Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.11.2023
Hajmi292.82 Kb.
#1776521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
131-сон 27.06.2007. Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Hududlar
Kod raqamlari
Toshkent shahri
01—09
Toshkent viloyati
10—19
Sirdaryo viloyati
20—24
Jizzax viloyati
25—29
Samarqand viloyati
30—39
Farg‘ona viloyati
40—49
Namangan viloyati
50—59
Andijon viloyati
60—69
Qashqadaryo viloyati
70—74
Surxondaryo viloyati
75—79
Buxoro viloyati
80—84
Navoiy viloyati
85—89
Xorazm viloyati
90—94
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
95—99
1
1


(I tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y.,
09/21/513/0787-son)
II tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari oliy davlat organlari, boshqaruv organlari
va vazirliklarning avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. Chap tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i.
III tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning avtomobillariga
beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi
bayrog‘i va “UZ” harflari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
IIIE tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga
va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IIIE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-
martdagi 132-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-
son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va
harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng
tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(III tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y.,
09/21/513/0787-son)
IV tip — “CMD” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligining xati asosida diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining bitta xizmat
avtotransport vositasiga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.
V tip — “D” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati
asosida:
diplomatik va konsullik muassasalari boshliqlari (Favqulodda va Muxtor Elchi, Vakil, Bosh
konsul) va ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
diplomatik vakolatxonalar diplomatik agentlari va ular oila a’zolarining xizmat va shaxsiy
avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.
1


VI tip — “UN” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati
asosida:
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari boshliqlarining va Tashqi ishlar
vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xodimlarining xizmat va shaxsiy
avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining
shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni ko‘k rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.
VII tip — “T” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati
asosida:
diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari ma’muriy-texnik tarkibi xodimlarining
xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida
ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida diplomatik vakolatxonalar va konsullik
muassasalari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari va uy xizmatchilarining xizmat avtotransport
vositalariga;
BMT yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan
boshqa vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik muruvvat loyihalari va texnik
ko‘maklashish dasturlarining avtotransport vositalariga;
ushbu loyihalarning Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xodimlari shaxsiy
ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro
tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo
vakolatxonalari boshliqlari hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining
shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari,
xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining xizmat va
shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga hamda ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport
vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan faxriy konsulliklar xodimlarining shaxsiy
ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va
harflari oq rangda.

Download 292.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling