Avtomobil yuvish shahobchalarida hosil bo’lgan oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish texnologiyasi xolov Alisher Faxriddin o’g’li


Download 59.25 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi59.25 Kb.
#1758501
Bog'liq
OQOVA SUVNI TOZALASH TEXNOLOGIYASI (1)


AVTOMOBIL YUVISH SHAHOBCHALARIDA HOSIL BO’LGAN OQOVA SUVLARNI TOZALASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI

Xolov Alisher Faxriddin o’g’li
Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti
Ph.D., dots. Igitov Farrux Baxtiyorovich
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Sanoat ekologiyasi” kafedra mudiri

Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasining Qonunining 31-moddasida: Kommunal-ekologik normativ ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqiladi hamda ichimlik suvi ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.


Belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini oqizib yuboruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar oqova suvlarni lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlarini bajarishi kerak.
Yangi iste’molchilarni, shu jumladan mavjud iste’molchilarning yangitdan ishga tushiriladigan, tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni hosil qiluvchi obyektlarini oqova suvlar tarmoqlariga ulashga faqat oqova suvlarning belgilangan normaga qadar tozalanishini ta’minlaydigan lokal tozalash inshootlari mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi [1].
Yuqorida keltirilgan moddadan bizga ma’lumki avtomobil yuvish shahobchalarida belgilangan normadan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarini kanalizatsiyaga oqizishdan oldin lokal tozalash inshootlarida birlamchi tozalash ishlarini bajarish kerakligi ko‘rsatilgan. Buning sababi, avtomobil yuvish shahobchalarida hosil bo’lgan oqova suv tarkibida qum va chang surtma, asfalt, tuzlar, sirt faol moddalar va organik moddalardan, gidroflorik kislota, ammoniy biflorid, bo'yoq qoldiqlari, kauchuk, fosfatlar, ko'p miqdorda erigan kimyoviy moddalar va turli xil qattiq zarralar o'z ichiga oladi. Oqova suv tarkibida bunday moddalarning borligi, quvur liniyasiga, tozalash inshootlariga zarar etkazishi yoki yerga singib ketsa, atrof-muhitga zarar etkazishi mumkin. Shu sababli ham avtomobil yuvish shahobchalarida oqova suvlarni tozalash texnologiyasini ishlab chiqish lozim bo’ladi.
Olib borayotgan ilmiy ishimizda avtomobil yuvish shahobchalarida hosil bo’lgan oqova suvlarni tozalashda samarali texnologiyani qo’llab oqova suv tarkibida ifloslangan moddalarni tozalash hamda tozalangan oqova suvdan qayta foydalanishni yo’lga qo’yish bo’ladi. Ana shunday texnologiyalardan biri avtomobil yuvish shahobchalarida hosil bo’lgan oqova suvlarni tozalashning kombinatsialangan texnologiyasi (1-rasm) hisoblanadi. Bu texnologiyada oqova suvlarni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy usullarini birgalikda qo’llab samarali natijaga erishildi. Dastlabki bosqichda oqova suvlar tarkibidagi dag’al tez cho’kuvchi zarrachalarni tindirib olinadi, keyingi bosqichda P1da natriy gidrosulfit eritmasi, reagent bilan suvni tozalash, tiniqlash jarayoni amalga oshiriladi, Д1 orqali oqova suv miqdoriga qarab yetarli bo’lgan miqdorda natriy gidrosulfit eritmasi, reagentlar yetkazib turiladi. Keying bosqichda elektroflotatorda oqava suvlarni fizik-kimyoviy tozalash amalga oshiriladi, tozalangan oqova suv, suv saqlagich E3 da to’planadi. To’plangan suvni nasos H3 orqali avtomobilni yuvish uchun qayta foydalansa ham bo'ladi.
1-rasm. Avtomobil yuvish shahobchalarida hosil bo’lgan oqova suvlarni kombinatsiyalangan tozalashning texnologik sxemasi: E-Suv idishi; P-reaktor nasosi / neft tutgich; H-nasos; Д/НД-sistemaga koagulyant yetkazib berish; ЭФ-elektroflotator; Ф1- kvarts filtrlari;Ф2- Sorbsiya filtrlari.
Elektroflotatordan ortib qolgan oqova suvlar suv saqlagich E1 da to’planadi suv H1 nasos orqali bosim ostida Ф1 kvarts filtri orqali tozalab olinadi. Filtrda tozalanib suvni saqlash yamasi E2 da to’planadi. Kvarts filtri - suvga to'yingan qattiq moddalarni olishning eng samarali vositasi. Uning vazifasi suvda flokulyatsiya qilingan ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlashdir, Uskunaning tuzilishi oddiy, oson ishlov berish va texnik xizmat ko'rsatishdir, operatsiya avtomatik boshqaruvga ega. Kvarts filtri orqali tozalab olingan suvni texnik suv sifatida ishlatishimiz mumkin bo’ladi. Keying bosqichda sorbsiya filtrlariga Ф2 o'tadi, unda yuqori molekulyar og'irlikdagi organik moddalar va og'ir metallardan chuqur tozalash amalga oshiriladi. Tozalangan oqova suvlar standart bo’yicha belgilangan normada bo’ladi va bu suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborish mumkin bo’ladi. Oqova suvlarni tozalshda hosil bo’lgan chiqindilar utilizatsiya qilish uchun yuboriladi [3].
2021-yil yakuniga koʻra respublikamizda avtomobillarni yuvish, sayqallash va shu kabi faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar soni 1 294 tani tashkil etgan [2]. Hulosa qilib aytadigan bo’lsak raqamlardan ko’rinib turibdiki avtomobil yuvish shahobchalarida juda ko’p oqova suv hosil bo’ladi, hosil bo’lgan oqova suvlarni tozalab undan qayta foydalanishni yo’lga qo’ymas ekanmiz, nafaqat atrof-muhitga balki shahar kanalizatsiya tizimiga ham shikast yetkazishga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Buni oldini olish uchun esa avtomobil yuvish shahobchalarida yuqorida keltirib o’tgan kombinatsialangan oqova suvlarni tozalash texnologiyasi joriy qilish bilan samarali natijaga erishgan bo’lamiz.


Adabiyotlar

  1. Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonuni. 2022-yil 22-iyul.

  2. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi.

  3. https://acs-nnov.ru/ochistka-stochnyh-vod

Download 59.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling