Avtomobilsozlik korxonalari dastgohlari


Download 26.58 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2024
Hajmi26.58 Kb.
#1817125
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu AKD

Tarbiyaviy maqsad - antisanitariyaga qarshi faol salbiy munosabatni, korxona ma’muriyati tomonidan mehnat sharoitlariga e’tiborsizlikka qarshi munosabatnishakllantirish, oz ishchi o’rniga talabchanlikni, odamning biologic jonzot sifatida imkoniyatlarga zid sharoitlarda mehnat va uning sifatidan qoniqib bo’lmasligini tushuntirish kabilardan iborat.
Ishchi o’rindagi fiziologik komfort sharoitlariga quyidagilar kiradi: 1. Mehnatning sanitar – gigiena sharoitlari. Ular ishlab chiqarish muhitining fizik parametrlarini normallashtirish bilan vujudga keltiriladi. Bunday sharoitlar arxitektura – qurilish va muxandis – texnik qurilmalar, tashkiliy tadbirlar, dizaynerlik echimlari va yig’ish bilan ta’minlanadi.
2. Ishchi o’rin kengligining mos keladigano’lchamlari, ya’ni shchi xarakatlar erkinligi. Bu erda ishchi o’rinniergonomik va dizaynerlik modelizatsiyalash elementlari asosiy rol o’ynaydi.
Ishchining organizmiga ta’sir qiladigan Fizik omillar quyidagilar:

  • harorat – namlik rejimi (ish joyidagi havo harorati, issiqlik radiatsiyasi, havoning nisbiy namligi);

  • havo tezligining fizikaviy va kimyoviy xarakteristikasi (masalan, havoda chang, kimyoviy modda);

  • ishlab chiqarish binolaridagi shovqin;

  • mashina, mexanizm, asboblardan silkinish;

  • insolyatsiya (to’g’ridan to’g’ri quyoshdan radiatsiyalanish);

  • yoritish – tabiiy (kunduzi) va su’niy (elektr chirog’i);

Operator ishchi joyini tashkil qilish. “odam - mashina” tizimida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, nazorat qilish uchun zarur bo’lgan asosiy va yordamchi jihozlar bilan jihozlangan mehnat faoliyat zonasi ishchi joyi deyiladi.
Ishchi o’rin va display (EHM). Hozirgi zamon ishlab chiqarishiga borgan sari kompyuter texnikasi kirib bormoqda. Uni joriy qilishning muhim uchastkalaridan biri – operator ishchi o’rni bo’lib, unda asosan, Kompyuterlarning display turidan keng foydalanilmoqda. Displey bilan jihozlangan ishchi o’rin – bu ishchi o’rinni tashkil qilishning konkret ko’rgazmali misoli bo’la oladi.
Bunday ishchi o’rin elementlariga ishchi kursisi, display ekrani, klaviatura, ishchi yuzalar kiradi.
Bu turdagi ishchi o’rinlarning asosiy xarakterli xususiyati, ularning operator uchun qulaylik yaratish imkonini beradigan sozlanuvchanligida.

Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling