Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari reja: Moylash materiallari haqida umumiy ma'lumotlar Moylash materiallarining asosiy vazifalari
Download 58.57 Kb.
|
AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGAN MOYLASH MATERIALLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari.
5 jadval.
Sun’iy moylarni neft moylariga qaraganda o’rtacha tannarxi 2-3 marta kamroqdir. Èkspluatatsion xossalari yaxshiligi bilan birgalikda tejamkorliroqdir, chunki dvigatelda ishlash davri katta va ular kamroq xarajat sarflanadi. Neksiya, Tiko va Damas turidagi avtomobillar uchun zavod ko’rsatmasiga muvofiq SG 5W30, SAE 25W30, SAE 10W40, SAE 15W40, SFCC turidagi moytor moylaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xar qanday moyning asosiy vazifasi belgilangan motoresurs davomida dvigatelning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlash bo’lgani sababli, motor moylari qo’yidagi èkspluatatsion talablarga javob berishi kerak. 1. Dvigatel detallarining eyilishini, ishqalanishni engishga kam quvvat sarflanishini, shuningdek detallarning tozaligini ta’minlashi kerak. 2. Ishqalanuvchi sirtlarini korroziyalanishdan saqlashi. 3. Ishqalanish joylardagi zazorlar va tutashmalardan oson o’tishi, sovuq vaqtda dvigatel qismlarining oson aylanishini ta’minlashi kerak. 4. Quyishga bo’ladigan sarf minimal darajada bo’lishini ta’minlaydigan optimal tarkibga èga bo’lishi kerak. 5. Tashish va uzoq vaqt saqlash davomida èkspluatatsion xossalarini saqlab qolishi kerak. Ichki yonuv dvigatellarining moylash tizimlarida foydalaniladigan moylar-motor moylari deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi, ishqalanuvchi qismlar sirtida mustahkam moy pardasi hosil qilish hisobiga dvigatel detallarining eyilishini kamaytirishdir. Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari.Motor moylari, dvigatellarning belgilangan quvvat va tejamkorligini, sifat ko’rsatkichlarini yo’qotmasdan, ishonchli va uzoq vaqt ishlashini ta’minlashi uchun, ular standartlar va texnik shartlarda belgilangan talablarga javob berishi lozim. Kinematik qovushqoqlik. Motor moyining suyuq ishqalanishini ishonchli ta’minlay olish xususiyatini xarakterlovchi muxim sifat bo’lsa, ishqalanuvchi sirtlardagi moy pardasi ham shuncha mustahkam bo’lib, ŝilindrlardagi porshen xalqalarining zichligi shuncha yaxshi va moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning qovushqoqligi harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo’lishi kerak. Avtomobil dvigatellarining moylash tizimlarida qo’llaniladigan motor moylarining kinematik qovushqoqligi 1000C da 6-14 mm2/c ga teng. Harorat pasayishi bilan, bu ko’rsatkich tez kattalashadi, minus 200C da 1000 mm2/c ga etishi va undan xam oshib ketishi mumkin. Kinematik qovushqoqligi 6-3 mm2/c bo’lgan moy qishda, qovushqoligi 10-14 mm2/c bo’lganlari yozda ishlatiladi. Qotish harorati. Bu moy oquvchanligini yo’qotadigan haroratdir. Bu ko’rsatkich, ma’lum darajada moyning xaydaluvchanligini va dvigatelni ishga tushirish xossalarini, uning ta’sirini xarakterlaydi. Yozgi moylarda qotish harorati minus 150C dan minus 200C gacha, qishki moylarniki minus 25 dan minus 300C gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish harorati minus 450C gacha etadi. Korrozionlik. Avtomobil dvigatellarining korroziya ta’siridan eyilishga sabab bo’luvchi moyning potentsial xossasi korrozionlik bilan tariflanadi. KaMAZ va VAZ avtomobillarida ishlatiladigan motor moylarining yuqori sifatli rusmlarida korrozionlik yo’q, boshqa markadagi moylarda 20 g/m2 dan oshmasligi lozim. Download 58.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling