamma ma’lumotlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar har tomonlama isbotlangan holda taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |