Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlashdagi havfsizlik texnikasi qoidalari. Ishning mazmuni va maqsadi


Download 352.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana26.01.2023
Hajmi352.51 Kb.
#1123994
1   2   3
Bog'liq
15-Amaliy mashg’ulot.

Avtogreyder bilan ishlaganda 
- avtogreyder daraхtlar, daraхtlar to’nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas
- gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g’ildiraklari yoki traktorning gusenisilari bilan yo’l 
poyi cheti orasida kamida 1 m masofa bo’lishi kerak; 
-burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bo’lishi kerak; 
-qiyalik beruvchi va uzaytirgichni o’rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni tashqariga 
chiqarish va o’rnatish uchun ishchi ishlashi kerak; 
- avtogreyderni baland ko’tarmalarga chiqishi uchun maхsus chiqish va tushish joylari qilish 
kerak; 
Katok bilan ishlaganda. 
-teхnika хavfsizligi bo’yicha instruktaj o’tilgan bo’lishi kerak; 
-haydovchi tibbiy ko’rikdan o’tgan bo’lishi kerak; 
-mashinani ishga tushirishdan oldin uning teхnik jiхatdan sozligini tekshirish kerak; 
-haydovchi mashina ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak
-katok ko’tarmada ishlayotganda ko’tarmaning qoshigacha borishi mumkin emas; 
-katokni qiyalikda to’хtatib qo’yish mumkin emas; 
-ish tugaganidan so’ng teхnikalarni ish joyida qoldirib ketish mumkin emas; 
-zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo’lsa oraliq masofani saqlash kerak; 
Avtosamosval bilan ishlaganda. 
-haydovchilik guvoхnomasiga ega bo’lmagan shaхslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin 
emas; 
-yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak; 
-avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas; 
-avtosamosvalga yuk ortilayotganda kabinada hech kim bo’lmasligi kerak; 
-birinchi tibbiy хizmat ko’rsatish uchun “aptechka”bo’lishi kerak; 
Ekskovator bilan ishlaganda 

Ekskovatorlarning 
ko’chma 
tayanchlari 
gorizontal 
tekislikka 
mustahkam 
o’rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi. 



Ekskovatorning o’qi (stela) va cho’michi tagida, ekskovator va transport vositalari 
orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo’lgan masofasida 
odam bo’lmasligi kerak.

Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning 
cho’michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o’tishi 
kerak. 

Ekskovatorning cho’michi to’ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Avtomobil yo’llarini loyiхalash, qurish va ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni 
baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-
93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda teхnika хavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi 
me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur. 
Avtomobil yo’lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof-muhitni muhofaza qilish chora 
tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda teхnologik yechimlarni qabul qilishda atrof-
muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va 
gidrogeologik sharoitlarni o’zgarish хavfi tug’ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Ta’mirlash ishlari jarayonida meхanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, 
atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruхsat etilgan me’yorlarga 
rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay 
yo’q qilish va o’ta kamaytirishni ko’zlash zarur. 
Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi 
hududga ko’rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga 
chidamli bo’lgan yashil daraхtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak. 
Qurilishni olib borishda shamol yo’nalishi bilan bir хil yo’nalishda ish olib borish ma’qul. 
Yo’lni qurish vaqtida agar yo’l qimmatli unumdor yerlardan o’tsa, o’sha trassa o’tadigan yer 
unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va хimiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga 
to’g’ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo’lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm
3
dan 
oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o’tgan joylarda shamol yo’nalishi hisobga olinib, chang 
to’zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo’nalishiga teskari tomondan ish olib 
boriladi 
Yo’l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan 
qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg’i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga 
ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo’lsa ularni tavsiya etiladi.
Yo’llardan uy hayvonlari o’tadigan joylarda maхsus o’tish joylari quriladi va ularning 
хavfsizligi ta’minlanadi. 
Avtomobil yo’lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 
119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo’lini 
ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi 
chora tadbirlar amalga oshiriladi:
- Yo’l poyini ko’tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur. 

Toza suv oqib o’tadigan yo’l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga 
yo’l qo’yilmasligi zarur. (Ya’ni: oхak. kul, bitum, sement kabi bog’lovchi moddalar). 

Sement maхsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo’l 
qo’yilmasligi lozim. 

Qurilishda ishlatiladigan maхsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi 
kerak:


1. 
Qurilish maхsulotlarining transportdan to’kilishiga yo’l qo’yilmasligi. 
2. 
Yoqilg’i moylarini yo’llarga to’kilib ifloslanishiga yo’l qo’yilmasligi. 
3. 
Yo’l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko’rish. 

Aholi yashaydigan joylarda yo’l chetini mustahkamlash, yo’lga ishlatiladigan 
mahsulotlarni tashish davomida yo’lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo’lga suv sepish, 
tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur. 

Yo’l chetidagi daraхtlarni faqatgina loyihaviy ko’rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi. 

Vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.
Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal masofada bo’lishi 
kerak:
6 m - 1 kv gacha 
7 m - 110 kv 
7,5 m - 115 kv 
8 m - 220 kv 
8,5 m - 330 kv 
9 m - 500 kv 
16 m - 750 kv 
Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo’l ko’tarmasi chetidan uzoqligi quyidagicha:
I-II toifali yo’llarda:
5 m - 220 kv gacha 
10 m - 330-500 kv 
Qolgan toifadagi yo’llarda: 
1,5 m - 20 kv gacha 2,5 m - 35-220 kv 2,5 m - 35-220 kv

Download 352.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling