Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari reja: Moylash materiallari haqida umumiy ma'lumotlar Moylash materiallarining asosiy vazifalari
-MAVZU: ICHKI YONUV DVIGATELLARI UCHUN MOYLAR
Download 58.57 Kb.
|
AVTOMOBILLARDA ISHLATILADIGAN MOYLASH MATERIALLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motor moylari klassifikatsiyasi.
6-MAVZU: ICHKI YONUV DVIGATELLARI UCHUN MOYLAR
O’quv rejasi: 1. Motor moylari klassifikatsiyasi.2. Motor moyining asosiy vazifalari 3. Motor moylariga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar 4. Motor moylarining normalanadigan sifat ko`rsatkichlari Motor moylari klassifikatsiyasi.Ishlatilish sharoitiga va èkspluatatsion xossalari darajasiga ko’ra motor moylari A, B, V, G, D, E guruxlarga bo’linadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan B, V, G, D guruxlardagi moylar ishlatiladi. B guruxdagi moy-kichik tezlikdagi, V-o’rtacha tezlikdagi, G-yuqori tezlikdagi karbyuratorli va dizelli dvigatellar uchun, D-yuqori tezlikdagi havo turbina yordamida bosim bilan kiritiladigan dizzelar uchun mo’ljallangan. B, V, G guruxdagi moylar yana kichik guruxlarga bo’linadi. Birinchi kichik guruxdagi moylar (1 indeksli) karbyuratorli dvigatellar uchun, ikkinchi kichik guruxdagi moylar (2 indeksli) dizellar uchun mo’ljallangan, uchinchi kichik guruxdagi moylar (indeksiz) universal bo’lib, karbyuratorli dvigatellarda ham, dizelli dvigatellarda ham ishlatiladi. Har bir gurux chegarasida 1000C da moy ettita kinematik qovushqoqlik klassiga èga bo’lishi mumkin: 6, 8, 10, 12, 14, 16 va 20 mm2/c. Markalash. Motor moyilarining har bir rusimini shartli belgilari harflar va rakamlardan iborat. Ular qabul qilingan klassifikatsiyaga muvofiq, moyning vazifasini va guruxini, uning kinematik qovushqoqlikligini ko’rsatadi. A - guruxdagi moylarga prisadkalar qo’shilmaydi yoki kam qo’shiladi, ular faqat siqish darajasi kichik bo’lgan karbyuratorli dvigatellarda ishlatiladi. B, V, G - 6-16% gacha prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi. Siqish darajasi o’rtacha bo’lgan dvigatellar uchun B, V, siqish darajasi yuqori bo’lgan dvigatellar uchun - G guruxdagi moylar ham karbyuratorli, ham dizelli dvigatellarda ishlatiladi. E - guruxdagi moylar sekin yurar dizellarda ishlatiladi. D - guruxdagi moylar tezyurar dizellarda ishlatiladi, 15-18% prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi. M-10G2 - moyning 1000C dagi qovushqoqligi 10sSt ga teng. Èkspluatatsion xossasiga ko’ra, yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellariga G(2) guruxdagi moylar ishlatiladi. Dizel dvigatellarida: -yozda 1000C dagi qovushqoqligi 10-12sSt; qishda 1000C dagi qovushqoqligi 8sSt bo’lgan moylar ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatellarda: -yozda 1000C dagi qovushqoqligi 8-10 sSt; qishda 1000C dagi qovushqoqligi 6-8sSt bo’lgan moylar ishlatiladi. Hozirgi vaqtda dizellarda ishlaydigan traktorlar, kombaynlar, og’ir yuk ko’taradigan avtomobillarda ishlatiladigan moylarga prisadkalar miqdori ko’proq qo’shiladi. Bu dvigatellar yuqori haroratda, katta yuk(nagruzka) ostida va katta tezlikda ishlaydi. Shuning uchun bularga ishlatiladigan moylar yuqori sifatli bo’lishi kerak. Dvigatel ishlaganda moyning sifati asta-sekin yomonlashib boradi. shuning uchun, belgilangan vaqtlardan so’ng, uni yangisi bilan almashtirish zarur. Qishloq xo’jaligi mashinalarda moy texnik xizmat ko’rsatishning belgilangan tizimiga muvofiq almashtiriladi. Moyni uning èkspluatatsion xossalarini hisobga olgan holda almashtirish uchun, ma’lum vaqt o’tgandan keyin katerdan namuna olib, uning sifati aniqlanadi. Sifati yomonlashgan moy yangisi bilan almashtiriladi. Zamonaviy kuchaytirilgan traktorlar, og’ir yuk ko’taradigan avtomobillar dizellarida moy juda qiyin sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun bu dvigatellarda ishlatiladigan moylar neftni bevosita haydash yo’li bilan olingan yuqori sifatli va yaxshilab tozalangan maxsulotlarga prisadkalar ko’shib tayyorlanadi. Dizel dvigatellarida V2 guruxdagi moylar èng ko’p tarqalgan. Ularga yuvish-disperslash prisadkalari, oksidlanish va eyilishga qarshi prisadkalar kompozitsiyasi qushiladi. Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida harorat yuqori, yuklanish katta, shuning uchun ularda moylash materiallarining ish sharoiti xam og’ir. Shu sababli, ularda ishlatiladigan G guruxdagi motor moylariga 14% gacha prisadkalar kompozitsiyasi qo’shiladi. Neft sanoati G guruxdagi moylarning asosiy 2 xil markasini chiqaradi: yozgi M-10G2 va qishki M-8G2. Qishki moylar - 100C gacha dizellarni sovuqda yurgizib yuborishni ta’minlaydi. Bundan past haroratda quyultirilgan moylardan foydalaniladi. Bundan tashqari, klassifikatsiyasiga ko’ra quyultirilgan qishki va qovushqoqlik harorat xossalari yaxshilangan moylar ham chiqariladi. Masalan, M-43/8V2, 4 raqamli - qovushqolik klassini (-180C da u 2600sSt.dan yuqori bo’lmasligi kerak), "3" xarfi - moy tarkibida quyultiruvchi prisadkalar borligini bildiradi. Karbyuratorli dvigatellarda: VAZ, Volga, GAZ-24, Moskvich va boshqa engil avtomashinalardagi yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellarning ishonchli ishlashi uchun G1 guruxdagi moylar(qishki M-8G1 va yozgi M-12G1) barcha mavsumbop quyultirilgan M-63/10G1 moylari ishlatiladi. Moylar 1-TXK vaqtida almashtirilib turiladi. Chet mamlakatlardan keltiriladigan prisadkalar asosida oz miqdordi chiqariladigan M-8GI, M-10GI, M-12GI moylari xam oz miqdorda chiqariladi. Ozgina vaqt ishlagan dvigatel kateridan olingan moy tashqi ko’rinishi va xossalari jixatidan yangi moydan ayncha farq qiladi. Dvigatel ishlaganda moyning sifati asta-sekin yomonlashib boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so’ng, uni yangisi bilan almashtiriladi. Bu muddat yuk va engil avtomashinalari uchun bosib o’tilgan yo’lning uzunligi (TXK davriyligi) bilan belgilanadi. Traktor va qurilish mashinalari uchun èsa, ishlagan vaqt motosoat/soni bilan belgilanadi. Download 58.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling