Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli
Download 0.83 Mb.
|
Avtomobilga kuchli dvigatel kerakligi tushunarli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tormoz tizimining asosiy nosozliklari.
- Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK
Yirik plandaKatta tezlik bilan harakatlanayotgan zamonaviy avtomobilning to’xtashi yoki tezligini kamaytirishi uchun tormoz tizimining ishga tushirilishi katta kuchni talab qiladi va buning uchun haydovchining muskul kuchlari yetarli bo’lmaydi. Shu tufayli tormoz tizimida siqilmaydigan suyuqlik asosidagi gidravlik tizim qo’llaniladi. Haydovchi tormoz pedalini bosganida, porshen suyuqlikni (bu asosan moy bo’ladi), asosiy tormoz tslindridan trubkalar orqali bosim ostida uzatib, g’ildiraklar oldidagi boshqa bir porshenlarni harakatga keltiradi va ular orqali avtomobilning har bir g’ildiragining tormoz kolodkalarini ishga tushiradi. Bu tizimning ishlash mohiyati shundaki, yopiq quvur yoki idish ichidagi suyuqlikning bosimi doimo bir xil saqlanadi. Bundan shu ma’lum bo’ladiki, biz tormoz pedalini oyoqlarimiz bilan bosish orqali trubkaning bir uchidagi suyuqlikka bosim bersak, bosim bevosita trubkaning narigi uchiga uzatiladi, huddiki biz g’ildirak kolodkalari porshenlarini har birini alohida bosayotgandek… g’ildiraklar qarshisidagi tormoz porshenlari asosiy porshendan kattaroq bo’lib, lekin uning harakat masofasi ancha qisqa bo’ladi. Shu sababli bosim ostida berilgan kuch bu yerda ko’p marotaba ortadi va tormozlanish xususiyati sifati yuqorilashadi. Tormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunga friksion qoplamalar va tormoz barabanlarining (disklarining) yeyilganligi, tormoz kuchi sozlagichining noto'g'ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali manjetlarning yeyilishi va shishib ketishi, silindr, porshen, pnevmatik tormoz tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining yeyilishi, tormoz kamerasidagi diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining ishdan chiqishi misol bo'ladi. Tormoz tizimiga xizmat ko'rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK davrlarida bajariladi. 1-TXK da tormoz tizimi bo'yicha barcha birikmalar va truba o'tkazgichlarning jipsligi, kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga qotirilishi, tormoz tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari (disklari), kolodkalar, g'ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi suyuqlik sathi, ko'p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi. Qo'shimcha ravishda kundalik xizmat ko'rsatish vaqtida ballonlardagi kondensat to'kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi(harorat 5S dan pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo'yiladi). Quyida biz gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari bo'yicha bajariladigan texnik xizmat ko'rsatish ishlarini alohida-alohida ko'rib chiqamiz. Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishdagi ishlar bosh tormoz silindridagi suyuqlik sathini tekshirish va uni me'yoriga keltirish, agar tizimga havo kirib qolgan bo'lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini, kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash, tormoz qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir. Gidravlik tormoz tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz: 1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. Tormoz tizimi barcha mexanizmlari mahkamlanganligi va jipsligini tekshirish hamda avtomobil g'ildiragini osib qo'yib, uning yengil aylanishini aniqlashdan iborat. 2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo'lini tekshirish va sozlash (2.64-rasm). Bu ish avtomobillarning kabinasi yoki salonida haydovchi o'rindig'i oldida bajariladi. Chizg'ichning bir uchi polga qo'yilib, ikkinchi tomoni tepkining yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik hosil bo'lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So'ngra birinchi va ikkinchi qiymatlar farqi hisoblanadi va me'yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi. 3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, GAZ-3110, VAZ, MOSKVICH va UZDEU yengil avtomobillarida avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarda (GAZ yuk avto-mobillari, PAZ avtobuslari) tirqish g'ildirakning orqa tomonidan(2.65-rasm) tayanch disk(1) dagi ekssentrik barmoq(2) yordamida sozlanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling