Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 292.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana15.11.2023
Hajmi292.82 Kb.
#1776521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
131-сон 27.06.2007. Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

XIII tip – yo‘l harakatida qatnashishga vaqtincha qo‘yilgan transport vositalari uchun
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qog‘ozda yozilgan bir martalik belgi).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda hududning kodi.
Avtomobillar uchun ikkita ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami beriladi (orqa va old tomonda
mahkamlash uchun).
XIIIA tip – yo‘l harakatida qatnashishga vaqtincha qo‘yilgan tirkamalar, mototransport uchun
ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qog‘ozda yozilgan bir martalik
belgi).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi.
Tirkamalar va mototsikllar uchun bitta ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi
(orqa tomonda mahkamlash uchun).
IA tip – ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash
uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi I tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami
gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va
UZ” harflari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
IA tip — “DAV” seriyali ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga
mahkamlash uchun davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahkamlash
joyi I1 tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan shaxsan
biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va
1


“UZ” harflari.
(IA tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli 
qaroriga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
IAE tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga yoki old va
orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi IE tipdagi ro‘yxatdan
o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil elektromobillariga va gibrid
avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IAYE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-
martdagi 132-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-
son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil
rangda, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(IA tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli 
qaroriga
asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y.,
09/21/513/0787-son)
IIA tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash
uchun oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklar (yuridik shaxslar)ning mahkamlash
joyi 
II tipdagi
 ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomobillariga
beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va
harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i.

Download 292.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling