Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlashdagi havfsizlik texnikasi qoidalari. Ishning mazmuni va maqsadi
Download 352.51 Kb. Pdf ko'rish
|
15-Amaliy mashg’ulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katok bilan ishlaganda.
- Avtosamosval bilan ishlaganda.
- Ekskovator bilan ishlaganda
Avtogreyder bilan ishlaganda
- avtogreyder daraхtlar, daraхtlar to’nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas; - gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g’ildiraklari yoki traktorning gusenisilari bilan yo’l poyi cheti orasida kamida 1 m masofa bo’lishi kerak; -burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bo’lishi kerak; -qiyalik beruvchi va uzaytirgichni o’rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni tashqariga chiqarish va o’rnatish uchun ishchi ishlashi kerak; - avtogreyderni baland ko’tarmalarga chiqishi uchun maхsus chiqish va tushish joylari qilish kerak; Katok bilan ishlaganda. -teхnika хavfsizligi bo’yicha instruktaj o’tilgan bo’lishi kerak; -haydovchi tibbiy ko’rikdan o’tgan bo’lishi kerak; -mashinani ishga tushirishdan oldin uning teхnik jiхatdan sozligini tekshirish kerak; -haydovchi mashina ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak; -katok ko’tarmada ishlayotganda ko’tarmaning qoshigacha borishi mumkin emas; -katokni qiyalikda to’хtatib qo’yish mumkin emas; -ish tugaganidan so’ng teхnikalarni ish joyida qoldirib ketish mumkin emas; -zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo’lsa oraliq masofani saqlash kerak; Avtosamosval bilan ishlaganda. -haydovchilik guvoхnomasiga ega bo’lmagan shaхslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin emas; -yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikda harakatlanmaslik kerak; -avtomobil pasportida belgilangan me’yoridan ortiq yuk yuklash mumkin emas; -avtosamosvalga yuk ortilayotganda kabinada hech kim bo’lmasligi kerak; -birinchi tibbiy хizmat ko’rsatish uchun “aptechka”bo’lishi kerak; Ekskovator bilan ishlaganda - Ekskovatorlarning ko’chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o’rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi. - Ekskovatorning o’qi (stela) va cho’michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo’lgan masofasida odam bo’lmasligi kerak. - Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho’michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o’tishi kerak. - Ekskovatorning cho’michi to’ldirilgan holatda yurishi mumkin emas. Avtomobil yo’llarini loyiхalash, qurish va ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29- 93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda teхnika хavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur. Avtomobil yo’lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof-muhitni muhofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda teхnologik yechimlarni qabul qilishda atrof- muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o’zgarish хavfi tug’ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim. Ta’mirlash ishlari jarayonida meхanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruхsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo’q qilish va o’ta kamaytirishni ko’zlash zarur. Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi hududga ko’rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo’lgan yashil daraхtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak. Qurilishni olib borishda shamol yo’nalishi bilan bir хil yo’nalishda ish olib borish ma’qul. Yo’lni qurish vaqtida agar yo’l qimmatli unumdor yerlardan o’tsa, o’sha trassa o’tadigan yer unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi. Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va хimiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to’g’ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo’lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm 3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o’tgan joylarda shamol yo’nalishi hisobga olinib, chang to’zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo’nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi Yo’l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg’i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo’lsa ularni tavsiya etiladi. Yo’llardan uy hayvonlari o’tadigan joylarda maхsus o’tish joylari quriladi va ularning хavfsizligi ta’minlanadi. Avtomobil yo’lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko’rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo’lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi: - Yo’l poyini ko’tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur. - Toza suv oqib o’tadigan yo’l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo’l qo’yilmasligi zarur. (Ya’ni: oхak. kul, bitum, sement kabi bog’lovchi moddalar). - Sement maхsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo’l qo’yilmasligi lozim. - Qurilishda ishlatiladigan maхsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak: 1. Qurilish maхsulotlarining transportdan to’kilishiga yo’l qo’yilmasligi. 2. Yoqilg’i moylarini yo’llarga to’kilib ifloslanishiga yo’l qo’yilmasligi. 3. Yo’l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko’rish. - Aholi yashaydigan joylarda yo’l chetini mustahkamlash, yo’lga ishlatiladigan mahsulotlarni tashish davomida yo’lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo’lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur. - Yo’l chetidagi daraхtlarni faqatgina loyihaviy ko’rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi. - Vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel’efni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur. Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal masofada bo’lishi kerak: 6 m - 1 kv gacha 7 m - 110 kv 7,5 m - 115 kv 8 m - 220 kv 8,5 m - 330 kv 9 m - 500 kv 16 m - 750 kv Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo’l ko’tarmasi chetidan uzoqligi quyidagicha: I-II toifali yo’llarda: 5 m - 220 kv gacha 10 m - 330-500 kv Qolgan toifadagi yo’llarda: 1,5 m - 20 kv gacha 2,5 m - 35-220 kv 2,5 m - 35-220 kv Download 352.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling