Avtomobilsozlik korxonalari dastgohlari


Detal va kesuvchi asbobning harakatlari


Download 26.58 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2024
Hajmi26.58 Kb.
#1817125
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu AKD

Detal va kesuvchi asbobning harakatlari
Detallarga ishlov berishda 2 ta asosiy harakatlar mavjud bo’lishi zarur. Ulardan biri detal yoki kesuvchi asbobga aylanma harakat bersa, ikkinchisi ilgarilanma surish harakatini hosil qiladi. Bu harakatlarning o’zaro munosabatda harakatlanish natijasida zagatovkadan muayyan shakldagi detalni hosil qiladi. Metallarga ishlov berishda asosiy kesish harakati – bosh harakat (kesish harakati) nomini olgan bo’lsa, ilgarilanma surish harakati – surish harakati nomi bilan nomlanadi.
Bosh harakat – bu zagatovka yoki kesuvchi asbobga asosiy kesish harakatini ta’minlaydi. Bu harakat aylanma yoki ilgarilanma harakatdan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Surish harakati – bu zagatovka yoki kesish asbobiga ilgarilanma – qaytma , ba’zi hollarda aylanma bo’ylab surish harakatini uzatib beradi.
Har qanday dastgohlarda bosh harakat elektr yuritma orqali ta’minlanadi. Bunda boshlang’ich va oxirgi zvenolarni bog’lovchi muvozanat tenglama umumiy holda quyidagicha yozilishi mumkin: n(m) = nd yoki n(m)* itq = nd; bu erda itq – tezliklar qutisining uzatishlar munosabati.
Ishlov berish mobaynida detalga talab etilgan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlash uchun bosh aylanma harakat surish holatiga mos kelishi kerak. Unda uning umuniy holdagi muvozanat tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’lish I mumkin: Detalni 1 ayalan = keskich Smm/ayl. Yoki Detalni 1 aylan * Is.g = Smm/ayl bu erda: Is.g - sozlash gitarasi; Is.q – sozlash qutisi.
Metallarga qirqish bilan ishlov beruvchi dastgohlarda bir necha bosqichlar mavjud bo’lib, ular dastgohning ish bajarish davrinitashlik qilib, bu davr ichida tayor mahsulot ishlab chiqariladi. Masalan, tokarlik dastgohida ish bajarishda ishchi dastgohni ishga tayorlaydi, kesuvchi asbobni va zagatovkani dastgoh, moslamalarga o’rnatadi, dastgohni ishlov berishga zarur bo’lgan kesish tezligiga va surishga sozlaydi, so’ng dastgohni ishga tushiradi, detalga ishlov beradi, keskichni ishlov berish holatidan boshlang’ich holatiga olib keladi, dastgoh to’xtatiladi va tayor mahsulot yig’ib olinadi. Bu davrda kesish ishini farqlay olish asosiy vazifalardan hisoblanadi, ya’ni dastgohning aylanishi (bosh harakat) va keskichning siljishi (surish harakati), yordamchi ish, u dastgohni sozlashda (ishga tayorlash) va dastgoh mexanizmlarni salt harakatini hosil qilishdan tashkil topadi. Tokarlik avtomatlarda ularni sozlagandan, ishga solingandan so’ng quyidagi bosqichlarni bajara olishi kerak:
Kesuvchi asboblarni zagatovkalarga yaqinlashtirish (kesuvchi asboblarning salt harakati), kesish (bosh va surish harakatlariningo’zaro munosabati), kesuvchi asboblarni avtomatik ravishda kesish zonasidan yiroqlashtirish (kesuvchi asboblarning salt harakati).
Shunday qilib, avtomatlashtirilgan tokarlik dastgohlar ishga tayorlash bosqichini (sozlash) o’tkandan so’ng, dastgohlar detallarga ishlov berish davomida avtomatik ravishda ishlaydi.
Avtomatlashtirilgan dastgohlarning ishga yaroqli (tayor) ekanligini detallarni olishgacha bo’lgan sozlash jarayoni, dastgohlarning shakllantirilmagan ish bajarish davri deyiladi. Bu davr ichida dastgohning ish unumdorligi to’g’risida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Dastgohning uzluksiz ishlashi vaqtida tayyor mahsulot hosil bo’ladi. Bu dastgohlarning shakllangan ish bajarishlari bilan nomlanib, ko’rsatilgan vaqt ichida dastgohning ish unumdorligi haqida fikr yuritish mumkin.
Konstruksion materiallarni kesish asbobi vositasida yo’nib, chizma talabidagi shaklga va o’lchamlarga keltirish uchun xizmat qiladigam mashinalarga dastgohlar deyiladi.
Dastgohlarning turli konstruksiyalari bo’lishiga qaramay, har bir dastgohda dvigatel, uzatmalar va har xil harakatlarni bajaruvchi mexanizmlar bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’langan.
Genial rus mexanigi va ixtirochisi A.K.Nartov XVIII asrning boshlarida tokarlik kesish asbobi o’rnatiladigan keskich tutqichni mexanik tarzda harakatga keltiradigan supportli tokarlik dastgohini ixtiro etdi. Nartovning vintli tokarlik vintkesar, tishkesar va boshqa dastgohlari, soatsoz Lev Sobakin hamda tulalik usta Aleksey Surkin va boshqalarning ishlari tufayli dastgohlarning konstruksiyalari takomillasha bordi. Yangidah – yangi mahsus dastgohlar yaratila boshlandi.
Dastgohlar texnologik ko’rsatkichlariga, ixtisoslashtirilganlik darajasiga, massasiga va boshqa ko’rsatkichlariga ko’ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi:

  1. Texnologik vazifasiga va foydalaniladigan kesish asbobining turiga qarab tokarlik, parmalash, frezalash, jilvirlash va boshqa dastgohlar.

  2. Konstruksiyasining xususiyatiga (asosiy ish organlarining joylashishiga) qarab vertikal, gorizontal va universal dastgohlar.

  3. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab yarim avtomat, avtomatlar.

  4. Aniqlik darajasiga qarab normal va yuqori aniqlikda ishlaydigan dastgohlar.

  5. Yuza g’adir – budirligiga qarab dag’al va tekis yuzalar ishlaydiga dastgohlar.

  6. Ixtisoslashtirilganlik darajasiga qarab universal va mahsus dastgohlar.

  7. Massasiga qarab engil (1t gachа), o’rtacha (10 t gacha) va og’ir ( 10 t dan) ortiq dastgohlar.

Dastgohsozlik sanoatida ishlab chiqarilayotgan metal kesuvchi dastgohlarning tipi (modeli) ko’p. Ularni gruppalarga ajratishda ENIMS (eksperimental ilmiy – tekshirish instituti) tavsiya etgan tizimdan foydalaniladi. Bu tizimda barcha dastgohlarni 9 gruppaga (1 gruppa tokarlik, 11 gruppa parmalash, 111 gruppa jilvirlash va hokazo dastgohlar) ajratiladi. Har qaysi gruppa o’z navbatida 10 tipga bo’linadi.
Dastgoh modellari harflar qo’shilgan raqam bilan belgilanadi. Masalan, 2A135; bunda 2 guruhdagi parmalash dastgohi ekanligini, A – takomillashtirilganligini, 1 raqmi birinchi tipga oidligini, ya’ni vertikal parmalsh dastgohi ekanligini va 35 raqami parmalanishi mumkin bo’lgan eng katta teshik diametrini bildiradi.
Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling