Avtomobil yo’llarini qidiruvida muhandislik geologik qidiruv ishlari
Xalq xo‘jaligi obyektlarini texnik-loyihalash bosqichi
Download 22.75 Kb.
|
Topshiriq 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalashning ish chizmalari bosqichida
Xalq xo‘jaligi obyektlarini texnik-loyihalash bosqichi ularni bunyod etishning eng asosiy bosqichi bo‘lib, tanlangan maydonlarda inshootlarni joylashtirish va qurish, shu bosqichida o‘tkazilgan qidiruv-tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holatda amalga oshiriladi. Loyihani tuzishda xalq xo‘jaligi obyektlari joylashtirilishi lozim bo‘lgan maydonlar chegarasiga ba’zi bir o‘zgartirishlar, aniqliklar kiritiladi, imorat va inshootlar turlarini, konstruksiyasi va parametrlarini hisobga olgan holda, ularning mustahkamlik darajalari baholanadi, qurilish muddati, ekspluatatsiya qilish sharoiti aniqlanadi. Umuman olganda, obyektlarini qurish va ishlatish jarayonida, ularning mustahkamligi, boqiyligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan hamma ma’lumotlar va ko‘riladigan chora va tadbirlar har tomonlama isbotlangan holda taqdim etiladi.
Loyihalashning ish chizmalari bosqichida injener-geologik tadqiqot ishlari aynan inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonlarda olib boriladi.Loyihalashning ish chizmalari bosqichida injener-geologik tadqiqot ishlari aynan inshootlar qurilishi kerak bo‘lgan maydonlarda olib boriladi. Bunda maxsus qidiruv, tajriba, laboratoriya tadqiqot ishlariga asosiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, har bir qurilayotgan inshootning osti qismini tashkil etuvchi tog‘ jinslarining tarkibi, fizikmexanik xossa va xususiyatlari mukammal ravishda o‘rganiladi. Olingan natijalar inshootlardan poydevor va poydevor osti jins qatlamlariga tushadigan og‘irilikni aniqlashga va ana shu og‘irlikning oshishi oqibatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldindan bilishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida loyihaning texnik bosqichida olingan ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligini baholash, kerak bo‘lgan hollarda loyihaga ba’zi bir qo‘shimcha, o‘zgartishlar kiritish imkonini beradi Dala qidiruv ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga: qidiruv ishlarini olib borishda qatnashgan mutaxassislarni kundalik daftari, injener-geologik syomka o‘tkazilgan hududda olib borilgan qidiruv yo‘nalishlari, qazilgan burg‘i quduqlari, shurflar, o‘rganish nuqtalari, suv namunalari olingan buloqlar, tog‘ jinslarining tarqalish, yotish holatlari, kuzatilgan geodinamika va texnogen jarayonlar va b. tushirilgan topoxarita, dala sharoitida o‘tkazilgan geofizik usullar yordamida olingan ma’lumotlar chizilgan kesmalar, sxemalar, rasmlar, namunalar ro‘yxati va b.;Download 22.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling