Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.11.2023
Hajmi292.82 Kb.
#1776521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
131-сон 27.06.2007. Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

VIII tip — “X” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati
asosida:
konsullik muassasalari;
faxriy konsulliklar;
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari;
hukumatlararo va xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan savdo
vakolatxonalari rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi.


Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.
IX tip — “M” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati
asosida:
muxbirlik punktlari (byurolar, ofislar) avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy ravishda akkreditatsiya
qilingan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan xorijiy muxbirlar avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vakolatxonalar hamda
xalqaro va xorijiy hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar filiallari rahbarlari va xodimlarining
xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
akkreditatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy
firmalar, banklarning xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.
X tip — “N” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasida
shaxsiy, xizmat ishlari bo‘yicha, o‘qish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha
bo‘ladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular
tomonidan ijaraga olingan transport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda.
XI tip — mototransport vositalari (mototsikllar, motorolerlar) uchun ikki qatorli ro‘yxatdan
o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi, quyi tomonida
O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
Oldingi
 tahrirga qarang.
XIE tip — mototransport vositalari (mototsikllar, motorolerlar, elektroskuterlar) uchun ikki
qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning
foni yashil rangda, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).


(XI tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y.,
09/21/513/0787-son)
XII tip – yuk va yengil avtomobillarga tirkamalar va yarim tirkamalar uchun ikki qatorli
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyi burchakda hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi
bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).

Download 292.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling