Avtomobilda yuk tashish samaradorligini baholash


Download 1.58 Mb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1447341
1   2   3
Bog'liq
Oqnazarov J. 2023

Key words: automobile transport means, volume of loads, loads turnover, construction loads, coordination, efficiency, waiting time, shift time, loading and receiving.
Аннотация: Интенсивность пунктов обслуживания грузов при транспортировке зависит от временных интервалов их поступления в систему обслуживания, которая формируется в зависимости от количества выделенных автотранспортных средств. В противном случае неэффективное время ожидания пунктов или транспортных средств увеличится. В статье также рассматриваются вопросы, связанные с увеличением технической скорости, величины нагрузки и её объёма за счет сокращения времени движения транспортного средства за цикл в результате координации работы транспортного средства и механизмов загрузки, и даются практические рекомендации в этом отношении.
Ключевые слова: автотранспортные средства, объем грузов, грузооборот, строительные грузы, эффективность, время ожидания, время оборота, погрузка-разгрузка, стоимость.

Respublikamizda uy-joy qurilishi ko’lami oshib bormoqda va yangi ishlab chiqarish korxonalari bunyod etilmoqda. Bu esa yuk tashish hajmlarini o’sishiga olib keladi va bunday holatlarda tashish xizmatlari avtomobil transporti va yuklash vositalari birgalikdagi faoliyati ko’rinishida amalga oshiriladi. Demak, yuk jo’natish (yuk qabul qilish) punktlar samarali faoliyati ko’rsatishi uchun yuklash vositalarning xizmat ko’rsatish jadalligi avtomobil transporti vositalarining yuklash punktiga kirib kelish vaqt oraliqlariga mos kelishi lozim. Aks holda, unumsiz kutib turish vaqti oshib ketadi. Bunda avtomobil transporti va yuklash vositasi imkoniyatlaridan unumsiz foydalaniladi va buning natijasida tashish tannarxi oshadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvarda “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida amalga oshirishga oid davlat dasturida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga ko’paytirish, ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo’lga qo’yish; yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish va boshqa qurilish xarajatlarini kamaytirish hisobiga qurilishga ketayotgan vaqtni 30 foizga kamaytirish hamda qurilish tannarxini 20 foizga arzonlashtirish vazifalari belgilangan. Dasturda hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog’ini tashkil etish va yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish maqsad qilib qo’yilgan [1].
Yuklarini ishlab-chiqarish yoki ob’ekt omborxonalaridan materiallarga muhtoj bo’lgan qurilish ob’ektlari omborlariga va boshqa joylar (oraliq omborlar va boshqalar)ga radial yo’nalish bo’ylab yetkazib beriladi.
Avtotransportning asosiy muammolaridan biri, yuk tashish samaradorligini oshirish bo’lib, yuklarni yetkazib berishga bo’lgan talabning tobora ortib borishi, avtotransport korxonalarining faoliyatini tubdan o’zgarishini talab qiladi. Iste’molchilar tashuvchini tanlash imkoniga ega bo’lib, ular avtotransport xizmatlarini keng, yuqori sifatli va arzon narxlarda taqdim etishga tayyor bo’lganlar foydasiga amalga oshiriladi [2].
Amaliyotda qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish ishlari va tashish jarayonlari integratsiya tendentsiyasi o’sishi ta’kidlanmoqda. Quruvchilar qurilish ob’ektlarini ishga tushirish muddatlarini ta’minlagan holda eng kam xarajatlar bilan bajarishga e’tibor qaratishgan bo’lsa, tashuvchilar esa so’nggi yillarda keng tarqalgan vaqtbay haq to’lov [7, 8] bo’lganligi uchun maksimum avtomobil-soat bo’lishligini afzal ko’rishgan. Yuk ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarilgan materiallarning maksimal miqdorini sotishdan manfaatdordir.
Avtomobillarning yuklash-tushirish punktlari va yuk ishlarini bajarishda kutishi to’xtab turish holatlari, yuklarni saqlanilishini ta’minlamaydigan, to’liq yuklanmagan, yoki ortiqcha yuklangan transport vositalaridan foydalanish, avtotransport vositalarning ish vaqtidan samarasiz foydalanish, yuklarni tashib ketish talabnomalarini buzish yoki ortiqcha transportni buyurtma qilish va boshqalar amaliyotda tez-tez kuzatiladi. Buning ba’zi bir sabablari sifatida muallif [9] avtotransport korxonasining kengayishi (katta yuk ko’taruvchi transport vositalari), malakali xodimlarning yo’qligi, bir lahzalik imtiyoz bilan boshqarma qurilish tashkilotlarini arzon transport vositalaridan foydalangan holda ulardan foydalanish samaradorligi va yuklarning xavfsizligi masalalarini e’tiborga olmasdan qurilish maydonchalariga yuklarini olib ketishga majbur qilinishi, bu esa yuklarni yetkazib berish va uy-joy qurilish narxlarining asossiz ravishda oshishiga olib keladi.
Tashish jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan omillar to’plamining mavjudligi shuningdek qurilish materiallarini qurilish ob’ektlariga tashish jarayonini o’zining murakkabligi, amaliyotchi va ilmiy xodimlardan qurilishning umumiy tizimida transport vositalarning sonini hisoblash, transport jadvalini tuzish va qurilish tarkibidagi transportning boshqa xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi uslublarni ishlab chiqishni taqoza qilmoqda.
Yuk ortish va tushirish vaqtidagi salbiy jarayonlar: avtomobilning yuklash va tushirishda navbatda kutib turish, yuklash va tushirishdagi manyovr, ortish va tushirishdan so’ng hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtlari yuk tashish samaradorligini pasaytiradi.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling