jadval. Qattiqligiga binoan rezinalarning guruhlarga bo’linishi
Xom rezinadan buyumlar tayyorlashni osonlashtirish maqsadida unga maxsus ishlov beriladi, ya'ni kauchuk zarur miqdorgacha yumshatiladi. Bunday rezinani qattiqligini o’lchashda qattiqlik o’lchagich asbobi ignasi namunaga uzluksiz ko’rinishda botadi, natijada asbob ko’rsatkichi pasayib boradi va bir-necha minut vaqt o’tgach nolga yaqinlashadi. Vulkanizatsiyalash jarayonida rezinaning plastikligi kamaya boradi va so’nggi bosqichda butunlay yo’qoladi, rezinaning qattiqligi va elastikligi yangi oltingugurt portsiyalari reaktsiyaga kirishishi natijasida ortib boradi va tayyor vulkanizatsiyalangan rezinada ma'lum miqdorga erishadi.
Texnik talablarga binoan, qattiqlik o’lchagich asbobining ignasi vulkanizatsiyalangan rezina materialida sezilarli iz qoldirmasa, bunday rezinani vulkanizatsiyalash rejimi to’g’ri tanlangan hisoblanadi.
Rezina materialni haddan tashqari yuqori qattiqlikka ega bo’lishi ham me'yordagi holat bo’lmay, bu holatni ortiqcha vulkanizatsiyalash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |